• CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” boshqaruv strukturasi
  • CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili. “Buxgalteriya bo’limi” da yuritiladigan hujjatlar tahlili.
  • CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MChJ faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari
  • CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJni menejment boshqaruv strukturasini o’rganish
  • CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish
  • “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” X/K
  • Farmatsevtika sohasida kuzatilayotgan rivojlanishda “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning tutgan o’rni. “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ tashkiliy strukturasi




    Download 178 Kb.
    bet2/3
    Sana15.01.2023
    Hajmi178 Kb.
    #38312
    1   2   3
    Bog'liq
    Chig\'atoy farmatsevtika mchj
    Microsoft Word Document, Barhayot qadriyatlar
    Farmatsevtika sohasida kuzatilayotgan rivojlanishda “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning tutgan o’rni. “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ tashkiliy strukturasi.

    “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” Mas’uliyati cheklangan jamiyat bozor iqtisodiyoti sharoitida jadal faoliyat olib borayotgan xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik yurituvchi tasgkilotlardan biridir.
    “Xayitboy va Nzira” Mas’uliyati cheklangan jamiyati O’zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Hamza tumani hokimiyatining Tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish Inspeksiyasining 2014 yil 4 sentabrdagi reestr №005259-07 raqamli qaroriga asosan tashkil topgan bo’lib, bugungi kunda xizmat ko’rsatish sektorida jadal rivojlanib borayotgan korxonalardan biridir.
    «CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining qo’shgan xissasiga muvofiq foyda olishini nazarda tutgan holda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq, mustaqil moliya xo’jalik faoliyatini amalga oshirish, hamda ta’sischilarning manfaatini himoya qilish va foyda olish uchun tashkil etildi. Mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy faoliyatni oshirish huquqiga ega.

    • «CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishi uchun quyidagi faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga ega:

    • Sartaroshlik xizmati, manikyur, pedikyur, massaj va kasmetologik salonlar ishlarini tashkil qilish;

    • Chakana savdoni tashkil qilish;

    • Dori darmon yetkazib berish;

    • Tibbiyot uskunalari importi

    • Tashqi iqtisodiy faoliyat (shu jumladan tovarlar, xizmatlar eksport-importi);

    • oldi-sotdi bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish, moliyaviy va mulkiy lizing, bino, xonalar, uskunalar va boshqa mulkni ijaraga berish;

    • Savdo va tijorat faoliyati;

    • Qishloq xo’jalik mahsulotlari va mevadan soklar ishlab chiqarish;

    • Ulgurji savdo bilan shug’ullanish;

    • Bozorni xalq iste’mol mollari va texnika ishlab chiqarish yo’nalishidagi mahsulotlar bilan to’ldirish;

    • Lizing va ijara xizmatlarini ko’rsatish;

    • Dorixonalar tashkil etish, dori-darmon ishlab chiqarish va chetdan olib kelish;

    • O’zbekiston Respublikasi qonunlari tomonidan ta’qiqlanmagan tovarlarni

    o’ziga tegishli bo’lgan joylarda va omborxonalarda saqlab berish;
    O’zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida tashqi iqtisodiy faoliyat xarakteriga ega bo’lgan axborot-maslahat va boshqa pullik xizmatlarni, shu jumladan reklama-ma’lumot va mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish;
    Bojxona faoliyati bilan bog’liq deklarantlik faoliyatini yuritish va boshqalar. Shu bilan birga “Tadbirkorlik erkinliklarining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 19-moddasiga asosan, amaldagi qonunlar bilan ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullanadi.
    «CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatning Ustav fondi 4 320 000 (to’rt million uch yuz yigirma ming) so’mdan iborat bo’lib, 4 320 000 so’m mol-mulk ko’rinishida, kiritilayotgan mol-mulk mazkur ustavga 1 va 2 sonli ilovaga muvofiq kiritiladi
    Ustav fondi ishtirokchilari tomonidan asbob-uskuna, turli xil tovarlar, avtomobil, ko’chmas mulk, mebel, ofis jihozlari, xom ashyo, naqd pul va boshqa o’ziga egalik huquqi asosida tegishli bo’lgan mulk bilan shakllantirishlari mumkin. Jamiyat ustav fondi xo’jalik faoliyatidan olingan daromad, ishtirokchilarning qo’shimcha qo’yilmalari va ixtiyoriy badallar evaziga to’ldirilishi mumkin.

    CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” boshqaruv strukturasi






    Bosh direktor










    Marketing menejer




    Hisob kitob ishlari bo’yicha menejer




    Xodimlar bilan ishlash bo’yicha menejer




    Ish yurituvchi




    Hisobchi




    Ta’minot va taqsimlash bo’limi ma’sul hodim


    oshpaz




    Bosh oshpaz




    oshpaz























    Farrosh

    Qo’riqchi

    “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish.Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga a’zo bo’lish uchun uning Ustav fondiga xissa kiritish bilan asoslanadi. Ustav fondiga qo’shiladigan xissa-bino, inshoot, asbob-uskunalar va moddiy boyliklar, qimmatbaho qog’ozlar (aktsiyalar), shuningdek, o’zga mulkiy huquqlar, pullik mablag’lar so’mda hamda chet el valyutasi sifatida qabul qilinadi.


