• Dars metodi
  • Darsning rivojlantiruvchi maqsad




    Download 47.5 Kb.
    bet2/3
    Sana19.01.2021
    Hajmi47.5 Kb.
    #13052
    1   2   3
    Darsning rivojlantiruvchi maqsad:

    O’quvchilarning ijodiy faolliklarini oshirish, texnik tafakkurini rivojlantirib mustaqil ishlashga o’rgatish. Mavzu doirasida asosiy atamalarning ingliz va rus tillaridagi tarjimalarini o’rganish.



    Darsni jihozlash:

    Darsga oid slaydlar, buyum maketlari va xalq hunarmandchiligi buyumlaridan namunalar.



    Darsda foydalaniladigan texnologiya:

    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi.



    Dars metodi:

    Suhbat, ko’rgazmalilik, aqliy hujum, toza doska metodi.



    Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism (5 daqiqa): O’quvchilar bilan salomlashih, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

    2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (10 daqiqa), o’qituvchi tomonidan berilgan savollar asosida savol-javob uyushtiriladi. Bunda o’quvchilar uchta guruhlarga bo’linishadi, metallarni qayta ishlash xalq hunarmandchilik kasblari bilan bog’liq bo’lgan nom berishadi. Umumiy tarqatma materiallar shaklida guruhlarga alohida savollar beriladi. Savol ustida guruh a’zolari hamjihatlikda ishlashadi. Faol ishtirok etgan va to’g’ri javob bergan guruh a’zolari baholanadi. To’liq berilmagan javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.



    1. Yangi mavzuni o’rganish. O’qituvchining kichik ma’ruzasi (15 daqiqa):

    Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga badiiy ishlov berish mexanik usulda (o’ymakorlik, zarb qilish) hamda himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash (sirlash, kumush bilan hallash) usullari bilan amalga oshiriladi.

    Qadimdan o’ymakorlik, metallarga badiiy ishlov berishning keng tarqalgan metodlaridan biri hisoblanadi. O’ymakorlikda muayyan shakllar va naqshlar zagatovkaga o’yib tushiriladi.

    Zarb qilish – buyumga sovuqlayin ishlov berish, ya’ni shtamp yoki o’yma tasvirga bolg’a bilan zarb berish yo’li bilan bo’rtma tasvir hosil qilish jarayoni. Zarb qilish mexanizatsiyalashtirilgan yoki qo’lda ishlov berish orqali amalga oshirilishi mumkin. Zarb qilinadigan material sifatida odatda oltin, kumush, mis, aluminiy kabi metallardan foydalaniladi.

    Sirlash juda qadimdan qo’llanilib kelingan bezash elementi bo’lib, u metal yuzasiga tez eruvchan, murakkab tarkibli shishani qoplash yo’li bilan amalga oshiriladi. Sirlashda qo’llaniladigan emallar issiq va sovuq, shaffof va rangli bo’lishi mumkin.

    Ma’lumki, har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari, nomlari mavjud. Mazkur atama va nomlar bilan bo’liq bo’lgan tarixiy ma’lumotlarni o’rganish shu kasb-hunarni paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda jamiyatda tutgan o’rni, ahamiyati haqida fikr yuritishga asos bo’la oladi. O’tmishda metallsozlik kasbining degrezlik, temirchilik, pichoqchilik, chilangarlik, taqachilik, qulfgarlik, anjomsozlik, ignachilik, mixgarlik, misgarlik, va zargarlik singari sohalari bo’lgan. Bu sohalarning yuzaga kelish tarixi juda qadimiy bo’lib, ular maxsus terminlar bilan ataladigan o’ziga xos xomashyolari, ishlab chiqarish kurslari, texnologiyalari bilan ajralib turgan.

    Metallardan yasaladigan buyumlarni - moddiy hayot vositalarini ishlab chiqarish uchun darkor bo’lgan ish qurollari, kundalik hayotda ishlatiladigan buyumlar, ro’zg’or asbob-anjomlari, turar joy qurush uchun zarur bo’lgan metal buyumlar, mudofaa qurollari, bezak ashyolarini ishlab chiqarganlar. Xalq hayotida alohida ahamiyat kasb etgan yuqorida qayd qilingan ayrim tarmoqlari shu sohalar bilan shug’ullanuvchi kishilar turadigan joy, maskanlarda toponimlar shaklida saqlanib qolgan. Quyida shular xususida to’xtalib o’tamiz.



    Degrezlik. Omoch tishi, ketmon, belkurak, obdasta yasash, shuningdek, qozon quyish ishi kabilar bilan shug’ullanish jarayoni. Bu ishlar degrez (bosh usta, do’konda texnologik jarayonni boshqaruvchi, xomashyoni tayyorlovchi va tayyor mahsulotni sotuvchi), xalpa (yordamchi usta), damgar (cho’yanni eritish vaqtida damni bosib, unga shamol haydab beruvchi ishchi), quyuvchi (erigan cho’yanlarni maxsus qoliplarga ketma-ket quyuvchi usta) tomonidan bajarilgan.



    Download 47.5 Kb.
    1   2   3




    Download 47.5 Kb.