Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang




Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/148
Sana20.12.2023
Hajmi8,09 Mb.
#125381
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   148
Bog'liq
6-sinf

Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
Agar sotilgan toʻq rangli shokolad miqdori 20 taga ortsa nima boʻladi?
Maʼlumotni oʻzgartiring va adashmaganingizni tekshiring.


76
11-mashg‘ulot
Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
Agar sutli shokoladlarning sotib olish narxi 2 marta ortsa nima boʻladi?
Maʼlumotni oʻzgartiring va adashmaganingizni tekshiring.
Masala 1
SUM – siz foydalana oladigan funksiyalardan biri.
Yana boshqa funksiyalar bor, masalan, AVERAGE, MIN va MAX.
AVERAGE
AVERAGE roʻyxatning oʻrtacha 
(oʻrtasini) qiymatini aniqlaydi. 
Undan raqamlar jamlanmasining 
o‘rtacha yoki tipik qiymatini 
topish uchun foydalaniladi.
Oʻrtacha qiymat barcha 
qiymatlarni bir-biriga qoʻshish, 
keyin uni qiymatlar soniga 
boʻlish orqali hisoblanadi. 
Masalan:
10
2
7
30
6
Qiymatlarni bir-biriga qoʻshing: 10+2+7+30+6=55.
Keyin qiymatlar soniga boʻling (5 ta raqam bor). 55/5=11.
Formula quyidagicha: =AVERAGE(Birinchi katak havolasi : Oxirgi katak havolasi).
Masalan, =AVERAGE(A1:A3) A1, A2 va A3 kataklardagi qiymatlar oʻrtachasini 
aniqlaydi.


77
3
Elektron jadvalga qayta ishlov berish
MAX
MAX roʻyxatdagi maksimum (yoki eng katta) qiymatni aniqlaydi. Masalan:
10
2
7
30
6
Bu roʻyxatdagi MAX qiymat 30.
Formula quyidagicha: =MAX(Birinchi katak havolasi : Oxirgi katak havolasi).
Masalan, =MAX(A1:A3) A1, A2 va A3 kataklardagi eng katta qiymatni aniqlaydi.
MIN
MIN roʻyxatdagi minimum (yoki eng kichik) qiymatni aniqlaydi. Masalan:
10
2
7
30
6
Bu roʻyxatdagi MIN qiymat 2.
Formula quyidagicha: =MIN(Birinchi katak havolasi : Oxirgi katak havolasi).
Masalan, =MIN(A1:A3) A1, A2 va A3 kataklardagi eng kichik qiymatni aniqlaydi.


78
1-mashg‘ulot
Jadvaldagi A1 dan A5 gacha kataklarga raqamlarni yozing.
B1 katagiga “Oʻrtacha” yorliqni yozing
C1 katagiga esa, ushbu formulani yozing: =AVERAGE(A1:A5).
2-mashg‘ulot
B2 katakka “Maksimum” yorliqni yozing
C2 katagiga esa, ushbu formulani yozing: =MAX(A1:A5).
3-mashg‘ulot
B3 katakka “Minimum” yorliqni yozing
C3 katagiga esa, ushbu formulani yozing: =MIN(A1:A5).
Masala 2
Elektron jadval koʻrinishini shrift turi, oʻlchami va kataklar rangini almashtirish 
orqali oʻzgartirish mumkin.
Bulardan faqat bir nechta joylarda foydalanish muhimdir. Har bir katakni turli 
rangga bo‘yashni boshlamang. Chunki bu elektron jadvalingizni juda murakkab 
qilib yuboradi.

Download 8,09 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   148




Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang

Download 8,09 Mb.
Pdf ko'rish