• Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash (10 daqiqa)
  • Uyga vazifa berish, darsni yakunlash (5 daqiqa)
  • Dars ishlanmasi




    Download 47.5 Kb.
    bet3/3
    Sana19.01.2021
    Hajmi47.5 Kb.
    #13052
    1   2   3
    Taqachilik. Ot, xachir va eshakning oyog’iga qoqiladigan taqani yasash bilan shug’ullanuvchi kishilarning kasb-kori.

    Kandakorlar. Miskar, rixtagar ustalar tomonidan tayyorlangan ro’zg’or buyumlari, qurollar va boshqa metal buyumlarni o’yma naqshlar bilan bezatib, osori atiqaga aylantirganlar.

    Miskarlik. Miskarlik atamasi mis idishlarni yasash kasbi ma’nosida, naqqosh miskarlik termini esa mis idishlarni bezash kasbi ma’nolarida qo’llangan. Naqqosh miskarlar mis idishlarni ikki: o’yma va so’qma usulda naqshlaganlar. Mis idishlarga o’yilgan va so’qilgan badiiy naqshlar kompozitsiyasining ba’zan g’oyat murakkabligi va ko’rinishining go’zalligi bilan ajralib turgan.

    Yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini mustahkamlash (10 daqiqa)

    O’qituvchi tarqatma materiallarni tarqatadi va o’quvchilar bilimini savollarga javoblar orqali mustahkamlaydi.

    Guruhlarga bosh harflar yozilgan jadvalga metal buyumlar nomlarini kiritish orqali yangi mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimlari mustahkamlanadi. Eng ko’p buyum nomlari yozilgan guruh rag’batlantiriladi.

    O’quvchilar jadval ustida ishlash paytida “toza doska” metodini qo’llab, o’qituvchi doskaga yangi mavzu yuzasidan savollarni yoyilgan holda yozadi.



    Doskadagi savollarga javoblarni aytishni so’raydi. Guruhlarning vazifasi imkon qadar ko’proq savolning javobini topishdan iborat bo’ladi. Javobi topilgan savollar o’chiriladi. Qolib ketgan savol uyga vazifa qilib belgilanadi.

    Uyga vazifa berish, darsni yakunlash (5 daqiqa)

    Yuqoridagi “toza doska” o’yinida javobi topilmagan savollar uyga vazifa qilib beriladi.

    Download 47.5 Kb.
    1   2   3




    Download 47.5 Kb.