Akkumulyator batareyasining nosozliklari




Download 5,07 Mb.
bet134/162
Sana12.10.2024
Hajmi5,07 Mb.
#274795
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162
Bog'liq
B C toifa tuzil OMT Elmuratov X

Akkumulyator batareyasining nosozliklari. Akkumulyator batareyalari ishlab chiqarila boshlagandan va hozirgi vaqtga qadar uch turga bo’linadi:
*1-texnik xizmat ko’rsatiluvchi va ta’mirlanuvhci (elektrolit zichligini me’yoriga keltirish, zaryadlash va bahkalardagi plastinkalarni almashtirib ta’mirlash mumkin bo’lgan);
*2-texnik xizmat ko’rsatiluvchi(elektrolit zichligini me’yoriga keltirish va zaryadlash mumkin bo’lgan);
*3-kam xizmat ko’rsatiluvchi (faqat zaryadlash mukin bo’lgan).
Hamma turdagi AKB larning nosozliklariga bankalar zichligining buzilishi, bankalardagi elektrolit sathini metoridan kamayishi yoki kuchlanishning pasatishi, plastinkalarning sulfatlanib qolishi, plastinkalarning o’zaro qisqa tutashishlari misol bo’la oladi.
Akkumulyator batareyasini uzoq muddat saqlashga qo’yish uchun uni avtomobildan ajratib olish, to’liq zaryadlash va harorat 0 gradus dan yuqori va minus 30 gradusdan past bo’lmagan quruq joyga qo’yish kerak. Shuni yodda tutish kerakki,elektrolitning harorati qancha past bo’lsa,o’z-o’zidan zaryadzislanish shuncha kam bo’ladi. Har 3 oydan keyin elektrolitning zichligiga qarab batareyaning zaryadlanganligini tekshirish, zarur bo’lsa, kamini zaryadlash lozim.
Agar batareya avtomobilning o’zida saqlanadigan bo’lsa, simlarini qutb shtirlaridan ajratib qo’yish kerak(maxsus uzgich bo’lmasa). Shuni esda tutish kerakki, zichligi 1,1 g/sm 3 bo’lgan elektrolitning muzlash harorati minus 66 gradus ga teng. Elektrolitning muzlash plastinalarining yemirilishi va qiyshayishiga, bakda darzlar paydo bo’lishiga va akkumulyator batareyasining ishdan chiqishiga olib keladi.
Agar batareyaning chiqish simlari va simlarning klemmalarida oqish yoki yashilsimon parda hosil bo’lsa, klemmalarnichiqarib olib, ho’l latta bilan pardani artib tashlash, metall cho’tka yoki jilvir qog’oz bilan kontaktlarni yaltiraguncha ishqa;ash va klemmalar joyiga o’rnatilgandan so’hg sirtiga BTB-1 moyini yoki boshqa kislotabardosh konsistent moyni yupqa qilib surtish lozim. Klemmalarni chiqarishda katta kuch ishlatmaslik yoki ularni urib chiqarmaslik lozim, aks holda batareyaning chiqish simlari sinishi yoki qopqoqda darzlar paydo bo’lishi va batareya ishdan chiqishi mukin. Klemmalarni osongina chiqarib olish uchun ularni mahkamlsh boltlarini bo’shatish, yon yuzalarini otvyortka bilan ohista ochish zarur.





Download 5,07 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162




Download 5,07 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Akkumulyator batareyasining nosozliklari

Download 5,07 Mb.