    Xichcha kiritishning shaklidan qat’iy nazar mol-mulkning qiymati, ishtirokchilar o’rtasida o’zaro kelishuvga binoan xissa kiritilayotgan sanadagi narx-navolardan kelib chiqqan holda so’mda ifodalanadi. Xissa sifatida berilgan mol-mulk qiymatidagi keyingi o’zgarishlar Ustav fondidagi ana shu mulkka tegishli zissa miqdoriga ta’sir etmaydi.«CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yangi ishtirokchi kirgan taqdirda ishtirokchining o’z ixtiyoriga ko’ra jamiyatdan chiqish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:
    Ishtirokchi jamiyat tarkibidan chiqqan taqdirda, unga Ustav fondidagi xissaga mutanosib tarzda jamiyat mulki bir qismidan qiymati to’lanadi. To’lovlar ishtirokchi jamiyat tarkibidan chiqqan yilning hisobotlari tasdiqlangandan so’ng 2 (ikki) oy muddat mobaynida amalga oshiriladi.
    Ishtirokchining talabi va jamiyatning roziligiga binoan xissa to’laligicha yoki qisman natura shaklida qaytarilishi mumkin. Jamiyatdan chiqqan ishtirokchiga shu yil u chiqquniga qadar jamiyat orttirgan foydaning unga tegishli qismi to’lanadi.
    Ishtirokchi tomonidan jamiyatga faqat foydalanishga topshirilgan mol-mulk natura holda mukofotsiz qaytariladi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida sifat muammosi - turmush darajasi, iqtisodiy va ekologik xavfsizlikni oshiruvchi muhim omil, shuningdek, mahsulotlarning raqobatdoshligini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Aynan sifat milliy





    1. CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.  “Buxgalteriya bo’limi” da yuritiladigan hujjatlar tahlili.

    Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash to’g’risidagi 1006-XII 28.12.1993
    Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin “mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
    Standartlashtirish to’g’risidagi qonun 1002-XII 28.12.1993
    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:

    • mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;

    • mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;

    • fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;

    • barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;

    • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;

    • tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;

    • iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;

    • mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;

    • o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.

    Korxona faoliyatini, uni shakllantirish tartibi, asosiy vazifalari, funktsiyalari va mehnat sharoitlarini tartibga soluvchi hujjat nizom deyiladi.2 Ustav - bu kompaniya faoliyatini tartibga soluvchi qoidalar to'plami.
    Ta'sischilar guruhi yuridik shaxsning tashkil etilishi davrida uning ustavini tasdiqlaydi. Qonunga ko'ra, ustav ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
    Kompaniyaning me'yoriy hujjatlar ro'yxatiga shartnomalar ham kiritilgan. Shartnoma xo'jalik sub'ektlari o'rtasidagi har qanday munosabatlarni tartibga soladi. Ushbu hujjat ishchilarni yoki pudratchilarni yollash, binolarni sotib olish va ijaraga olish, tashqi tashkilotlarni kooperatsiyaga jalb qilish, tovarlar yoki xizmatlarni sotish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
    CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MChJ faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari


    Ko’rsatkichlar


    O’lchov

    2018 yil

    2019 yil

    2020 yil





    birligi







    1.

    Xizmat ko’rsatish

    mln.so’m

    200

    213,7

    215,4



    xajmi









    2.

    Sotilgan xizmatlar

    mln.so’m

    111,7

    114,5

    115,9

    3.

    Soliq to’langungacha

    mln.so’m

    18,8

    110,5

    111,3



    bo’lgan foyda










    4.

    Sof foyda

    mln.so’m

    5,9

    17,5

    18,2

    5.

    Asosiy fondlar

    mln.so’m

    16,7

    14,1

    15,2



    qiymati









    6.

    Kapital qo’yilmalar

    mln.so’m

    5,5

    5,2

    6,7

    “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MChJ ma’lumotlari asosida tuzilgan


    7.

    Ishchi – xodimlar soni

    kishi

    14

    15

    16

    8.

    Shu jumladan asosiy

    kishi

    12

    14

    14



    ishlab chiqarish












    xodimlari










    9.

