|
Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti ilmiy va metadologik kimyo kafedrasi
|
bet | 4/8 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #119210 |
Bog'liq Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakultetI. Eritmalar termodinamikasi
1.3. Suyultirilgan eritmalar qaynash haroratining ortishi va muzlash haroratining pasayishi.(Ebulioskopiya va krioskopiya)
Krioskopiya so‘zlar ilgari fanda moddalarning molekulyar massasini aniqlash uchun qo‘llanilgan usullarning nomidir. Yunonchada kryos so‘zi «ayoz» va «sovuq» ma’nolarini anglatadi. Kriogenika hamda, kriolit minerali singarilarning nomining kelib chiqishi shu bilan bog‘liq. Kriogenika – sovitish asosidagi texnologik jarayonlarning umumiy nomi bo‘lsa, kriolit – muzga o‘xshash, juda past haroratga ega mineraldir. Shuningdek, kriostat asbobi, hamda, sovuq bilan davolash usuli – krioterapiya ham shu so‘zdan olingan.
Ebullioksopiya esa yunoncha skopeo - «kuzatyapman», «qarayapman» so‘ziga lotincha ebulliere - «qaynab chiqqan» so‘zini ulab yasalgan. Bu termin eritmaning qaynash haroratini oshirishga asoslangan tahlil usulidir. Osmos esa yunon tilida «itarish», «itarib kirgizish» ma’nolarini beradi. Osmos hodisasini ilk bora 1747-yilda farang fizigi Jan Antuan Nolle (1700-1770) kuzatgan edi. U vino solingan meshni sovitish uchun hovuzga solib qo‘yganida, hovuzdagi suv mesh orqali sizib kirib ichkarida shunday bosim hosil qilganki, natijada, mesh devorlari yorilib ketgan. Ancha keyinroq, aniqrog‘i, 1854-yilda Tomas Grem ilm-fanga osmotik bosim tushunchasini olib kirgan edi.
Ebulioskopiya (lot. qaynayman va...skopiya) — eritma qaynash trasining koʻtarilishini toza erituvchi qaynash trasiga qiyoslab oʻlchashga asoslangan fizikkimyoviy tekshirish usuli. E. krioskopiya kabi erigan moddaning mol. m.ni oʻlchashda qoʻllanadi. E. usulini F. Raul 1882— 88 yillarda taklif etgan. Raul qonuniga muvofiq, erituvchining toʻyingan bugʻ bosimi uchramaydigan modda eritmasi ustidagi konsentratsiyaga proporsional ravishda kamayadi. Moddalarning mol. m.ni E. usuli boʻyicha anikdashda toza erituvchining qaynash temperaturasi oʻlchanadi. Keyin toza erituvchidan maʼlum miqdorda tortib olinadi va unga tekshirilayotgan moddadan aniq oʻlchab qoʻshiladi, hosil boʻlgan eritmaning qaynash trasini oʻsha termometr (yoki termopara) yordamida oʻlchanadi. Ebulioskopik oʻlchash murakkabligi tufayli krioskopiya usuliga qaraganda kamroq qoʻllanadi.
Ebulioskopiya. Uchmaydigan modda eritilganda u erituvchining bug' bosimini kamaytirib, uning qaynash haroratini oshiradi. Suyuqlikning to’yingan bug’ bosimi tashqi ptashqi bosimga tenglashganda, u qaynaydi. Suyuqlikning qaynash haroratini topish uchun uning to'yingan bug’ining haroratga bog‘liqlik grafigini tuzish va undan p = Ptashqi bo’lgan T0 haroratni topish yetarlidir. Shu T0 nuqta ptashqibosimda suyuqlikning qaynash haroratiga to’g’ri keladi
Krioskopiya. Eritma ustidagi bug’ bosimi pasayganligini hisobga olsak, uchmaydigan moddalarning eritmalari toza erituvchiga nisbatan pastroq haroratda muzlashi kerakligini ko’rsatish mumkin. Masalan, dengiz suvlari noldan past haroratda muzlaydi. Suyuqlikning muzlash harorati (yoki qattiq jismning suyuqlanishi) deb shunday haroratga aytiladiki, ushbu haroratda suyuqlik va undan kristallanish natijasida hosil boigan qattiq modda muvozanatda bo’ladi, ya’ni ular bir xil uchuvchanlikka (yoki bir xil to'yingan bug' bosimiga) ega bo’ladi.
Har qaysi erituvchi uchun K va E larning qiymatlari doimiy
bo„lib, erigan modda tabiatiga bog„liq emas. Quyidagi jadvalda
ba‟zi erituvchilar uchun krioskopiya va ebulioskopiya doimiylarining qiymatlari berilgan. Krioskopiya va ebulioskopiya uslublarida molekulyar
massani aniqlash asosida Raul qonuni yotgan bo’lib, u elektrolitmas moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun to’g’ridir.
Har qaysi erituvchi uchun o‘zgarmas bo‘lgan mutanosiblik koeffitsiyenti u erituvchining ebulioskopik konstantasi deyiladi.
|
| |