207
8
Multimedia hujjatiga qayta ishlov berish
Boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz lozim:
• sahifaga matn yozish va uni tahrirlash amaliy koʻnikmalariga ega bo‘lish;
• Microsoft PowerPointdan foydalana olish;
• turli auditoriya uchun matn mazmuni hamda tasvirlar tanlash va unga mos
shrift turlari, ranglar bilan boyitish;
• hujjatga tasvir joylashtirish va uning oʻlchamini oʻzgartirishni bilish.
Kirish
Multimedia maʼlumotni namoyish qilishning qiziqarli usulidir. Bu turli shakllarda
boʻlishi va matn, grafika, ovoz, tasvirlar, animatsiyalar va videolar kombinatsiyasini
oʻz ichiga olishi mumkin. Bu taqdimotni
multimediaga aylantiruvchi elementlarni
birgalikda aralashtirishdir.
Veb-sahifalarda va taqdimotlarda
multimediadan foydalanish kishilarning
maʼlumot olish usullarini oʻzgartirib yuboradi. Tugmalar va havolalarni qoʻshish
oʻquvchilar taqdimotlarda oʻzlariga toʻgʻri keladigan ma’lumotlarni tezkor topishini
anglatadi. Bu oʻrganishni yanada samaraliroq va qiziqarliroq qiladi hamda
taqdimot yaratishni oʻyin-kulgiga boy jarayonga aylantiradi!
Siz
multimedia taqdimotini yaratadigan dasturiy taʼminot – Microsoft PowerPoint.
Bu sizga taqdimot slaydlarini oson yaratish va ularga koʻplab
multimedia
elementlarini qoʻshish imkonini beruvchi maxsus moʻljallangan dasturiy
taʼminotdir.