Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/133
Sana02.12.2023
Hajmi7,71 Mb.
#109812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
jahon tarixi 8 uzb

bosqichi – Buyuk geografik kashfiyotlardan XVIII asrning oxiridagi
Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XIX asrning boshidan Birinchi jahon
urushining yakuni – 1918-yilgacha davom etadi.
Yangi davrda yuz bergan burjua inqiloblari O‘rta asr feodal tar-
tiblarini buzib tashladi va ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi uchun
keng yo‘l ochdi. Iqtisodning jadal rivojlanishi shu davrda amalga oshi-
rilgan fan va texnika yutuqlariga asoslandi. Fan va texnika o‘rtasida
uzviy aloqa shakllandi. Buning natijasida, XVIII asr oxiridan boshlab,
texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi. Bu ixti-
rolar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun juda katta ahamiyatga
ega bo‘ldi.
http://eduportal.uz


5
Ingliz muhandisi Jorj Stefenson tomonidan 1814-yili ixtiro qilin-
gan parovoz temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab berdi.
Mashhur fizik va kimyogar olimlar – italiyalik Alessandro Volta, an-
gliyalik Gemfri Devi va Maykl Faradey hamda fransuz Andre-Mari
Amper elektrdan foydalanishning asoslarini yaratdilar. Energiyaning
bu yangi turidan foydalanish texnikaning yangi sohalarini rivojlantir-
di, ishlab chiqarishda, maishiy turmushda ulkan o‘zgarishlarga olib
keldi.
Ilmiy va texnik kashfiyotlar ishlab chiqarishning kimyo, elektro-
texnika kabi yangi sohalari paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Hisob-
lash texnikasi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy materiallar
ishlab chiqarish shakllana boshladi. Bu yutuqlarning ko‘pchiligi
XX asrda ham ishlab chiqarishning asosini tashkil qildi.
Yangi davrda o‘zgarishlar sur’ati rivojlanishning o‘tgan bosqich-
lariga nisbatan juda tez bo‘lib, fan va texnika sohasidagi kashfiyotlar
ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy qilinib bordi.
Shu tariqa, XVIII asr oxiri – XIX asrda fan va texnika soha-
laridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. O‘z navba-

Download 7,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi

Download 7,71 Mb.
Pdf ko'rish