51
2
Multimediadan maqsadli
foydalanish
6.1-mashg‘ulot
Dizayn faylini oching: “Design_Favourite_Things_v1.docx”. Taqdimotingiz auditoriyasi
sifatida kimlarni tanlar edingiz? Taqdimotingizning maqsadi sifatida nimani aniqlagan boʻlar
edingiz?
6.2-mashg‘ulot
Endi siz taqdimotingizni juda yosh auditoriyaga moslashingiz kerak.
Ushbu misolda
taqdimotingizning maqsadi auditoriyaning koʻnglini ochish va ularga qiziq axborotlar berish
orqali kuldirish hisoblanadi.
Juda yosh auditoriya va uning maqsadiga mos boʻlishi uchun dizayn faylingizga oʻzgartirish
kiriting: ‘Design_Favourite_Things_v1.docx’.
Dizayn faylini oxirida auditoriya va uning maqsadi uchun mos boʻlgan oʻzgarishlarni
tushuntirish uchun qisqa paragraf yozing.
Dizayn fayligizni “Design_Favourite_Things_v2.docx” deb qayta saqlang.
6.3-mashg‘ulot
Endi taqdimotingizni kattalar auditoriyasi uchun mos ravishda oʻzgartirish kerak.
Bunday
holda taqdimot kelajakdagi ish beruvchiga qaratilgan boʻlib, ular taqdimot orqali sevimli
narsalaringiz haqida bilib olishi mumkin. U yaxshi va rasmiy koʻrinishi kerak.
Juda yosh auditoriya va uning maqsadiga mos boʻlishi uchun dizayn faylingizga oʻzgartirish
kiriting: “Design_Favourite_Things_v1.docx” faylingiz ichidagi slaydlarni koʻrib
chiqishni
talab qilmaydi.
Taqdimotdagi oʻzgarishlarni tushuntirish va uni auditoriya hamda maqsadga mos qilish
uchun dizayn koʻrsatmalari oxirida qisqa paragraf yozing.
Dizayn faylini “Design_Favourite_Things_v3.docx” deb qayta saqlang.
Ssenariy
Siz hayvonot bogʻiga ketyapsiz!
Hayvonot bogʻi tashrif
buyurish uchun ajoyib joy, lekin siz bularni taqdimotingiz orqali insonlarga
ko‘rsatishingiz kerak!
Qisqa taqdimot yaratish uchun yangi oʻzlashtirilgan bilimlaringizdan foydalanmoqchisiz.
Taqdimot jamoat aʼzolariga yangi hayvonot bogʻiga tashrif buyurishi
uchun elektron pochta
orqali yuboriladi. Taqdimot faqat yoshi katta auditoriya uchun moʻljallangan.