«coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi» promo-aksiyasini o‘tkazish qoidalari umumiy qoidalar mazkur «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi»




Download 271,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.01.2024
Hajmi271,74 Kb.
#132059
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Правила промоакции Promo 2023 01 12 23 ред 4 UZB

2 AKSIYA ISHTIROKCHILARI 
2.1 
Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va 14 yoshga to‘lgan, ushbu Qoidalarda belgilangan 
Aksiya shartlarini (keyinchlik matnda – «
Ishtirokchi» yoki «Ishtirokchilar») bajargan jismoniy shaxslar ishtirok 
etishi mumkin, quyida 2.2-bandda ko‘rsatilgan shaxslar bundan mustasno. Shu bilan birga, 18 yoshga to‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Pul yutug‘i o‘yini g‘olibi deb tan olinishi mumkin.
2.2 
Kompaniya xodimlari, shuningdek Kompaniyaning sho‘ba, tobe korxonalari va boshqa bog‘liq korxonalari 
hamda “The Coca-Cola Company” kompaniyasi (shu jumladan, uning O‘zbekiston Respublikasidagi 
vakolatxonasi), reklama agentliklari xodimlari, distribyutorlar va Tashkilotchi xodimlariga Aksiyada ishtirok 
etishga ruxsat berilmaydi. Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha ushbu cheklov ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning 
yaqin qarindoshlari (shu jumladan, ota-onalar, qoni bir va o‘gay aka-uka va opa-singillar, turmush o‘rtoqlar, bolalar, 
shu jumladan asrab olingan bolalar, bobo-buvilar, nabiralar, shuningdek, turmush o‘rtoqlarning ota-onalari, qoni 
bir va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari) uchun ham amal qiladi. Agar Aksiyada ishtirok etayotgan shaxs ushbu 
cheklov unga tegishli ekanligini aniqlasa, bunday shaxs bu haqda Kompaniyani va Tashkilotchini darhol xabardor 
qilishi va (yoki) Aksiyadagi keyingi ishtirokini to‘xtatishi shart. Shaxsning ushbu cheklovga qaramasdan aksiyada 
ishtirok etish faktini yashirishi va uni davom ettirishi Qoidalarning buzilishi hisoblanadi va bunday shaxsni 
Aksiyada qatnashishdan keyingi diskvalifikatsiya qilishga olib keladi. Ushbu cheklovni buzgan ishtirokchi 
avtomatik ravishda Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi. Agar ushbu cheklovning buzilishi aniqlansa
Kompaniya mukofotni bunday shaxsga berishni rad etishga haqli va agar sovrin allaqachon berilgan bo‘lsa, 
Kompaniya bunday shaxsdan mukofotni qaytarib berishni talab qilishga haqli.
2.3 
Aksiya ishtirokchisi mustaqil ravishda ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishishi va Kompaniyaning 
www.promo.coca-cola.uz saytida va https://t.me/chegirmarketbot Telegram bot manzilida joylashtirilgan ularning 
shartlariga rioya qilishi shart. Aksiya ishtirokchisi shaxsan o‘zining nomidan, ixtiyoriy va mustaqil harakat qiladi, 
shartlarni, o‘z harakatlarining oqibatlarini va ushbu Qoidalarda belgilangan tegishli qoidalarni aniq tushunadi. 
2.4 
Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishligini va ularga roziligini 
tasdiqlaydi, shuningdek quyidagilar uchun ham o‘z roziligini tasdiqlaydi (va qo‘shimcha ravishda o‘z shaxsiy 
ma’lumotlaridan foydalanish va qayta ishlash uchun tegishli yozma rozilikni darhol Tashkilotchi yoki 
Kompaniyaning so‘rovi bo‘yicha taqdim etishga tayyor): 
(a) 
Aksiyada ishtirok etish munosabati bilan reklama intervyularida ishtirok etish, shu jumladan radio 
va televideniya, shuningdek, boshqa ommaviy axborot vositalari uchun (shu jumladan Internet, 
ijtimoiy tarmoqlar); va 
(b) 
Kompaniya ko‘rsatmasi bo‘yicha Kompaniya, Aksiya operatori (yoki Tashkilotchisi) va/yoki 
uchinchi shaxslar tomonidan Ishtirokchini foto va video suratga olish; va 
(c) 
Ishtirokchi bilan birga olingan foto va video yozuvlardan (ishtirokchidan bunday foydalanish 
uchun qo‘shimcha rozilik olish zaruratisiz va bunday foydalanish uchun Ishtirokchiga hech qanday 
haq to‘lamasdan), shu jumladan ommaviy axborot vositalarida (radio, televidenie, Internet) 
Ishtirokchi bilan birga olingan ko‘rsatilgan foto va video yozuvlaridan foydalanish huquqini 
uchinchi shaxslarga berish huquqi bilan reklama maqsadlarida foydalanish. 



PUBLIC 
2.5 
Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga 
muvofiq shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga, shuningdek taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni vakolatli 
organlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq o‘tkazishga Kompaniya/Tashkilotchiga o‘z 
roziligini taqdim etadilar. 

Download 271,74 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 271,74 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi» promo-aksiyasini o‘tkazish qoidalari umumiy qoidalar mazkur «coca-cola sovg‘alari bilan birga yangi yil mo‘jizasi»

Download 271,74 Kb.
Pdf ko'rish