• muayyan auditoriya va maqsad uchun hujjatlar yaratishni tushunish; •




Download 75,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/40
Sana19.06.2024
Hajmi75,52 Mb.
#264356
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
8-sinf Informatika kitobi Cambridge


muayyan auditoriya va maqsad uchun hujjatlar yaratishni tushunish;

internet brauzerdan foydalanish;
 
Internetdagi birinchi 
onlayn veb-sayt: 
http://info.cern.ch 
boʻlgan.
 
U 1991-yil 6-avgustda 
ishga tushgan.
Bilasizmi?
Maqsadni amalga oshirish uchun veb-sayt dizaynini yaratish
2


55
2
Maqsadni amalga oshirish uchun veb-sayt dizaynini yaratish
Kirish
Veb-saytlardan
har xil maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, ular orqali sevimli mavzular 
haqida oʻqish, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatlashish, musiqa yoki kinolarni yuklab olish yoki ijro 
ettirish, shuningdek, kompyuter oʻyinlarini oʻynash mumkin. Har qanday veb-saytga doir qiziq 
holatlardan biri shuki, u qaysi maqsad uchun ishlatilishidan qatʼi nazar, foydalanuvchilarga qulay 
dizaynga ega boʻlishi kerak. Hech veb-saytdan izlagan narsangizni topolmay xunob boʻlganmisiz?
Agar veb-saytning dizayni har tomonlama oʻylangan holda ishlab chiqilgan boʻlsa, foydalanuvchi 
(yoki 
auditoriya
) uni ishlatishdan zavqlanadi. Yoki, aksincha, veb-sayt dizayni puxta yaratilmagan 
yoki undan koʻzlangan 
maqsad
noaniq boʻlsa, bu foydalanuvchida yomon taassurot uygʻotadi.
Siz 
veb-sahifani HTML
yordamida yaratishni oʻrganasiz. Har bitta mayda tafsilotga diqqat qiling, 
chunki kodda kichik xatoga yoʻl qoʻyilsa, veb-sahifadagi elementlar toʻgʻri aks etmasligi mumkin.
HTML nima?
HTML – “Hypertext Markup Language” iborasining qisqartmasi. Bu veb-sahifa yaratish uchun 
ishlatiladigan dasturlash tillaridan biridir. Veb-sahifa yaratish uchun ishlatiladigan boshqa tillar 
qatoriga JavaScript, CSS va PHP kiradi. Ammo HTML eng eski va keng tarqalgan tillardan biridir.
Siz yozgan HTML kodni veb-brauzer aks ettiradi (oʻqiydi). Veb-brauzer siz veb-saytda aks etishini 
istagan barcha matnlar va tasvirlarni namoyish qilishga xizmat qiladi. Veb-brauzer ularning toʻgʻri 
formatlanishini taʼminlaydi. Veb-brauzer koddan har xil elementlarni qayerga joylash va ularning 
qanday boʻlishini aytib turadigan bayonot sifatida foydalanadi.
Veb-saytlar interfaol elementlarga ega boʻlishi, shuningdek, har xil ekranlar va qurilmalarda aks etishi 
uchun ular kodda yozilishi lozim. Uning muqobili sifatida foydalanuvchiga butun veb-sahifani katta 
tasvir sifatida yuborish mumkin. Bunday holatda qanday muammolar kuzatilgan boʻlar edi?
Ayrim odamlar veb-sahifa yaratish uchun shablonni ishlatadi. Bu ularga samarali dizayn yaratishga 
yordam beradi. Siz yangi veb-sahifani boshidan yaratishni oʻrganasiz. Ushbu jarayon amaliy 
koʻnikmalarni egallashga va aynan oʻzingiz istagan veb-sahifani yaratishga imkon beradi.

Download 75,52 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 75,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• muayyan auditoriya va maqsad uchun hujjatlar yaratishni tushunish; •

Download 75,52 Mb.
Pdf ko'rish