|
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCEBog'liq 2.4 (1)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS,
SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS”
April 25, 2024
27
ishlarda biror bir asarda qo‘llangan presedent nomlarni aniqlash, ularni mazmuniga ko‘ra tasnif
qilish va badiiy matndagi funksional-stilistik xususiyatni aniqlash markaziy o‘rinni egallaydi.
Presedent nomlarga berilgan ta’riflarni umumlashtirish natijasida bu tushunchaga xos bo‘lgan
xususiyatlarni quyidagicha belgilash mumkin:
1) til egalari xotirasida mavjud bo‘lishlik;
2) mashhurlik;
3) biror mashhur matn yoki vaziyat bilan bog‘liqlik;
4) ramziy ma’no kasb etishi.
Ta’kidlash kerakki, o‘zbek lingvomadaniyatida etalonlik xususiyatiga ega presedent
nomlar borki, ulardan ko‘plab ijodkorlar badiiy vosita sifatida foydalanganligini kuzatishimiz
mumkin. Xususan, she’riy matnlarda ko‘p murojaat qiladigan qahramonlik etaloni – Alpomish,
go‘zallik, ibolilik etaloni – Kumush; mard ayol etaloni – To‘maris; vatanparvarlik etaloni – Shiroq;
zukkolik etaloni – Nasriddin Afandi; mehnatsevarlik etaloni – Zumrad; dangasalik va qo‘pollik
etaloni – Qimmat; saxiylik etaloni – Hotamtoy; xasislik etaloni – Qorun kabi nomlar ijodkorning
muayyan maqsadini yoritishga xizmat qiladi. Bu nomlar ko‘rsatilgan ma’nolarda ramziy nomlar
sifatida qo‘llanadi. Masalan, badiiy matnda Zumrad antroponimi oqilalik, suyuklilik,
mehnatsevarlik ramziy ma’nolarida qo‘llangan. Quyidagi parchada esa antroponim ertak
qahramoni nomiga ishora sifatida o‘xshatish vazifasini bajarib kelgan.
Afsuski, ertak – ertak-da… Ammo Shukurjon, bizga Zumradday suyukli bo‘ladigan o‘zbek
qizlarimizning obrazini ham yaratib berishingiz kerak!
Bilmadim-ov Zumraddakasi yo‘g‘-ov…
Bor! Bo‘lmasligi mumkin emas, – o‘z so‘zida turib oldi Mengziyo.
- Ehtimol, Saidangizning o‘zi Zumraddir. (Sh.Xolmirzayev ,,Bu kishim ustoz, men
shogird‟).
Yuqorida Qimmat antroponimi orqali ,,Zumrad va Qimmat‟ ertagidagi qahramon nomiga
ishora qilingan. Ertak qahramoni nomi Xolbeka ismli qahramonga salbiy munosabatni ifodalash
maqsadida qo‘llangan: Xolbeka keyin ham Masturaning boshiga ko‘p kunlarni soldi. Har
kelganida yoki bular borganida, albatta, bir ko‘ngilsizlikni oraga suqar, g‘iybat yo malomatni
tayyorlab qo‘ygan bo‘lar edi. So‘ng necha kun Nuriddinning uyida g‘urbat…G‘urbatni Mastura
boshlamaydi, u bir og‘izgina beozor shama qiladi, xolos. Shu Qimmatxonim (Xolbeka demoqchi)
qiziq-da, uyda o‘tirib, buncha gapni qayoqdan olarkan?‟ (E.A’zam. ,,Javob”).
Badiiy matnda nafaqat antroponimlar, balki boshqa onomastik birliklar ham presedent
birlik sifatida funksional-stilistik vazifa bajaradi. Presedent nomlar badiiy matnda quyidagi
vazifalarni bajaradi:
1.Ekspressivlikni hosil qiladi. Badiiy matnning anglanish jarayonini tezlashtiradi. Mazkur
nomlar yordamida matnning tez va oson tushunilishi ta’minlanadi.
2. Tashqi aloqadorlikni hosil qiladi. Ya’ni matnlar orasidagi aloqadorlikni ta’minlaydi.
Boshqa bir matnga muayyan maqsad bilan ishora qiladi. Turli vositalar orqali kitobxon ongiga
mustahkam o‘rnashgan, uning lisoniy xotirasiga joylashgan ,,tanish nomlar‟ asarning ko‘p
qatlamliligini ta’minlaydi. Badiiy matndagi bu hodisani M.Yo‘ldoshev intertekstuallik termini
ostida tadqiq qilgan.
3. Ichki aloqadorlikni hosil qiladi. Ya’ni badiiy matndagi qahramonlarning biror-bir
xususiyati bilan ,,tanish nom‟ o‘rtasida aloqadorlik o‘rnatiladi. Bunda o‘xshatish, qiyoslash,
farqlash, sharhlash yoki eslatish maqsad qilingan bo‘ladi.
4. Badiiy matnda onomastik repertuarni kengaytiradi.
|
| |