• Animation Pane
  • 5.1-mashg‘ulot “My_Favourite_Things_v3.pptx” nomli taqdimot faylini oching. Keyin quyidagilarni bajaring: 1.
  • 5.2-mashg‘ulot Dizayn faylini oching: “Design_Favourite_Things_v1.docx”. Animatsiyani moslash uchun vaqt va boshqa koʻrsatmalarni kiriting. 5.3-mashg‘ulot
  • 5.4-mashg‘ulot
  • Cover ict stb indd




    Download 38,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/112
    Sana21.11.2023
    Hajmi38,32 Mb.
    #102461
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112
    Bog'liq
    7-sinf Informatika kitobi Cambridge

    Ajratib ko‘rsatish animatsiyasi uchun tarkibni taʼkidlashga yordam beradigan 
    vaqtni toʻgʻri tanlashingiz kerak. Bu sizning tinglovchilar eʼtiborini qancha vaqtgacha unga 
    qaratmoqchi boʻlganingizga bogʻliq.
    Taqdimot kontentiga qoʻyilgan barcha animatsiyalarning aniq koʻrinishini tomosha qilish uchun 
    animatsiya oynasini ochish kerak.
    Animatsiya oynasini ochish uchun 
    Animation Pane
    tugmachasini bosing. U ekranning oʻng tomonida 
    ochiladi. Unda animatsiya uchun moʻljallangan barcha kontent roʻyxati, shuningdek, animatsiyalar 
    qanday tartibda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Qanday animatsiyalar oʻrnatilganini koʻrish uchun 
    kontentning har bir elementini bosishingiz mumkin. Bundan tashqari, har bir kontent uchun qaysi 
    animatsiyalar oʻrnatilganini tezda koʻrishingiz mumkin.


    50
    Auditoriya va maqsadni bilish
    Taqdimotni yaratishda auditoriya va maqsad sizning fikrlaringiz markazida boʻlishi kerakligini 
    allaqachon bilib oldingiz. Shuningdek, taqdimotingizning auditoriyasi va maqsadi qarab, 
    kontentning tarkibi va uslubi (masalan, oʻtish va vaqt kabi) boʻyicha har xil tanlov qilishingiz 
    mumkinligini tushunasiz.
    5.1-mashg‘ulot
    “My_Favourite_Things_v3.pptx” nomli taqdimot faylini oching. Keyin quyidagilarni bajaring:
    1. sarlavhangiz birinchi slaydda paydo bo‘lishi uchun Float animatsiyasini qoʻshing;
    2. sarlavhani ekranning yuqorisidan Float qilib oʻrnating;
    3. animatsiyani 1 soniya davom etadigan qiling;
    4. animatsiyani sichqoncha bilan bosilganda ishga tushadigan qiling.
    5.2-mashg‘ulot
    Dizayn faylini oching: “Design_Favourite_Things_v1.docx”. Animatsiyani moslash uchun 
    vaqt va boshqa koʻrsatmalarni kiriting.
    5.3-mashg‘ulot
    “My_Favourite_Things_v3.pptx” nomli taqdimot faylini oching. Tuzgan taqdimotingizga 
    vaqt va moslashtirishlarni kiriting.
    5.4-mashg‘ulot
    Sherigingiz bilan taqdimotga qoʻshgan animatsiyalar va ularning har birini qanday 
    sozlaganingiz haqida suhbatlashing. Nima uchun har bir misolda eng yaxshi animatsiyani 
    tanladim deb oʻylashingizni tushuntiring.
    Animatsiyalar joylashtirilgan tartibni notoʻgʻri deb hisoblasangiz, uni animatsiya oynasi 
    yordamida osongina tahrirlash mumkin. Toʻgʻri joyda koʻrinmaydigan kontentni tanlang, soʻng uni 
    toʻgʻri joyga koʻchirish uchun 

    Download 38,32 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   112




    Download 38,32 Mb.
    Pdf ko'rish