82
Shriftni qalin, qiya va tagiga
chizilgan qilib qoyishingiz, shrift rangini oʻzgartirishingiz
va matnni
chapdan, markazdan yoki o‘ngdan tekislashingiz mumkin.
Katak fonining rangi
Agar katak fon rangini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, katakni bir marta bosing.
Bo‘yash uskunasi (chelakcha) yonidagi strelka belgisini bosing.
Keyin rangni tanlang.
Katakning chegarasi
Siz alohida katakka yoki kataklar guruhiga chegara qo‘shishingiz mumkin.
Har bir alohida katak atrofida chiziqlar qo‘yish uchun bitta chegarani yoki All Borders buyrug‘ini
tanlang.
Shuningdek, siz chegara chizig‘ining rangini (Line Color) va chegara chizig‘i turini (Line Style)
o‘zgartirishingiz mumkin.
83
3
Elektron jadvaldan
maqsadli foydalanish
Ushbu buyruq tanlanganda qalamcha belgisi paydo bo‘ladi. Chiziqlar chizmoqchi bo‘lgan
qirralaringiz ustiga sichqonchaning chap tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi.
7.1-mashg‘ulot
Ultimate League elektron jadvaliga tegishli sarlavha qo‘shing.
Sarlavhangiz quyida
talablarga javob berishi kerak:
• shrift matnning qolgan qismiga nisbatan kattaroq o‘lchamda bo‘lishi;
• qalin shriftda bo‘lishi;
• bir qator kataklar ustida joylashgan bo‘lishi. Ushbu kataklarni
birlashtirishingiz kerak
bo‘ladi.
7.2-mashg‘ulot
Ultimate League elektron jadvalidagi qolgan yorliqlar va ma’lumotlarning
shrift turini
o‘zgartiring.
Elektron jadvalga mos keluvchi matn turidan foydalaning. Bir
xil mavzudan foydalaning va
har bir katak
uchun har xil shrift turi, o‘lchamlari va ranglarini ishlatishdan saqlaning.