4
PUBLIC
4.3.
Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni bajarishi lozim:
4.3.1. Aksiyali mahsulotda joylashtirilgan QR – kodni skanerlash yoki boshqa har qanday yo‘l
bilan Aksiya
Telegram Botiga (matnda keyingi o‘rinlarda – «Bot»)
https://t.me/chegirmarketbot
kirish;
4.3.2. Botdagi "Start" tugmasini bosing, tegishli bot boshqaruv tilini tanlang, shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
qoidalari va kelishuvi bilan tanishing, agar siz ularga rozi bo‘lsangiz, mobil telefon raqamingizni kiritib,
Sovrinni qabul qilish joyini (g‘olib bo‘lgan taqdiringizda) tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishni davom eting;
4.3.3. "Kodni ro‘yxatdan o‘tkazish" tugmasini bosing va veb-ilovaga o‘ting;
4.3.4. Kodni kiriting va "Yuborish" tugmasini bosing;
4.3.5. Bot Kodning to‘g‘riligini tasdiqlaganidan so‘ng, kiritilgan kod yordamida Sovrinlar o‘yinining natijasi veb-
ilovada ko‘rsatiladi.
4.3.6. Botda noto‘g‘ri kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga urinishlarning kunlik chegarasi 10 urinishni tashkil etadi.
4.3.7. Aksiya ishtirokchilari o‘rtasida kodlarni o‘tkazish taqiqlanadi. Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, Aksiya
Ishtirokchisi Aksiyani amalga oshirish jarayonida ishtirok etgan Tashkilotchi va/yoki uchinchi shaxslar
tomonidan bloklanadi.
4.3.8. Agar Aksiya Ishtirokchisi tomonidan
shubhali harakatlar aniqlansa,
Kompaniya hech qanday
tushuntirishsiz uning Aksiyadagi ishtirokini bloklashga haqli.
4.3.9. Tashkilotchi Botda avval ro‘yxatdan o‘tgan kod(lar)ni qabul qilmaydi, chunki bitta koddan faqat aksiya
doirasida 1 (bir) marta foydalanish mumkin.