Mavzu: Unix oilasidagi operatsion tizimlar
UNIX (talaffuzi: yuniks; UNIX — The Open Group[1] kompaniyasining
roʻyxatdan oʻtgan savdo belgisidir) — portativ, koʻp vazifali va koʻp
foydalanuvchili operatsion tizimlar oilasi boʻlib, ular 1970-yillarda Ken Tompson,
Dennis Richi va boshqalar tomonidan Bell labaratoriyasi (Bell Labs)da ishlab
chiqilgan original AT&T Unix loyihasi gʻoyalariga asoslangan. Unix tizimining
yuzaga kelishida Multics operatsion tizimining taʼsiri katta boʻlgan.
Unix turkumiga kiruvchi operatsion tizimlar modulli konstruksiya bilan
ajralib turadi, bunda har bir vazifa alohida yordamchi dastur tomonidan bajariladi,
oʻzaro aloqa yagona fayl tizimi orqali amalga oshiriladi va utilitlar bilan ishlash
uchun buyruqlar satri qoʻllaniladi.
Unix gʻoyasi kompyuter operatsion tizimlarining rivojlanishiga katta taʼsir
koʻrsatdi. Unix tizimlari hozirda tarixiy eng muhim operatsion tizimlardan biri
sifatida tan olingan.
O'ziga xosligi
Unixʼsimon tizimlarning boshqa operatsion tizimlardan asosiy farqi shundaki,
ular dastlab koʻp foydalanuvchili, koʻp vazifali tizim hisoblanishidadir. Unixʼda
koʻp odamlar bir vaqtning oʻzida har biri oʻz terminali (vazifalarni bajarish uchun
buyruqlar berish vositasi)da ishlashi mumkin, shu bilan birga ularning har biri ushbu
kompyuterning resurslaridan foydalanadigan koʻplab turli xil hisoblash jarayonlarini
amalga oshirishi mumkin.
Unixʼning ikkinchi ulkan afzalligi uning koʻp platformaliligidir. Tizimning yadrosi
deyarli har qanday mikroprotsessorga osongina moslasha oladigan tarzda tuzilgan.
Unix boshqa muhim xususiyatlarga ega:
1.
tizimni sozlash va boshqarish uchun oddiy matnli fayllardan
foydalanish;
2.
buyruq satridan ishga tushirilgan yordamchi dasturlardan keng
foydalanish;