    O’rtacha ish xaqi

    so’m

    400000

    500000

    550000


    Buxgalteriya bo’limida mijozlar bilan ishlash uchun ma’lum tartibdagi hujjatlar rasmiylashtirish kerak bo’ladi:



    1. Shartnoma

    2. Ishonchnoma

    3. Hisob-faktura

    Birinchi navbatda mijoz bilan u uchun zarur bo’lgan mahsulot miqdori va narxi kelishiladi, va ikkala tomon asosida shartnomada ajratilgan maxsus joyga korxona rekvizitlari to’ldirilib, mas’ul shaxslar imzolarini qo’yishadi va korxona muhri bosilib shartnoma rasmiylashtiriladi. Shartnoma ikki nusxada chop etiladi va har bir tomon bir nusxadan oladi. Shartnoma bir yil muddatga tuziladi.
    Ikkinchidan, mijoz shartnomada kelishilgan tartibda mahsulot uchun to’lovni amalga oshiradi va korxonaga mahsulotni olib ketish uchun ishonchnoma bilan keladi. Ishonchnomada mahsulotni olib ketish uchun kelgan xodimning lavozimi, ism-sharifi, passport ma’lumotlari, korxona rekvizitlari keltiriladi. Ishonchnoma korxona rahbari, bosh hisobchi va mahsulotni olib ketish uchun kelgan xodim imzosi va albatta korxona muhri bilan rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.
    Uchinchidan, ishlab chiqaruvchining ya’ni “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” ning “Buxgalteriya bo’limi” tomonidan yuqoridagi hujjatlarning to’g’riligi va to’lov qilinganligi tekshirilgan holatida mijozga hisob-faktura qilinadi va u ham tegishli tartibda rasmiylashtiriladi, ya’ni hisob-faktura ham ikki nusxada chop etilib, rahbar, bosh hisobchi, ombor mudiri va korxona muhri, shuningdek mahsulotni olgan mijoz korxonaning xodimi imzosi bilan rasmiylashtirilib bir nusxasi berib yuboriladi, va ikkinchi nusxasi hujjatlar registriga ishonchnoma bilan biriktirilib tikib qo’yiladi. Yoki hisob-varaqalarni elektron raqamli imzo orqali to’gridan-to’g’ri mijoz korxonaga my.soliq.uz yoki didox.uz kabi saytlardan yuborish mumkin, bu esa rasmiylashtirish tartibini yanada soddalashtiradi.
    Quyida mijozlar bilan ishlash va mahsulotni sotish uchun zarur bo’lgan hujjatlarga na’munalar keltirilgan:
    Agar mijoz naqd pulda to’lovni amalga oshirmoqchi bo’lsa, mijoz bilan shartnoma tuzilganidan so’ng, unga kassa kirim orderi yoziladi, unga shartnoma va mijoz haqidagi ma’lumotlar kiritiladi, korxona muhri va kassir imzosi qo’yiladi. Va mijoz naqd pul ko’rinishida to’lov qiladi, naqd pulni kassir tekshirib oladi va bankka olib borib topshiriladi, ya’ni korxona hisob raqamiga o’tqiziladi.

