208
1-amaliy koʻnikma
Taqdimotni yaratish rejasi
Storyboard bu taqdimot uchun reja yaratishga imkon beruvchi juda kerakli
vositadir. Yaratayotgan taqdimotingiz rasmiy koʻrinishda boʻlishi uchun uni
yaratishni rejalashtirish muhimdir.
Storyboard taqdimot qanday koʻrinishga ega boʻlishining koʻrgazmali
ifodasidir. Bu taqdimotga kiritiladigan matn, maket, format va
multimediani
rejalashtirish imkonini beradi.
Storyboard har birining pastgi qismiga yozuvlar yozilgan bir nechta
kvadratlardan tashkil topadi.
Kvadratlar qayerda paydo boʻlishini koʻrsatgan holda slaydda koʻrinadigan
kontent bilan shartli nomlar (katakchalar)ni oʻz ichiga oladi.
Yozuvlar slaydga kiritiladigan formatlash va
multimedia haqida barcha
maʼlumotni, masalan, foydalaniladigan barcha shriftlar va ranglar hamda vaqti
(qancha davom etishi) bilan birgalikda barcha animatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
1.1-mashgʻulot
Oʻqituvchi beradigan “Storyboard_Template.docx” nomli hujjatni oching. Bu
biror taqdimot uchun
Storyboard yaratish maqsadida foydalanish mumkin
boʻlgan andozadir.
Har bir slayd uchun reja va yozuvlarni qoʻshish uchun kompyuterdan
foydalanish mumkin.
Shuningdek, shablonlar yaratish va qoʻlda chizish ham mumkin. Bulardan
qaysi birini tanlashni oʻqituvchidan soʻrang.