8
Odatda sichqonchaning ikki tugmasi boʻladi: chap tugma va oʻng tugma.
Siz aksariyat hollarda chap tugmadan foydalanasiz. Ushbu tugmadan turli
elementlarni belgilash uchun foydalaniladi.
Belgilash uchun sichqonchaning chap tugmasini bir yoki
ikki marta bosishingizga
to‘g‘ri kelishi mumkin. Bir marta bosish deganda sichqonchaning chap tugmasini
bir marta tanlash tushuniladi. Ikki marta bosishda sichqonchaning chap tugmasini
ikki marta tanlash nazarda tutiladi. Uni ikki marta ketma-ket bosishingiz kerak.
1.1-mashg‘ulot
Kompyuteringiz ish stolida joylashgan Microsoft
Word ikonkasiga ikki marta
bosish orqali yangi hujjat yarating. Ekranda boʻsh sahifa hosil bo‘ladi.
Sichqoncha koʻrsatkichini toping.
Koʻrsatkichni ekranning chap tomoniga, keyin oʻng tomoniga suring.
Sichqoncha koʻrsatkichi Microsoft Word sahifasida va sahifadan tashqarida
joylashganida qanday o‘zgarishni sezdingiz?
Koʻrsatkichni
ekranning yuqori qismiga, so‘ngra uni ekranning pastki qismiga
olib boring.
1.2-mashg‘ulot
Hujjatning yuqori chap burchagida joylashgan o‘chib yonib turgan chiziqni
toping. Bu chiziq hujjatning qayeridan boshlab matn kiritilishini ko‘rsatadi; u
kursor deb ataladi.
Sichqoncha koʻrsatkichini sahifa markaziga suring
va sichqonchaning chap
tugmasini ikki marta bosing. Kursor sahifaning yuqori qismidan uning
markaziga siljiganini koʻrasiz.