    1. CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJni menejment boshqaruv strukturasini o’rganish

    Boshqaruv strukturasi mazmuni.
    "Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi. Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi. Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi. Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir. Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi. Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish va aloqalar gorizontal harakterga ega:Vazirlik,birlashma, korxona, tsex, uchastka. Boshqarish bosqichlari - bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi.
    Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari .
    Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
    -Chiziqli struktura;
    -Chiziqli-shtabli struktura;
    -Funktsional struktura;
    -Chiziqli-funktsional struktura;
    -Dasturli-maqsadli struktura;
    Chiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
    Ijobiy tomonlari: bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini kamaytiradi; yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi; bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob'ekt ishiga kam kishi aralashadi; vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom darajasi ancha oshadi.
    Salbiy tomonlari:bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks muammolarni e'tibordan chetda qoldiradilar. Bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga ega bo’ladi.
    Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega: Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi. Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv. Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat. Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi. Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma'qullashga, o’z obro’larini saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
    Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi. Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi. Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: o’z sohasini chuqur va puxta biladigan; jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan; chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak. Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta'minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi. Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha ierarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish ma'muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsional struktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
    Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta'minlaydi, funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
    Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
    Boshqaruv san’ati - bu menejerning, rahbarning qobiliyati, ustamonligi, ijodiyotidir. Shunday qilib har qanday ijodiy faoliyat sifatida menejment o’zida fan va san’at elementlarini jamul-jam qilgan.
    Biz ko’rib chiqqan toifalar, tabiiyki, menejmentning barcha tushunchalarini qamrab ololmaydi. Ularga etarli sonda boshqa tushunchalar kiradi. Masalan, qonuniylik, vazifalar, masalalar, maqsadlar, qarorlar, boshqaruv mexanizmi, taktika va strategiya va boshqalar
    Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.
    Boshqarishning sir-asrorlarini ilmiy asosda o’rganish, tahlil qilish maqsadida bu fan quyidagi uslublardan foydalanadi. bu korxonaning moddiy, moliyaviy, kadrlar, texnik va texnologik imkoniyatlari va tashkiliy tuzilmasining strategik maqsad va vazifalariga muvofiqligi tufayli raqobatdosh ustunliklarning mavjudligi. Iqtisodiy xavfsizlik sharoitida korxonalar (firmalar, tashkilotlar) ilmiy, texnik, texnologik, sanoat va inson potentsialining tashqi va ichki iqtisodiy tahdidlardan xavfsizligini va uning barcha resurslaridan samarali foydalangan holda ko'paytirish qobiliyatini tushunadilar.Bir qator nashrlarda iqtisodiy xavfsizlik quyidagicha belgilanadi: "bu insonning, jamiyatning va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilishdir". Uning o'ziga xosligi va ahamiyati iqtisodiy xavfsizlikni milliy xavfsizlikning umumiy tushunchasidan ajratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda, davlatning iqtisodiy tushkunlik davrida paydo bo'lgan, xo'jalik yurituvchi subyektlar va boshqa faoliyat turlarining barqaror ishlashiga erishish eng dolzarb va muhim vazifadir. Ushbu muammolarni hal qilishda ushbu sub'ektlarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Dastlab iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi tijorat sirlarini va korxonaning boshqa sirlarini saqlash uchun shart-sharoitlarni ta'minlash sifatida ko'rib chiqilgan. Iqtisodiy xavfsizlikning ushbu talqini o'tgan asrning 90-yillari boshlarida nashr etishga bag'ishlangan.
    Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash birinchi navbatda ko'plab nashrlarga bag'ishlangan axborotni himoya qilish sifatida ko'rib chiqilgan. Shu nuqtai nazardan korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosi butun axborot xavfsizligi tizimining ishonchliligi, tashkilotning shaxsiy tarkibi deb hisoblanadigan eng zaif havfsizligi darajasi bilan belgilanadi degan fikr asosida hal qilinishi taklif qilindi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash ikki darajali axborotni himoya qilish tizimi shaklida qurilgan. Birinchi daraja tashkilotning xavfsizlik xizmati tomonidan sirlarning saqlanishini nazarda tutgan bo'lsa, ikkinchi daraja o'rta boshqaruvdan tayinlangan va xodimlar orasida obro'ga ega bo'lgan koordinatorlar yordamida tashkilot xodimlarining “hushyorligi va javobgarligi” psixologik muhitini shakllantirishni ko'zda tutadi. Axborotni saqlash korxonaning iqtisodiy xavfsizligining muhim jihatlaridan biri ekanligini e'tirof etgan holda shuni ta'kidlash kerakki, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosini faqat tijorat sirlarini himoya qilish bilan qisqartirish ushbu muammoning ortiqcha echimi hisoblanadi. Ko'rinib turibdiki, iqtisodiy xavfsizlik to'g'risida bunday tor tushuncha ortiqcha "daromadlilik" dan aziyat chekadi va korxona uchun asosiy xavf manbai sifatida tashqi muhit ta'sirining butun spektrini hisobga olmaydi.
