• Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi
  • Ideal eritmalar.
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi




    Download 385,35 Kb.
    bet2/11
    Sana23.05.2024
    Hajmi385,35 Kb.
    #251015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Eritmalar termodinamikasi reja Kirish. I. Eritmalar termodinami

    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Bitiruv malakaviy ishmaqsad Ebulioskopiya va krioskopiyaga oid masalalar yechish metodikasini yoritish.
    Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.
    - Eritmalar termodinamikasi yoritish
    -Fizik kimyoga oid masalalar yechish metodikasi asosida Ebulioskopiya va krioskopiyaga oid masalalar yechish metodikasi
    Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va hajmi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, II ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat bolib, umumiy hajm 38 -betni tashkil qiladi.
    I. Eritmalar termodinamikasi
    1.1. Eritmalar termodinamikasi ,uning termodinamik nuqtai nazardan tasniflanishi
    Eritmalar termodinamikasi bo‘limida bir jinsli (gomogen) sistemalardagi chin fizik-kimyoviy muvozanat qonunlari ko‘rib chiqiladi. Bunday sistemalarning xohlagan nuqtasi bir xil fizik-kimyoviy xossalarga ega bo‘ladi. Eritmalar termodinamik nazariyasining asosiy masalasi – muvozanat xossalarini eritmaning tarkibiga va uning komponentlari xossalariga bog‘liqligini o‘rganishdan iboratdir. Ushbu nazariya umumiy holda eritmalarning molekulyar strukturasiga va komponentlar orasidagi molekulyar ta'sirlarning tabiatiga bog‘liq emas. Termodinamik nuqtai nazardan eritmalar ideal, cheksiz suyultirilgan va noideal (yoki real) eritmalarga tasniflanadi.
    Ideal eritmalar. Bir xil agregat holatda olingan komponentlarni har qanday nisbatda aralashtirish natijasida issiqlik effekti kuzatilmasa va hajm o‘zgarmasa, entropiyaning o‘zgarishi esa ideal gazlarni aralashtirgandagi entropiyaning o‘zgarishiga teng bo‘lsa, bunday eritmalar ideal deyiladi:
    ∆Н = 0 ∆V = 0; ∆S = ∆Sid (1)
    Ideal eritmalarning termodinamik xossalari parsial molyar kattaliklar orqali ifodalanadi. 1 mol eritma uchun:
    H x1H1+ x2H2
    V x1V1+ x2V2
    Sid x1Sid1+ x2Sid2
    1 mol ideal eritma hosil bo‘lishidagi entropiyaning o‘zgarishi;
    Sid -x1Rlnx1+ x2 Rlnx2
    Ideal eritmada har xil molekulalarning o‘zaro ta'sir energiyasi bir xil molekulalarning o‘zaro ta'sir energiyasiga va hamma molekulalarning hajmi birbiriga teng bo‘ladi. Shunday qilib, ideal eritmalarda o‘zaro ta'sir mavjuddir (ideal gazlarda o‘zaro ta'sir yo‘q, deb olingan edi). Eritmaning fizikaviy xossalari uning termodinamik xossalariga bog‘liq. Eritmadagi barcha molekulalarning ta'sirlashish energiyalari bir xil bo‘lgani uchun ularning fazodagi taqsimlanishi bir tekis bo‘ladi, shuning uchun ideal eritma komponentlarini aralashtirgandagi entropiya o‘zgarishi ideal gazlarning aralashish entropiyasidan farq qilmaydi. Buning natijasida suyuq komponentlardan ideal eritma hosil bo‘lishining issiqlik effekti nolga teng bo‘ladi. Ideal eritma hosil bo‘lishida uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki barcha komponentlar molekulalarining hajmi bir xildir. Ideal eritmalarning xossalariga yaqin bo‘lgan eritmalar haqiqatan ham mavjud. Ular tabiati yaqin bo‘lgan moddalardan hosil bo‘ladi: izotoplarning aralashmasi, izomerlarning aralashmasi, organik birikmalar gomologik qatoridagi qo‘shni gomologlarning aralashmalari va boshqalar. Ideal eritmalar komponentining kimyoviy potentsiali bilan uning tarkibi orasidagi oddiy munosabatni chiqaramiz. Eritma hosil bo‘lishida komponent kimyoviy potentsialining o‘zgarishi uchun
    ∆µ1=H1-T∆S
    Agar komponent suyuq modda bo‘lsa, uning differensial erish issiqligi ideal eritmada nolga teng. Agar komponent qattiq modda bo‘lsa, uning erish issiqligi moddaning suyuqlanish issiqligiga teng bo‘ladi, chunki Gess qonuni bo‘yicha qattiq moddaning eritmada erishini 2 ta jarayon orqali ifodalash mumkin: qattiq jismning suyuqlanishi va uning ideal eritmada erishi. Gazsimon moddaning ideal eritmada erish issiqligi kondensasiyalanish issiqligiga yoki bug‘lanish issiqligining manfiy qiymatiga teng bo‘ladi.

    Download 385,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 385,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi

    Download 385,35 Kb.