|
Conference on the role and importance of science in the modern worldBog'liq 91-97Tadqiqotga qo'shilish mezonlari:
Hozirgi vaqtda insultdan keying davr 4
davrga bo’lish qabul qilingan o’tkir davr birinchi 3-4 hafta, erta tiklanish davri
birinchi 5-6 oy, kechki tiklanish davri 6 oydan 1 yilgacha, qoldiq asoratlar davr 1
yildan keying. Ko’plab tadqiqotlar natijasida buzilgan nevrologik funksiyalarning
tiklanishi ko’pincha erta davrda,ba’zan so’nggi muddatlarida sodir bo’lishi
aniqlangan, shuning uchun ham insult reabilitatsiyasion chora tadbirlarni dastlabki
6 oy ichida tashkil qilish lozim. S.Xostikova(2006) insultning keying
bosqichlaridagi reabilitatsion tadbirlarning yo’qligi dastlabki reabilitatsion tadbirlar
natijasida tiklangan funksiyalarning shu holatda to’xtab qolishiga,ba’zi bemorlarda
esa statsionarda erishilgan ijobiy natijalarning yomonlashishiga olib kelishi qayd
etilgan [29,39,40].
Shunday qilib,erta davr reabilitatsiyasiga mos ravishda insultning keying
davrlaridagi adekvat reabilitatsiyani davom qildirish kerak [7,41].Tibbiyot
adabiyotlarida faol reabilitatsion tadbirlar o’tkazilish muddatlari to`g`risida ko`plab
tavsiyalar mavjud, lekin reabilitatsion davolashning takroriy kurslarini o’tkazilsh
chastotasi va ular orasidagi optimal interval bo’yicha aniq tavsiyalar yo’q.
Harakat yetishmovchiligi bor bemorlar uchun statsionarda takroriy
reabilitatsiya kurslar o’tkazilishi zarurligigagina urg’u beriladi [15,39,42]. Shu bilan
birga qoldiq asoratlar davrida reabilitatsion bo’lim takroriy davo kursi o`tkazilishiga
qaramasdan bu davoning effekti dastlabki bosqichda reabilitatsiya davosini olmagan
bemorlarda samarasiz degan fikirlar mavjud.
Ma’lumotlariga qaraganda zamonaviy neyroreabilitatsiyada insult o`tkazgan
bemorlar reabilitatsiysining 4 ta asosiy prinsiplari ajratiladi [2,4,13,21].
Rebilizatsiya tadbirlarining ertaroq boshlanishi, bu bemorning umumiy
holatiga,tetiklashish darajasiga,gemodinamika barqarorlashishiga yo’l ochib beradi.
Reabilitatsion tadbirlarning davomiyliligi va sistemaliligi, bu reabilitatsiyaning
|
| |