    Biroz vaqt o'tgach, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi tushunchasini talqin qilishda boshqacha yondashuv ustun keldi. Mamlakat bo'ylab ishlab chiqarishning keskin pasayishi va eng muhimi, endi asosiy investor va mahsulot iste'molchisi bo'lmagan davlatning iqtisodiy funktsiyalari o'zgarishi bizni korxonalarning iqtisodiy xavfsizligi muammosiga yanada kengroq qarashga majbur qildi. Ushbu qarashga ko'ra, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi bozor iqtisodiyoti sharoitida doimo o'zgarib turadigan, hech qachon barqaror, o'zgarmas va o'zgarmas bo'lib qoladigan tashqi muhit ta'siridan kelib chiqadi. Tashqi muhitning ta'siri, korxonalarni uning salbiy ta'siridan himoya qilish nuqtai nazaridan korxona iqtisodiy xavfsizligi toifasining tarkibi, shu jumladan hozirgi kunga qadar mahalliy iqtisodchilarning nashrlarida e'tiborga olinadi.
    «Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasini belgilashda uning mazmuni tashqi salbiy ta'sirlarga dosh berishga imkon beradigan korxonaning holatini aks ettiradi degan fikr ustunlik qildi. Shu munosabat bilan korxonaning iqtisodiy xavfsizligi, uning korxonaga ta'sir qilish xususiyatidan, ichki o'zgarishlarning ko'lami va xususiyatidan qat'i nazar, tashqi muhitda shakllanadigan turli xil, shu jumladan noqulay sharoitlarda uning barqarorligini ta'minlash imkoniyati sifatida kengroq ko'rib chiqila boshlandi. Shunday qilib, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi «o'z faoliyatini tashqi muhitning salbiy ta'siridan himoya qilish, shuningdek, turli tahdidlarni tezda bartaraf etish yoki uning faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan mavjud sharoitlarga moslashish qobiliyati» deb ta'riflanadi. Kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligi mustaqillik, barqarorlik, o'sish imkoniyatlari, iqtisodiy manfaatlar va boshqalarni aks ettiruvchi omillar to'plami bilan belgilanadi.
    V. Tambovtsev uni korxona holati deb belgilab, korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida biroz boshqacha tushuncha beradi, bu esa har qanday fazilatlar, unga tegishli bo'lgan mulk parametrlari va unga ta'sir etuvchi tashqi muhitning istalmagan o'zgarishi ehtimoli kichik (ma'lum chegaradan past) degan ma'noni anglatadi. Korxona hayotiy faoliyatining qaysi parametrlarini uyg'unlashtirishiga qarab, «istalmagan o'zgarishlar» tushunchasining aniq tarkibi ham o'zgaradi. Umuman olganda, ular kompaniyani istalgan holatidan uzoqlashtiradiganlarni o'z ichiga oladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida berilgan tushuncha amalda tashqi muhitning barqarorligi ehtimolini tan olishga asoslanadi va amal qiladi, chunki bu tashqi muhitning o'zgaruvchanligi, uning doimiy holati va bir muncha vaqt vaqtinchalik holat sifatida qabul qilinishi kerak. Bundan tashqari, korxonalarning amaliy faoliyatida hali aniq aniqlanishi kerak bo'lgan istalmagan o'zgarishlar ehtimolini aniqlash juda qiyin.
    Tashqi muhitning ta'siri bilan belgilanadigan davlat sifatida korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga yondashuvning bir qismi sifatida resurs-funktsional yondashuvni ta'kidlash kerak. Ushbu yondashuv mualliflari korxonaning iqtisodiy xavfsizligini "tahdidlarning oldini olish va hozirgi va kelajakda korxonaning barqaror ishlashini ta'minlash uchun korporativ resurslardan samarali foydalanish holati" deb hisoblashadi. Shu maqsadda, E. Oleinikov tashkilotda sodir bo'ladigan jarayonlar to'plamini, ularning barcha xarakterli xususiyatlari va o'zaro bog'liqliklarini ko'rib chiqadi, ular korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda funktsional roli jihatidan yagona bog'liq guruhni tashkil qiladi va birgalikda olib boriladi, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. korxonalar. Resurs-funktsional yondoshishda korxonaning iqtisodiy xavfsizligining asosiy yo'nalishlari sifatida funktsional yetti komponent ajralib turadi: intellektual-kadrlar, moliyaviy, texnik va texnologik, siyosiy va huquqiy, ekologik, axborot va quvvat.
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini tushunishda resurs-funktsional yondashuvning mohiyatini puxta o'rganish uning asosiy ustunligini - har tomonlama, yaxlitligini ta'kidlashimizga imkon beradi, chunki bu yondashuv korxonaning iqtisodiy xavfsizligining funktsional tarkibiy qismining holatiga ta'sir ko'rsatadigan eng muhim omillarni o'rganadi, unga xizmat ko'rsatadigan asosiy jarayonlarni o'rganadi, korxona resurslarini taqsimlash va ulardan foydalanish tahlili o'tkazildi, iqtisodiy ko'rsatkichlar aks ettirildi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini funktsional qismini ta'minlash va iqtisodiy xavfsizlik funktsional komponent mumkin bo'lgan eng yuqori darajasini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish darajasi.
    Biroq, resurs-funktsional yondashuvning bu ustunligi, ayni paytda, uning kamchilikidir, chunki iqtisodiy xavfsizlik tashqi muhit ta'siriga moslashish nuqtai nazaridan ham, korxonani resurs bilan ta'minlash jihatidan ham, rejalashtirish, buxgalteriya kabi boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish sifati nuqtai nazaridan juda keng ko'rib chiqiladi. Ushbu keng yondoshuv bilan iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan mahrum bo'lib, aslida u korxona faoliyati va samaradorligi bilan aniqlanadi.
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligining mohiyatini aniqlashga urinishlardan tashqari, tashqi muhitning ta'siriga va uning faoliyatiga salbiy ta'sirini tan olishga asoslangan holda ko'rib chiqilayotgan masala bo'yicha boshqa nuqtai nazarlar ham mavjud. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash usullari sifatida adolatsiz raqobatga qarshi kurash, axborot xavfsizligi va intellektual mulkning huquqiy himoyasini ta'minlash masalalariga qaratilgan uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish tizimini yaratish taklif etiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, adolatsiz raqobatga qarshi kurashish kabi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash jihatlari noaniq va etarlicha emas. Xususan, korxona adolatsiz raqobatga qanday, qanday shakllarda va qanday qilib qarshi kurashishi mumkinligi aniq emas. Ushbu kurashda korxonalar harakatlarining ahamiyatini pasaytirmasdan, shuni ta'kidlashni istardimki, bunday kurash ko'proq davlat yoki mintaqaviy davlat hokimiyati organlarining vakolati bo'lishi mumkin.
    Ayrim tadqiqotchilar tomonidan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish zarurligi to'g'risidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Ushbu masalada, korxona iqtisodiy manfaatlarining buzilgan taqdirda, ehtimoliy yo'qotishlar va yo'qotishlarning oldini olish yoki minimallashtirish uchun xarajatlarning maqbul miqdori o'rtasidagi to'g'ri muvozanatni topish muhimdir. Biroq, ushbu nuqtai nazar bir muncha deklarativ xususiyatga ega, chunki muallif tomonidan iqtisodiy manfaatlarning himoyasi tijorat sirlarini o'z ichiga olgan ma'lumotni himoya qilish darajasiga qadar kamayadi va xarajatlarni samarali va samarasiz qilib ajratadigan xarajatlar darajasining chegara qiymatini aniqlash muammosi faqat ko'rsatilgan.
