INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE




Download 254 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.06.2024
Hajmi254 Kb.
#260851
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.4 (1)

 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, 
SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS”
April 25, 2024
 
28
5. Badiiy ifoda vositalari tarkibida kelib, ta’sirchanlikni oshiradi. Demak, lingvomadaniy 
yondashuvga ko‘ra presedent nom deb hisoblangan onomastik birliklar badiiy matnda allyuziv 
nom, onomastik metafora, o‘xshatish etaloni kabi funksional-stilistik vazifalarda qo‘llanishi 
mumkin. Onomastik birliklar allyuziv nom sifatida qo‘llanganda yozuvchining badiiy maqsadi 
birmuncha aniq ifodalanadi. ,,Tarixiy voqealar, mashhur asarlar, diniy, mifologik rivoyatlar va shu 
kabi keng ommaga ma’lum bo‘lgan narsalarga ishora qilish yoki ulardagi turg‘un tushunchalarni 
badiiy matnga olib kirish [3,124] usuliga allyuziya deyiladi. Adabiyotshunoslik terminlari 
lug‘atida esa allyuziyaga shunday ta’rif berilgan: ,,Allyuziya (lot. Allusion – Ishora, hazil) – 
barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki adabiy faktga ishora qilishga 
asoslangan stilistik usul. Mohiyatan sharq mumtoz she’riyatida keng qo‘llanilgan talmeh san’atiga 
yaqin keladi. Farqli jihati shundaki, talmehda ko‘proq mashhur tarixiy va badiiy faktlarga ishora 
qilinsa, allyuziyada ijodkor o‘z zamonasidagi siyosiy, maishiy yoki badiiy faktlarga ishora qilishi 
mumkin. Ya’ni allyuziyada ishora obyektining doirasi kengroq [4,27].
D.Xudoyberganova allyuziv nomga shunday ta’rif bergan: ,,Allyuziv matnda allyuziv 
ko‘rsatkichi vazifasida keluvchi onomastik birlik, assotsiativ tarzda idrok qilinuvchi presedent 
matnning tarkibiy qismi;ikki madaniy-semiotik maydonni tutashtiruvchi vosita. Tilshunos allyuziv 
nomni allyuziv ko‘rsatkichlarning bir turi sifatida ta’kidlaydi hamda allyuziv ko‘rsatkichning, 
odatda, mashhur nomlar, jumlalar yoki matnlar, ya’ni presedent birliklardan iborat bo‘lishini 
yozadi [5,19]. Tilshunoslikda allyuziv nomlar muammosi bo‘yicha shu kungacha ko‘plab 
tadqiqotlar yaratilgan. Shunday bo‘lsa-da, bu masala hamon tadqiqotchilar diqqatini o‘ziga jalb 
qilib kelmoqda. O‘zbek tilshunosligida ham matn tilshunosligi, xususan, intertekstuallik borasida 
ilgari surilgan yangicha qarashlar bu muammoning dolzarb bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Tilshunos M.Yo‘ldoshev badiiy matnni tadqiq etishda bu tushunchani chetlab o‘tishning 
imkoni yo‘qligini bir qator misollar bilan yoritib bergan [6,126-150]. O‘zbek adabiyotini kuzatish 
shundan dalolat beradiki, allyuziv nomlar, ayniqsa she’riyatda muhim o‘rinni egallaydi. She’riy 
matnda qo‘llangan allyuziv nomlar tahlili muayyan ijodkor asarlari onomastik ko‘lami haqida 
yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, E.Vohidov o‘z she’rlarida shoirlar nomi 
hamda badiiy asar personajlari nomlaridan turli badiiy maqsadlarda mahorat bilan 
foydalanganligini ko‘rish mumkin. 
Quyidagi misolda Layli va Majnun allyuziv nomlariga ishora qilish orqali lirik qahramon 
o‘zining oshiqlik holatini bo‘rttirib ifodalashga erishgan:
Jahonda ikki dilbarning
Biri sensan, biri Laylo,
Jahonda ikki oshiqning
Biri menman, biri Majnun. (E.Vohidov ,,Rubobim tori ikkidur‟).
Shoirning ,,O‘zbekiston‟ faxriyasida esa qo‘shimcha boshqa matnlarga, ya’ni ijtimoiy-
tarixiy fakt mazmuniga ishora qiluvchi To‘maris, Kayxusrav, Spitamen, Maroqand, Shiroq, 
Iskandar, Beruniy, Farg‘oniy, Saydona, Ho‘qand, Kampanella, Maskov, Osiyoxon kabi; filologik 
fakt mazmuniga ishora qiluvchi Alisher, Alpomish, Go‘ro‘g‘li, Barchin, Zebiniso, Nodirabegim, 
Dilshodi Barno, Anbar Otin, Pushkin kabi nomlar ushbu matnning g‘oyaviy-badiiy mazmunini 
nihoyatda boyitgan. Asarni o‘qir ekansiz, unda qo‘llangan har bir nom bilan bog‘liq axborotlar 
ko‘z o‘ngingizda gavdalanaveradi.
Ta’kidlash kerakki, ijodjkorning muayyan allyuziv nomga murojaat qilishi uning 
dunyoqarashi, nomlar haqidagi bilimi bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, R.Parfi she’riyatida o‘zbek 



Download 254 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 254 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

Download 254 Kb.
Pdf ko'rish