Bog'liq Qurilish chizmachiligi Kamilova Shamsiya Kamilovna
№ 5-mavzu: Tekis shakllar. Geometrik jismlar va geometrik jismlar guruhining rasmini chizish. Reja : 1. Tekis shakllar (geometrik shakllar) 2. Geometrik jismlar haqida 3. Geometrik jismlar guruhining rasmini chizish Geometrik jismlarning rasmini chizish Qurilish konstruksiyalarining ishlab chiqarish detallari va uzellarini har doim ularni
tashkil etuvchi elementlarga fikran ajratish mumkin, bu elementlar asosiy geometrik
jismlarni - parallelepiped va prizma, silindrik yoki konus shakllarini eslatadi yoki
ulardan tashkil topgan bo‘ladi. Shuning uchun ularni to‘g‘ri tasvirlash texnikaviy rasmda
muhim ahamiyatga ega.
Rasmga asosan aksonometrik proeksiya turini tanlash ham muhim. Bunda asosiy mezon
yaqsollik, tasvirlanadigan predmetning shaklini va tuzilishini aniq aks ettirish
hisoblanadi. Aksonometrik tasvirnnng u yoki bu turini tanlash predmetning shakliga
bog‘liq. Masalan, asosi kvadratdan iborat bulgan detallarning rasmini to‘rtburchakli
izometriyada chizilganda qirralar predmetning vertikal o‘qi bilan mos kelib qoladi;
aksonometriyada yon yoqlarning bir xilligi natijasida rasm yaqqol va tushunarli
chiqmaydi. Bunda to‘rtburchakli dimetrnyada bajarilgan rasm
yaqqol chiqadi.
32-rasm. Piramidning rasmini chizish: a- to‘g‘ri burchakli proegsiyada, b - to‘g‘ri burchakli izometriyada, v – to‘g‘ri burchakli
dimetriyada
69
Keyingi rasmda silindrlar tasviri keltirilgan. Silindrlar asosi aksonometrnyada aniq
usullar bilan yasalishi kerak.
33-rasm. Konus rasmini chizganda uning ocherk yasovchilari rasmini to‘g‘ri chizish zarur. Bunda
plan bo‘yicha chap va o‘ngdagi eng chetki yasovchilar ocherk yasovchilar emasligini
nazarda tutish lozim.