    Alohida, men tor funktsional deb atash mumkin bo'lgan korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga yondashuvlar haqida aytmoqchiman. Gap korxonaning iqtisodiy xavfsizligini uning faoliyatining alohida yo'nalishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqishdan iborat. Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik tizimini shakllantirishning eng muhim yo'nalishi, shu jumladan korxonalar moliyaviy xavfsizlikning samarali mexanizmini yaratish hisoblanadi.
    Buxgalteriya hisobi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga yo'naltirilgan boshqaruvning asosiy funktsiyalaridan biri ekanligi isbotlangan va bu qonun hujjatlarida belgilangan oqibatlarsiz to'g'ridan-to'g'ri o'g'irlanish ehtimolini istisno qiladigan, profilaktik, joriy va keyingi rejimlarda resurslardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va qonuniyligini monitoring qilish uchun axborot sharoitlarini yaratadigan va ta'minlaydi. korxonalarning iqtisodiy barqarorligini pasaytiradigan tahdidlarning oldini olishda yordam berish.
    Albatta, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uchun tor funktsional yo'nalishlarni ishlab chiqish zarur, chunki bu korxonaning tanlangan tomonini har tomonlama va chuqur o'rganishga imkon beradi va o'z faoliyatining ma'lum bir sohasidagi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning aniq usullari va vositalarini namoyish etadi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga barcha tor funktsional yondashuvlar bitta, ammo bu juda jiddiy kamchilik bo'lib ko'rinadi. Ushbu yondashuvlar mualliflari ko'pincha korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida boshqacha tushunchadan kelib chiqadi. Bu holda, qandaydir tarzda, korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning tor funktsional yo'nalishlarini birlashtirishga urinishlar oldindan muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi to'g'risida umumiy tushunchaning yo'qligi tor funktsional yondoshuvning samaradorligini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin, ya'ni shunchaki amortizatsiya qilishi mumkin, garchi bunday yondashuv bir qator hollarda sezilarli foyda keltirishi mumkin.
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi muammosiga yondashuvlar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi bir necha funktsional tarkibiy qismlardan iborat bo'lib, ular har bir muayyan korxona uchun mavjud tahdidlarning xususiyatiga qarab turli xil ustuvorliklarga ega bo'lishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik holatini belgilovchi asosiy omil - bu korxonaning barqaror raqobatdosh ustunliklarga ega bo'lishi. Ushbu imtiyozlar korxonaning strategik maqsadlariga mos kelishi kerak.
    Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash yo'nalishlarini aniqlashda himoya qilishning ikkita yondashuvi ta'minlanadi:
    1) faollik, ya'ni. korxonaning tarkibiy bo'linmalari, uning xodimlari va ularning oila a'zolarining xavfsizligiga etkazilgan zararni oldini olish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqaruv xarakteridagi profilaktik va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish. Xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha profilaktik tadbirlarning asosiy yo'nalishlari kadrlar ishi, axborot faoliyati va binolar, inshootlar, mulklar va binolarning xavfsizligini ta'minlash choralari hisoblanadi;
    2) reaktiv faoliyat, ya'ni. xavfsizlik rejimining buzilish omillarini aniqlashga va xavfsizlik rejimi talablari va signallarining muayyan shaxslarga, dalillarga, tashkilotlarga, hodisalarga nisbatan muvofiqligini tekshirishga qaratilgan chora-tadbirlar va chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    Tadbirkorlik faoliyati tashkiliy masalalarni, huquqiy va iqtisodiy muammolarni, texnik jihatlarni, xodimlarni va boshqalarni hal qilish bilan bog'liq. Faoliyatni boshqarish, ayniqsa, kompaniyaning keng biznes aloqalari va ko'plab kontragentlari bo'lgan taqdirda murakkab: etkazib beruvchilar, kreditorlar, mijozlar. Uning iqtisodiy xavfsizligiga tahdidlar korxonaning ichki va tashqi aloqalari doirasida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu tahdidlardan maksimal darajada himoya qilish uchun tizimli bo'lishi kerak bo'lgan harakatlar talab etiladi.
    Iqtisodiy xavfsizlik tizimining ob'ekti xo'jalik yurituvchi subyektning hozirgi va kelgusi davrlardagi barqaror iqtisodiy holati hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash tizimining asosiy xususiyatlari ko'p jihatdan himoya ob'ektidan kelib chiqadi. Himoya qilish ob'ekti murakkab, ko'p qirrali, iqtisodiy xavfsizlikni samarali ta'minlash boshqaruvga kompleks yondoshishga asoslanishi kerak
    Ushbu jarayon tomonidan Integratsiyalashgan yondashuv ob'ektni boshqarishda uning barcha asosiy tomonlarini hisobga olishni o'z ichiga oladi, boshqariladigan tizimning barcha elementlari faqat kombinatsiyalangan va birlashtirilgan holda ko'rib chiqiladi.
    Tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning kompleks tizimi bu tadbirkorlik faoliyatini jismoniy yoki yuridik shaxslarning jiddiy iqtisodiy yo'qotishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan haqiqiy yoki potentsial harakatlaridan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladigan o'zaro bog'liq tashkiliy-huquqiy xarakterdagi chora-tadbirlar majmui.
    Xavfsizlikni ta'minlashning yaxlit tizimining maqsadi, uning vazifalari, faoliyat tamoyillari, ob'ekti, predmeti, strategiyasi va taktikasini o'z ichiga olgan ma'lum bir kontseptsiya tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning yaxlit tizimini ishlab chiqish uchun asos bo'lishi kerak.
    Ushbu tizimning maqsadi ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy va tashkiliy tusdagi chora-tadbirlar asosida xo'jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy holatiga, shu jumladan uning moliyaviy, moddiy, axborot, kadrlar zaxiralariga tashqi va ichki tahdidlarni kamaytirishdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda xavfsizlik tizimining asosini yaratadigan birlamchi iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy choralar muhim ahamiyat kasb etadi; ikkilamchi texnik, jismoniy va boshqa choralardir. Ushbu maqsadga erishish jarayonida xavfsizlikning barcha sohalarini birlashtirgan aniq vazifalar hal etiladi.



