|
Dars mavzusi: Internetda ishlashni o’rganish
|
bet | 3/4 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 66 Kb. | | #261125 |
Bog'liq Dars-ishlanmaQidiruv tizimida ishlash
Googleni ishga tushirish uchun, avval Internet Explorerni ishga tushiramiz. Brauzerning adreslar satriga Google qidiruv tizimining adresi - www.google.ru ni kiritib Enter klavishini bosamiz. Brauzer malumotlar maydoniga Google qidiruv tizimining web-sahifasi chiqadi.
Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim.
U biror mavzu bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi mumkin. Agar biror maqola kerak bo'lsa, Google qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo'lgan so'z yok jumla kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Agar biror dasturni topish kerak bo'lsa, qidiruv satriga shu dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi. Masalan, Windows—98 operatsion sistemasi uchun HP LaserJet 6L printerining drayveri kerak bo'lsa, qidiruv satriga 'Windows—98 uchun HP LaserJet 6L drayveri" (драйвер HP LaserJet 6L для Windows—98) deb yoziladi. Google qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog'idagi millionlab hujjatlar ichidan izlaydi. Natijada web-brauzer malumotlar maydoniga bir necha (o'nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifiga ko'ra aniqlab olinadi.
Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash mumkin. Buning uchun Googlening bo'limlar ro'yxatida kerakli bo'lim tanlanadi. Bu ish tanlangan bo'lim nomi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Shuni aytish joyizki, ro'yxatda umumiy bo'limlar berilgan. Masalan, "Ta'lim", “Fan” “Yangiliklar” “Tadbirlar” "Dasturiy ta'minot", "Kompyuter o'yinlari" va hokazo. Bo'lim tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot internetning faqat tanlangan bo’limiga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.
IV. Amaliy mashg’ulotlar kompyuterda bajariladi.
“Ziyonet.uz” forumidan Informatika faniga oid ma’lumotlar oling.
“Ref.uz” saytidan sohibqiron Amir Temur hayotiga oid referatlar izlang va uni ko’chirib oling.
“Ref.uz” saytidan Alisher Navoiy hayotiga oid ma’lumotlar izlang va uni ko’chirib oling.
“Haqida.uz” saytining she’rlar bo’limiga kirib Vatanimiz haqidagi sherlarni toping va uni ko’chirib oling.
“Google.uz” saytidan Samarqand shahri haqida ma’lumot izlang.
“guncha.uz” saytidan she’rlar bo’limidan she’rlar toping.
V. Krossvord bajarish
|
| |