To Back -belgilangan obyektni oxirgi o`ringa joylashtiradi.  Forward One




Download 327,94 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana05.06.2024
Hajmi327,94 Kb.
#260569
1   2   3   4
Bog'liq
5-lecture Multimedia

To Back
-belgilangan obyektni oxirgi o`ringa joylashtiradi. 
Forward One
-belgilangan obyektni oxiridan ikkinchi o`ringa joylashtiradi. 
Back One
-belgilangan obyektni yuqoridan ikkinchi o`ringa joylashtiradi. 
In Front Off
-belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan asosiy o`ringa joylatiradi. 
Behind
-belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan ikkinchi o`ringa nisbatan 
joylashtiradi. 
Obyektlarning ekranda ko`rinish rejimlari bilan tanishib o`tamiz. 
Corel Draw dasurida obyektlarni ko`rish rejimlari 5tadan iborat: 
1.
Simple Wireframe (qisqartirilgan karkas)
2.
Wireframe (karkas)
3.
Draft (eskiz)
4.
Normal (normal)
5.
Enhanced (yangilangan).
Bularning hammasi menyuning View bo`limida joylashgan bo`ladi. 
1- ko`rish rejimida obyektlarning ichki va tashqi ranglari, chiziq qalinliklari umuman 
ko`rinmaydi (oq-qora tasvirda bo`ladi) 
2- ko`rish rejimida ham 1 -ko`rinish rejimidagidek bo`ladi, faqat bu holatda obyekt chiziq 
konturlari saqlanib qoladi. 
3- ko`rinish rejimida ichki ranglar, ya’ni obyektga berilgan fonlar bir fonli fonlarga 
aylanadilar. 
4 -ko`rish rejimida obektning to`liq chiziq va fon ranglari aks ettiriladi. 
5 -ko`rinish rejimida obyektlarning ko`rinishi ikki barobar kuchaytirilgan rejimda ko`rinib 
turadi. 
Obyektning ko`rinish masshtabini o`zgartirish uchun asosan foydalanuvchilar Zoom 
(masshtab) panelidan foydalanadilar. 
Zoom panelini quyidagicha hosil qilish mumkin:
Standartnaya paneliga sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib o`ng tugmasi bosiladi, chiqqan 
buyruqlar ichidan Zoom tanlanadi.
Zoom paneli quyidagi tugmalardan iborat: 


Obyektlarning sahifada ko`rinishini o`zgartirish uchun View Manager (Ko`rinish 
dispetcheri) ham foydalaniladi. Faqat uning imkoniyatlari boshqacharoq.
Ko`rinish dispetcheri Tools-View Manager (Ko`rinish dispetcheri) amallarini bajarib 
ekranda qo`shimcha oyna sifatida (o`ng burchakda) chiqariladi. Bu ko`rinish dispetcheri 
foydalanuvchiga obyektlarning ma’lum qismlarining ko`rinishini eslab qolish imkonini beradi v u 
quyidagi bo`limlardan iborat. 
1.
Lineyka-uzunlik o`lchov birligida ifodalangan, ishchi muhitdagi chiziqlar shaklidagi 
elementlarga aytiladi. Ularning o`lchov birliklari uzunlik o`lchov birliklari kabi bo`ladi. Lekin, 
ular uzunlik o`lchov birliklarigada mavjud bo`lmagan o`lchov birliklarga ega. Masalan: Dyuym 
(Inches)-2,34 sm ga teng. Piki va Punktlar (Picas; points)-punkt 0,35 mmga teng, piki esa 12 
birlikka teng. Pikseli (Pixels)-grafik rasmning nuqtasi. 
2.
Koordinata setkalari-ma’lum qadam berilgan gorizontal va vertikal chiziqlar 
birlashmasi. Koordinata setkalari ishga tushirish uchun View-Girld amallarini bajarsa kifoya. 
Setkalar kattaligi berish uchun quyidagi bajarish kerak: 
1.
Tools-Options amallarini bajarish kerak. 
2.
Dokument-Grid amallarini bajaring. 
3.
CHiqqan muloqotli oynada Spasing (qadam)ni tanlang. (frequuency bo`limi chiziqlar 
sonini berishi imkonini beradi) 
4.
Horizontal va Vertikal buyruqlarda gorizontal va vertikal bo`yicha chiziqlar orasidagi 
masofani tanlanadi va Ok bosiladi. 
3. Obyektlarni joylashtirish, ya’ni obyektlarni shunday joylashtirishki, ularning tanlangan 
nuqtalari bitta to`g’ri chiziqda yotishi kerak.
Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
Arrange-Aling and Distribute-Aling va chiqqan muloqotli oynada joylashishi holati 
ko`rsatilib Ok bosiladi. 