    1. CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish.

    Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib brishga katta ta’sir ko’rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriyahisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli kog’ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag`’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiyboyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash oeratsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish. 
    Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoo’larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. 
    Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuv chilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni 
    avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi. 
    Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. 
    Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarining axborotli o’zaro hamkorliklarini. 
    Tashki aloqalar boshqaruvning o’zga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo’linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o’zaro hamkorligini aks ettiradi. 
    Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish. 
    Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi: 
    - foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu erda 
    vazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi; 
    - korxona, tashkilot, firmaning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini 
    integrallangan holda ishlab chiqarilishi ta’minlovchi mahalliy va ko’p bosqicli tarmoqlarini shakllantirish; 
    - har xil bo’linmalar uchun korxonaning yagona taksimlangan bazasini yaratish; 
    - hisoblash texnikasi bajaraadigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha 
    ko’paytirish; 
    -birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu 
    qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni iyg’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytirish. 
    - buxgalteriya vazifalari majmualarini echishni integrtsiyalash;
    dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati. 
    Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari personal kompyuterda bitta
    ish joyida va uning tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi.Buxgalteriya tizimida ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar “1S:Buxgalteriya” ,“Parus”, “IntellektServis”, “Infosoft”, “XakersDizayn” va boshqalar. 
    Ko’pgina firmalar dasturlarni ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, “Mijozserver” yangi texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunlar va operatsion tizimlarni, hamda hisoblash tarmog’iga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar shtatini mavjudligini talab qiladi. 
    Kichikhisobxona ADPlar kam sonli, hisobning aniq uchastkasi bo’yicha xodimlarianiq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo’ljallangan “Buxgalteriya Asosiy kitob Balans umumiy nomi ostidagi kichiq biznesga mo’ljallangan 
    dasturlar asosan sintetik va murrakab bo’lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini bajaradi: Bu sinfga eng mashhur ADPlar “1S:Buxgalteriya”, “Turbo- Buxgalteriya”, “Folio” va boshqalardir. 
    1C: Buxgalteriya dasturining asosiy tamoyillari “1S-Buxgalteriya” dsturiy paketlar ta’minoti ikkita alohida dasturlardan iborat:
    “Uchet buxgalterskix operatsiy” (bmp.exe) – Buxgalteriya hisob-kitob 
    operatsiyalari.
    2. “Platejnie dokumenti” (uro.exe) – To’lov hujjatlari. 
    “Uchet buxgalterskix operatsiy" 
    (buxgalteriya hisob kitob hujjatlari) dasturiy paketi buxgalter provodkalarini (buxgalterskix provodok), birlamchi hujjatlar pechatini (pechati pervichnix dokumentov),itogoviy hisobkitob ko’rsatkichlari (rascheta itogovix pokazateley) va soliq ko’mitalariga mo’ljallangan hisobotlarni yaratish (formirovaniya otchetov dlya nalogovix organov) uchun ishlatiladi. 
    "Platejnie dokumenti" (to’lov hujjatlari) dasturi bank hujjatlarini yaratish, qayta ishlash, tahlil qilish, pechatga chiqarish va saqlash uchun mo’ljallangan.
    "Uchet buxgalterskix operatsiy" nomli dasturni ishlatish uchun (zapusk fayla bmp.exe) ekranida asosiy menyu paydo bo’ladi, u arqoli barcha vazifalarga murojat qilishimiz mumkin.
    Buxgalteriya vazifalarini echishni AAT lar asosida tashkil qilish: birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytida boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarning yig’indisidir.
    Hozirgi bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot texnologiyasi asosida
    markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rol o’ynaydi:

