|
Eritmalar termodinamikasi
|
bet | 1/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 385,35 Kb. | | #251015 |
Bog'liq Eritmalar termodinamikasi reja Kirish. I. Eritmalar termodinami
ERITMALAR TERMODINAMIKASI
Reja:
Kirish.
I.Bob
Eritmalar termodinamikasi,uning termodinamik nuqtai nazardan tasniflanishi. (Adabiyotlar tahlili)
1.1. Eritmalarning termodinamikasi haqida umumiy tushunchalar.
1.2. Eritmalar termodinamikasi nazariyalari.
1.3. Eritmalarning koligativ hossalari.
1.4.Uchuvchan suyuq aralashmalarning termodinamik xossalari.
II.Bob
II. Eritmalar termodinamikasiga doir masalalar.
2.1 Fizik kimyoda masala yechishning metodik jihatlari
2.2. Eritmaning koligativ hossalariga doir masalalar yechish usulalari.
2.3. Eritmalar termodinamikasiga doir namunaviy masalalar yechish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Kimyo fani ko’plab fanlar bilan bog’langanligini hisobga olgan holda o’quvchiga kimyo fanini o’rgatish jarayonida fanlar integratsiyasini qo’llash muhim sanaladi. Fanlar integratsiyasi o’quvchilarning chuqur bilim olishida muhim rol o’ynaydi.
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi “Kimyo va biologiya yo`nalishlarida uzluksiz ta`lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi PQ-4805-sonli qarorida kimyo va biologiya fanlari bo’yicha ta`lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim maktablarida ushbu fanlarni o’qitishning tizimini joriy etishda, malakali o’qituvchi – murabbiylarni jalb etish, ta’lim va ilm fanni ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida:
-Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o’rinlarda - Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo’yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar, o’qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 14 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar (keyingi o’rinlarda - tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar)ni tashkil etish, bunda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ushbu maktablar maqomiga moslashtirish;
respublika tuman (shahar) larida bosqichma-bosqich kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan 150 ta maktablar (keyingi o’rinlarda-ixtisoslashtirilgan maktablar) ni tashkil etish;
tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarda kimyo va biologiya fanlarini samarali o’qitishni muvofiqlashtirish uchun ularga oliy ta’lim muassasalarining 55 ta kafedralarini biriktirish;
ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o’rta bo’g’in kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo’lga qo’yish yuzasidan kimyo va biologiya yo’nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo’yicha o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab chiqarish korxonalarini biriktirish.
-tashkil etiladigan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan maktablarga oliy ta’lim muassasalarining kafedralari, ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish;
-2020/2021 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya fanlariga qiziqishi bo‘lgan o‘quvchilar uchun tajriba-sinov sifatida joriy etilayotgan tabiiy fanlar yo‘nalishidagi variativ (o‘zgaruvchan) o‘quv rejalarini bosqichma-bosqich o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tabiiy fanlar o‘quv dasturlarida amaliy mashg‘ulotlarning ulushini ko‘paytirish choralarini ko‘rish kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan.
|
| |