Obyektlar ustida esa yana murakkabroq faqat Corel Draw dasturiga xos ishlarni bajarish 
mumkin. Bu ishlarni bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «Uskunalar 
paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi o`zi tanlaydi qaysi usuldan unga foydalanish 
qulay. Biz ham faqat ayrim, ommabop usullarini sanab ko`rsatib o`tamiz. 
Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib o`tganimizdek, oynaning 
o`ng qismida joylashgan «Uskunalar paneli» foydalaniladi. (1-rasm) 
«Uskunalar paneli»da joylashgan uskunalarga o`tamiz. Chunki bu uskunalar nafaqat 
obyekt yaratadilar, yoki obyektga ichki va tashqi rang beradilar, balki bu uskunalarning qushimcha 
imkoniyatlaridan foydalanib biz belgilangan obyektlar ustida har xil bajarish imkoniga ega 
bo`lamiz. 
«Uskunalar paneli» quyidagilar uskunalardan iborat: 
1. 
(Pick Tool)-obyektni belgilash. 
2. 
(Shape Tool-F10)-obyekt ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beradi 
(qirqib olish, o`chirish, siqish). Bu tugma qo`shimcha tugmalardan iborat. (SHu tugma ustiga 
sichqoncha ko`rsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa shu buyruqlar chiqadi, keraklisi 
tanlab olinadi. Ichida keraklisi tanlab olinadi. «Uskunalar qatori»da joylashgan ayrim tugmalar 
shu imkoniyatga ega.) 
3. 
(Zoom)-masshtabni o`zgartirish imkonini beradi. Bu tugma vizifasi va 
imkoniyatlari to`g’risida, mavzumizning yuqori qismida aytib o`tkan edik. 
Lekin bu tugmaning yana bir qo`shimcha vazifasi bor, ya’ni 2-dagi ishlar bajarilib, 
tugma tanlansa, bu tugma bizga sahifani ekran bo`yicha joylashishini o`zgartirish imkonini beradi. 
(chap tugma bosiq turilgan holda) 


4. 
(Freehand Tool)-Ixtiyoriy chiziq chizish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat, 
ya’ni: 
,bu tugmalarning o`zining yakka vazifasiga ega, lekin ularning 
barchasi qaysidir bir ko`rinishdagi egri chiziq chizish imkonini. 
5.
(Rectangle Tool-F6)-to`rt burchak chizish imkonini beradi. 
6.
(Ellipse Tool-F7)-ellips, aylana chizish imkonini beradi. 
7.
(Polygon Tool)-ko`pburchaklar, jadvallar chizish imkonini beradi. Bu tugma 
qo`shimcha tugmalardan iborat:
8. 
(Basic Chapes)-o`ziga xos rasmlarni chizish imkonini beruvchi buyruqlardan 
tashkil topgan. 
9. 
(Text Tool-F8)-Matn yozish imkonini beradi. 
10. 
(Interactive Blend Tool)-tayyor obyektlarni o`zgartirish imkonini beruvchi 
buyruqlardan tashkil topgan. 
-bu tugmalarning hammasi o`ziga yarasha vazifaga ega. 
11. 
(Eyedropper Tool)-rang tanlash va fon berish imkonini beruvchi buyruqlardan 
iborat. (

A) 
-obyektlardan rang tanlash imkonini beradi. 
B) 
-fon berish imkonini beradi. 
12. 
(Outline Tool)-chiziqlar ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi 
buyruqlardan iborat.
-bu tugmalar bari o`ziga xos vazifaga ega. 
13. 
(Fill Tool)-bu tugma belgilangan obyektlarning ichiga rang, har xil fonlar berish 
imkonini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan. Bu tugmaning vazifalarini Objekt Properties 
oynasi orqali ham bajarish mumkin. 
. Bu tugmalar har biri o`ziga xos vazifaga ega. 
Ularning vazifalari va imkoniyatlari bilan yuqorida to`liq tanishib o`tilgan. 


14. 
(Interactive Fill Tool)-Gradiyent bo`yash. Bu ikki tipdan iborat. 
-Bu tugmalar gradiyent bo`yash uchun ishlatiladi. 

Download 327,94 Kb.
1   2   3   4




Download 327,94 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To Back -belgilangan obyektni oxirgi o`ringa joylashtiradi.  Forward One

Download 327,94 Kb.
Pdf ko'rish