|
Dars mavzusi: Internetda ishlashni o’rganish
|
bet | 2/4 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 66 Kb. | | #261125 |
Bog'liq Dars-ishlanmaDarsning borishi :
I. Tashkiliy qism
o’quvchilar bilan salomlashuv;
navbatchining axboroti;
davomatni aniqlash.
Darsning borishi :
1. Tashkiliy ishlar.
II. Uy vazifasining nazorati.
Bunda savollar yordamida o`quvchilar bilimi nazorat qilinadi:
Texnologiya suzi manosi nimani bildiradi?
Modem nima?
Internetning yaratilishiga sabab bo’lgan birinchi kompyuter tarmog’i xaqida zo’zlab bering?
Internet deganda nimani tushunasiz?
WWW- nimani bildiradi?
Internetga kirish turlari?
Xayotimizda internetning ahamiyati?
Qidiruv tizimi nima uchun xizmat qiladi?
III. Yangi darsning bayoni.
Qidiruv tizimlari
Internet -bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Internetda millionlab web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web-sahifani topish uchun uning Internetdagi adresini bilish zarur. Ammo internet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba'zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog'idan chiqarib tashlanadi. Internetdagi ko'p foydalaniladigan web-sahifalar adreslari maxsus ma'Iumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to'liq axborot olib bo'lmaydi. Chunki Internetdagi barcha web-sahifalar adreslarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo'ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan Internetdagi bir qancha adreslar o'zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlari yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi maxsus web-sahifa bo'lib, Internet tarmog'idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunga kelib o'nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko'p qo'llaniladiganlari sifatida Rambler, Aport, Yahoo Google larni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog'ida o'z adresiga ega. Masalan, yuqorida sanab o'tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.rambler.ru, www.aport.ru va www.yahoo.com va www.google.uz adreslariga ega. Qidiruv tizimi Web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya'ni brauzerning adreslar satriga qidiruv tizimining adresi kiritiladi. Qidiruv tizimlari (web-sahifasi) turli ko'rinishga ega bo'lgani bilan, ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Google qidiruv tizimi misolida ko'rib chiqamiz.
|
| |