|
Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakulteti ilmiy va metadologik kimyo kafedrasi
|
bet | 2/8 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #119210 |
Bog'liq Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va kimyo fakultetKurs ishining maqsadi: Kurs ishidan maqsad Ebulioskopiya va krioskopiyaga oid masalalar yechish metodikasini yoritish.
Kurs ishining vazifalari: Kurs ishi quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.
- Eritmalar termodinamikasi yoritish
-Fizik kimyoga oid masalalar yechish metodikasi asosida Ebulioskopiya va krioskopiyaga oid masalalar yechish metodikasi
Kurs ishning tarkibi va hajmi: Kurs ishi kirish, II ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajm 21 -betni tashkil qiladi.
I. Eritmalar termodinamikasi
1.1. Eritmalaming termodinamik nuqtai nazardan tasniflanishi
Eritmalar termodinamikasi bo‘limida bir jinsli (gomogen) sistemalardagi chin fizik-kimyoviy muvozanat qonunlari ko‘rib chiqiladi. Bunday sistemalarning xohlagan nuqtasi bir xil fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi. Eritmalar termodinamik nazariyasining asosiy masalasi – muvozanat xossalarini eritmaning tarkibiga va uning komponentlari xossalariga bog‘liqligini o‘rganishdan iboratdir. Ushbu nazariya umumiy holda eritmalarning molekulyar strukturasiga va komponentlar orasidagi molekulyar ta'sirlarning tabiatiga bog‘liq emas. Termodinamik nuqtai nazardan eritmalar ideal, cheksiz suyultirilgan va noideal (yoki real) eritmalarga tasniflanadi.
Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o‘zgarmasa, entropiyaning o‘zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning o‘zgarishiga teng bo‘lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi:
∆Н = 0 ∆V = 0; ∆S = ∆Sid (1)
Ideal eritmalarning termodinamik xossalari parsial molyar kattaliklar orqali ifodalanadi. 1 mol eritma uchun:
H x1H1+ x2H2
V x1V1+ x2V2
Sid x1Sid1+ x2Sid2
1 mol ideal eritma hosil bo‘lishidagi entropiyaning o‘zgarishi;
Sid -x1Rlnx1+ x2 Rlnx2
Ideal eritmada har xil molekulalarning o‘zaro ta'sir energiyasi bir xil molekulalarning o‘zaro ta'sir energiyasiga va hamma molekulalarning hajmi birbiriga teng bo‘ladi. Shunday qilib, ideal eritmalarda o‘zaro ta'sir mavjuddir (ideal gazlarda o‘zaro ta'sir yo‘q, deb olingan edi). Eritmaning fizikaviy xossalari uning termodinamik xossalariga bog‘liq. Eritmadagi barcha molekulalarning ta'sirlashish energiyalari bir xil bo‘lgani uchun ularning fazodagi taqsimlanishi bir tekis bo‘ladi, shuning uchun ideal eritma komponentlarini aralashtirgandagi entropiya o‘zgarishi ideal gazlarning aralashish entropiyasidan farq qilmaydi. Buning natijasida suyuq komponentlardan ideal eritma hosil bo‘lishining issiqlik effekti nolga teng bo‘ladi. Ideal eritma hosil bo‘lishida uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki barcha komponentlar molekulalarining hajmi bir xildir. Ideal eritmalarning xossalariga yaqin bo‘lgan eritmalar haqiqatan ham mavjud. Ular tabiati yaqin bo‘lgan moddalardan hosil bo‘ladi: izotoplarning aralashmasi, izomerlarning aralashmasi, organik birikmalar gomologik qatoridagi qo‘shni gomologlarning aralashmalari va boshqalar. Ideal eritmalar komponentining kimyoviy potentsiali bilan uning tarkibi orasidagi oddiy munosabatni chiqaramiz. Eritma hosil bo‘lishida komponent kimyoviy potentsialining o‘zgarishi uchun
Agar komponent suyuq modda bo‘lsa, uning differensial erish issiqligi ideal eritmada nolga teng. Agar komponent qattiq modda bo‘lsa, uning erish issiqligi moddaning suyuqlanish issiqligiga teng bo‘ladi, chunki Gess qonuni bo‘yicha qattiq moddaning eritmada erishini 2 ta jarayon orqali ifodalash mumkin: qattiq jismning suyuqlanishi va uning ideal eritmada erishi. Gazsimon moddaning ideal eritmada erish issiqligi kondensasiyalanish issiqligiga yoki bug‘lanish issiqligining manfiy qiymatiga teng bo‘ladi.
|
| |