85
3
Elektron jadvaldan maqsadli foydalanish
Loyiha uchun maqsad
Maqsadga erishildimi?
Har haftada qancha kundalik xarajatlar
uchun pul olayotganingizni yozing.
Ha, mening elektron jadvalim har hafta qancha
pul olayotganimni kiritishga imkon berdi. Buni B3
katakda ko‘rishingiz mumkin.
Olgan puldan qancha tejaganingizni
yozing.
Ha, jami tejalgan pulimni kiritishga imkon
beradigan katak bor. Bu B4 katak.
O‘yin konsoli qancha turishini yozing.
Ha, o‘yin konsolining qancha turishini
yozadigan katak mavjud. Bu F3 katak.
O‘yin konsolini sotib olish uchun sizga
qancha vaqt kerak ekanini aniqlang.
Ha. Elektron jadvaldagi haftalar sonini
o‘zgartirishingiz mumkin. Shunda sizga qancha
pul tejaganingiz ko‘rsatiladi. Raqam bir xil
bo‘lmaguncha yoki o‘yin konsolining narxidan
yuqori bo‘lguncha buni davom ettirishingiz
mumkin.
Elektron jadvalni imkoniyatlarini yaxshilash
Elektron jadvalingizni yaxshilash uchun har doim biron narsa qilishingiz mumkin, hatto u yaxshi
ishlaydi deb hisoblasangiz ham. Quyidagi fikrlarni o‘ylab ko‘ring:
• Elektron jadvalingizda ishlamaydigan narsa bormi? Agar shunday bo‘lsa, unda bu muammoni
hal qilish kerak.
• Elektron jadvalingizni ishlatish osonmi? Foydalanishni yanada osonlashtirish uchun formatni
o‘zgartirish mumkinmi?