|
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCEBog'liq 2.4 (1)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS,
SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS”
April 25, 2024
29
xalqi uchun mashhur bo‘lgan nomlar bilan bir qatorda g‘arbga xos allyuziv nomlarni ko‘p kuzatish
mumkin.
Men kimnidir kutaman mahzun,
Men kimgadir yig‘lamog‘im shart.
Tanholik-la turibman o‘zim,
Mening bilan birgina zulmat.
Yiroqlarda ingranar List ham,
Qulog‘imga bo‘zlaydi Furqat.
Huzurimga chiqmas bir odam,
Men baribir, kutgayman faqat.
Ushbu parchadagi ingranar so‘zi antroponimning kodini topishga ishora qilyapti. List
bastakor, musiqashunos bo‘lgani uchun uning musiqalari lirik qahramonning kayfiyatiga uyg‘un
holda mahzun eshitilishi nazarda tutilgan. Allyuziv nomlar qatnashgan matnlarda katta hajmli
axborotni ixcham shaklda ifodalash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Presedent nomlarning badiiy
matndagi navbatdagi vazifasi onomastik metafora bo‘lib kelishidir. Onomastik birliklar ham
badiiy matnda metaforik ma’noda qo‘llanishi mumkin. Metaforaning bu tip birliklar bilan
namoyon bo‘lishi onomastik metafora deb yuritiladi va muayyan onomastik birlikni nom
bo‘lmagan boshqa so‘z yoki so‘z birikmasi ma’nosida qo‘llashga asoslanadi. Masalan, Hotam
antroponimini o‘ta saxovatli odam ma’nosida qo‘llash o‘zbek badiiy nutqida an’anaga aylangan
bo‘lib, quyidagi misolda buni ko‘rish mumkin:
Och yotganga yemak ber…
Hech bo‘lmasa ko‘mak ber…
Suyab elt bir Hotamga. (A.Obidjon ,,Och yotganga yemak ber‟).
Tilshunoslikda onomastik birliklarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishiga alohida e’tibor
berilgan [7,200] hamda ushbu hodisa antonomasiya, onomastik metafora, deonimlashish [7,64]
terminlari ostida o‘rganilgan.
Ko‘chma ma’noda qo‘llangan onomastik birliklar esa konnotonim [7,65], ramziy nomlar
terminlari bilan atalgan. Tilshunoslikda nomlarni turdosh ot yoki boshqa turkumdagi so‘zlar
ma’nosida qo‘llash hodisasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ma’lumki, bu hodisa yuzaga
kelganda, muayyan onomastik birlik semantik jihatdan turdosh otga yaqinlashadi. Shu o‘rinda
onomastik birlikning ko‘chma ma’noda qo‘llanishida uning qaysi jihati asos bo‘ladi, degan savol
bo‘lishi tabiiy. Onomastik birliklarning leksik ma’no ifodalashi yoki ifodalamasligi tilshunoslikda
bahsli muammolardan biridir. Jumladan, bu hodisaga daniyalik tilshunos X.Serensen shunday
munosabat bildiradi: ,,Onimlar ham leksik ma’noga ega, faqat bu ma’no turdosh otlarga xos
bo‘lgan ma’nodan farq qiladi‟ [8,76].
Tilshunos E.A.Naximova ham ushbu fikrni ma’qullaydi va bu borada uch xil yondashuv
borligini yozadi:
1) entsiklopedik ma‟no kontsepsiyasi (unga ko‘ra onimlar lug‘aviy ma’noga ega emas,
qomusiy ma’noga ega);
2) referentiv ma’no kontseptsiyasi (unga ko‘ra onimlar yagona referentni ifodalaydi.
Masalan, yozuvchi so‘zi yagona bo‘lmagan referentlarni anglatsa, Mixail Sholoxov aniq referentni
bildiradi);
3) ,,poluantroponimlar‟ kontseptsiyasi (unga ko‘ra, ayrim antroponimlar ham atoqli ot,
ham turdosh ot vazifasida kela oladi).
|
| |