    • foydalanuvchining ish joyida o’rnatilgan kompyuterlarni qo’llash, bu

    yerdavazifalarni echish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;
    -

    • hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblar tarkibini ancha

    ko’paytirish;

    • xar xil hisoblash bo’linmalari uchun korxonaning yagona taqsimlangan

    ma’lumotlar bazasini yaratish;

    • birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog’ozsiz texnologiyalarga o’tishni ta’minlaydi va hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;

    • buxgalteriya vaziflari majmualarini echishni integratsiyalash;

    • dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni tashkil qilish imkoniyati.

    Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari ShK da bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko’ra izchillik bilan bajariladi.


    Xulosa
    Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparatis trukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
    Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvch ijarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi.Shundayqilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob’ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilabberadi.
    Barcha tashkilotlar kabi moliya muassasalarida ham boshqaruvni samarali amalga oshirishda to’g’ri tashkiliy strukturani tanlash muhim ahamiyatga ega. Xususan, bank faoliyatini yaxshi yo’lga qo’yishda hamda mijozlar bilan hamkorlik tizimi yaxshi ishlashida tashkiliy tuzilmaning ahamiyati g’oyat beqiyosdir.
    Funktsional ixtisoslashgan bo’limlar asosida yaratilgan tashkiliy tuzilmalar – bu bitta korxona bilan faoliyat ko’rsatadigan korxonalarning tuzilmasini strategiyaga moslashishining keng tarqalgan usulidir. Ishlarni tovar belgilari asosida guruhlash orqali tashkiliy tuzilmani yaratish uzoq vaqt davomida qo’llanildi. Ko’p tarmoqli kompaniyalarda boshqaruv chizig’i bosh ma’muriy idoradan quyi pog’onadagi funktsional bo’limlarga emas, balki har bir korxona rahbariyatiga yo’naltiriladi. Strategik biznes birlik– bu bir kompaniya tarkibida paydo bo’lgan korxonalar bo’lib, ular ma’lum strategik elementlar asosida birlashtirilgan. Matritsali tashkilot – bu ikki tomonlama bo’ysunish, ikki tomonlama byudjet vakolatlari, ikki tomonlama natijalar manbai va mukofotlashdir.
    Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” X/Kning boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish hamda tashkiliy strukturadan unumli foydalanish, muvofiqlashtirish, yanada takomillashrish orqali bank faoliyatini, u yerda ishlayotgan xodimlar faoliyatini yaxshilash uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi:

    • Ijroiya direktordan tortib to quyi bo’g’indagi menejerlargacha bo’lgan barcha darajadagi boshqaruvdagi muammolarni hal etish va kamchiliklarni yo’qotish;

    • Takliflarni ijroiya direktori tomonidan kuchli quvvatlash;

    • Yangi g’oyalarni og’zaki ravishda tarqatish;

    • Tashkilotning iqtisodiy-ijtimoiy va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda uning boshqaruvida vaziyatdan kelib chiqqan holda qo’shimcha yordamchi shtablarni tashkil qilish;

    • Tashkiliy tuzilmadagi bo’limlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarni o’z funksional vazifalari bo’yicha aniq bo’limlarga joylashtirish;

    • Tuzilmaning har bir bo’g’inida hamda bosqichida faoliyat ustidan ichki nazoratni o’rnatish;

    • Tashkilotning boshqaruv tizimi samarali ishlashi uchun bo’limlarda faoliyat olib borayotgan funksional vazifalari bir-biriga yaqin ishchi-xodimlarni vaziyatdan kelib chiqqan holda rotatsiya qilish va boshqalar.

    Tashkiliy tuzilmalarning mukammal yoki ideal shakli mavjud emas. Barcha asosiy tuzilmalar strategiyaga nisbatan kuchli va zaif tomonlarga ega. Tuzilmani strategiyaga moslashtirishni zarur darajada amalga oshirish uchun strategiya ijrochilari asosiy tuzilmani tanlab olishi, zarur hollarda kompaniyaning o’ziga xos xislatlariga mos holga keltirish uchun uni modifikatsiyalash va bu tuzilmani kompaniyaning strategiyasini samarali bajarish uchun talab qilinuvchi kommunikatsiya va muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan to’ldirishi lozim.



    Download 178 Kb.
    1   2   3




    Download 178 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farmatsevtika sohasida kuzatilayotgan rivojlanishda “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ ning tutgan o’rni. “CHIG’ATOY FARMATSEVTIKA” MCHJ tashkiliy strukturasi

    Download 178 Kb.