|
Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi
|
bet | 6/11 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 385,35 Kb. | | #251015 |
Bog'liq Eritmalar termodinamikasi reja Kirish. I. Eritmalar termodinamiEritmalarning kolligativ xossalari
Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi. Bu mavzuda erituvchiga nisbatan eritmaning termodinamik xossalarini o’zgarishi ko’riladi: bug’ bosimini pasayishi, qaynash haroratini ortishi, muzlash haroratini pasayishi, osmotik bosim. Bu xossalar kollegativ (kollektiv) xossalar, ya’ni bir-biriga bog’liq xossalar deyiladi. Ular umumiy bitta sabab - erigan modda zarrachalarining soni bilan ifodalanadi. Eritmaga biron bir modda solinsa, faqat erigan moddaningemas, balki erituvchining ham xossasi o’zgaradi. Bu erigan modda va erituvchi molekulalarining ta’sirlanishiga, erituvchi molekulalarining kamayishiga va erigan modda zarrachalari soniga bog’liq. Erituvchini xarakterlash uchun ideal eritmalar tushunchasi ishlatiladi. Suyuqlik erishining kollegativ xossalari Binar suyuq aralashmalar. Agar ikkita suyuqlik bir-birida aralashtirilsa, uchta xol ro’y beradi:
Cheksiz erish
Chegarali erish
Butkul bir-birida erimaslik
Raul qonuni (1830-1901). Erigan moddaning erituvchining fizik xossalariga ta’siriga oid. Bu qonunlar termodinamikkaning ikkinchi qonunidan kelib chiqadi. Ya’ni G=0 termodinamik muvozanatdagi fizikaviy jarayonlar uchun ta’luqlidir. Bunda molekulyar kinetik muloxazalar ham muxim rol o’ynaydi. Agar yopiq idishga toza erituvchi solinsa, bug’lanish va kondensatsiya sodir bo’ladi. Ma’lum vaqdan so’ng sistemada dinamik muvozanat G=0 hosil bo’ladi. Ya’ni suyuq satxdan bug’lanayotgan zarrachalar (vaqt birligi) gaz muxitidan suyuqlikka o’tayotgan zarrachalar soniga teng bo’ladi. Suyuqlik bilan muvozanatda turgan bug’ to’yingan bug’ deyiladi. Berilgan haroratda toza erituvchining to’yingan bug’ bosimi (R0) doimiy qiymatga ega va erituvchining termodinamik xarakteristikasi hisoblanadi. Haroratni ortishi Le-Shatele printsipiga muvofiq erituvchi ustidagi bug’ bosimini oshiradi. Bug’lanish endotermik jarayon .
Eritmalarning ba'zi xossalari faqat erigan zarrachalar konsentratsiyasiga bog'liq va ularning tabiatiga bog'liq emas. Eritmaning bunday xossalari kolligativ deyiladi. Bunday holda, erigan moddaning eritmada qanday shaklda - molekulalar yoki ionlar shaklida bo'lishi ham muhim emas.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ushbu mavzuda bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqlikliklar ham gap boradi. Bir-birida cheksiz aralashadigan suyuqliklar xossasi boshqalardan keskin farq qiladi
|