7
I BOB. YEVROPADA YANGI DAVRNING
SHAKLLANISHI
1-mavzu: BUYUK GEOGRAFIK KASHFIYOÒLAR VA
ULARNING ÒARIXIY AHAMIYAÒI
Geografik kashfiyotlarning sabablari. XV–XVII asrlarda yevropalik
sayyohlar tomonidan Afrika, Amerika,
Osiyo va Okeaniyaga dengiz
yo‘llarining ochilishi va bu hududlarda yangi yerlarning kashf etilishi
tarixda
Buyuk geografik kashfiyotlar nomini olgan.
O‘rta asrlarda insoniyat tomonidan kashf qilingan
qanday muhim kashfiyotlarni
bilasiz?
Bu davrda fan va texnika taraqqiyotida yevropaliklar erishgan
yutuqlar ularga yangi yerlarni ochish va o‘zlashtirish imkonini berdi.
XV asr oxiriga kelib, okean to‘lqinlariga
bardosh beruvchi, sha-
molga qarshi suza oladigan yelkanli kema –
karavella yaratildi, ke-
malarni boshqarish asboblari va san’ati ancha rivojlandi. Karavellalar
Atlantika okeanidan xavfsiz suzib o‘ta oladigan ilk kemalar edi. Endi
http://eduportal.uz
8
takomillashgan kompas, usturlob va dengiz xaritalariga ega bo‘lgan
tajribali dengiz sayyohlari bu kemalarda uzoq masofalarga suzish im-
koniyatiga ega bo‘ldi.
Buyuk geografik
kashfiyotlar uchun shu
davrda shakllangan Yerning dumaloqligi to‘g‘-
risidagi tasavvurlar va Atlantika okeanidan suzib
o‘tib, afsonaviy boy hisoblangan Hindistonga
dengiz yo‘lini ochish g‘oyasi katta turtki bo‘ldi.
Osiyoga yevropaliklar tomonidan O‘rtayer den-
gizi orqali o‘zlashtirilgan savdo yo‘llari
XV asrda
Vizantiya imperiyasi qulagandan so‘ng Usmo-
niylar davlati tomonidan yopib qo‘yildi. Nati-
j a d a , Y e v r o p a S h a r q d a n k e l a d i g a n m a t o l a r ,
bo‘yoqlar, zeb-ziynat buyumlari, shirinliklar va
ziravorlardan ayrilib qoldi.
Bu hol yevropaliklarni
yangi savdo yo‘llarini izlashga majbur qildi. Sav-
dogarlar bu mahsulotlarni Yevropaga olib kelib
sotishdan katta boylik orttirishga umid qilardilar.