193
7
Email (Elektron pochta) dan foydalanishni oʻrganish
5.1-mashgʻulot
1-amaliy koʻnikma dagi
1.2 -mashgʻulotning bir qismi sifatida
doʻstlaringizdan olgan latifanini oʻz ichiga olgan elektron xabarni toping.
Ularga nima uchun buni kulgili deb oʻylashingiz haqida aytib, bu elektron
xabarni oʻqituvchiga
Forward tugmasi orqali jo‘nating.
Elektron xabar nusxasini hazilni sizga yuborgan doʻstingizga yuboring.
5.2-mashgʻulot
2-amaliy koʻnikma 2.1-mashgʻulotdagi Posbon Grifon va Uchar Ajdar
haqidagi hikoyaga ikkinchi bobni qoʻshing.
Uni doʻstingizga yuboring.
Ikkinchi bir doʻstingizga
Cc maydoni orqali yuboring.
Oʻqituvchingizga
Bcc maydoni orqali yuboring.
Elektron xabar
oqimi bitta
xabar ortidagi
barcha xabarlar,
ularga javoblar
va hokazolardir.
Masalan, sizning
doʻstingizga
yuborgan elektron
xabaringiz,
ularning javoblari,
sizning javobingiz
va hokazo.
Agar siz bularni
ortiq koʻrishni
xohlamasangiz,
bu oqimdagi
barcha elektron
xabarlarni oʻchirib
tashlashingiz
lozim.