|
Dars rejasi
|
Sana | 21.07.2024 | Hajmi | 14,33 Kb. | | #268136 |
Bog'liq Sonli ifodalar (1)
DARS REJASI.
Dars o‘tiladigan sana : ________
|
Fan: ALGEBRA
|
Sinf: 7- sinf
|
Jami o‘quvchi: 33
|
Mavzu nomi: SONLI IFODALAR
|
Darsning maqsadlari: Sonli ifodalar haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish
|
a)ta`limiy O‘quvchilarni algebra faniga qiziqtirish, mavzu to‘g‘risida tushuncha berish, bilim va malakasini oshirish.
|
b)tarbiyaviy: O‘quvchilarni mustaqillikka o‘rgatish, erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
|
c)rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning aqliy faoliyatini oshirish yangi mavzu bo’yicha bilimlarini rivojlantirish
|
Darsning uslubi: klaster, savol-javob, munoraza.
|
Darsning ko‘rgazmali qurollari: darslik, doska, bo‘r, tarqatma materiallar, jadvallar, geometrik shakllar, televizor, kompyuter.
|
Dars turi: aralash
|
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut
|
Uyga vazifa:
|
O‘qituvchi: Baltaboyev Asadbek
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
№
|
Mashg‘ulot bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg‘ulot mazmuni
|
Ta’lim vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
O‘quvvchilar davomadi bilan tanishish
|
Jurnal
|
2
|
Kirish qismi
|
7 minut
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash , uyga vazifalarni tekshirish
|
Darsliklar, tarqatma materiallar
|
3
|
Yangi mavzuning bayoni
|
20 minut
|
Yangi mavzu bilan o‘quvvchilarni tanishtirish misol masalalarni yechishni o‘rgatish
|
Darsliklar, texnik vositalar, proyektr. O‘quv qo‘llanmalar.
|
4
|
Mustahkamlash
|
13 minut
|
Mavzu bo‘yicha talabalarni mustaqil shug‘ullantirish
|
Misol - masalalar to‘plamlari. Tarqatma materiallar.
|
5
|
Yakuniy qism
|
2 minut
|
Uyga vazifa berish. Darsni yakunlash
|
Misol – masalalar to‘plami.
|
Mavzu: SONLI IFODALAR
Darsning borishi: Dastlab yangi mavzu ko‘rgazmalar yordamida yoritib beriladi. Keyin « Klaster » metodi yordamida dars mavzusida o`rganilayotgan tushunchalarni tushunishga, ularning tarkibiy qismlari va o`zaro bog`lanishlarni yaqqol tasvirlashda qo`llaniladi. Klaster metodi xotirani rivojlantirishga va o`quvchilarning o`z bilimlarini o`zi baholashiga ham yordam beradi.
1-bochqich – Doskaga dars mavzuning o`zak so`zi Sonli ifodalar yoziladi.
2-bosqich – O`quvchilar mazkur so`z (tushuncha) haqida bilgan va yodlariga kelgan barcha narsalarni yozib chiqishadi. Natijada markazdan har tomonga qarab ketgan, shu mavzu bilan bog`liq bo`lgan turli tushuncha, g`oya va , faktlarni tasvirlovchi so`z yoki so`z birikmlari hosil bo`ladi. O`quvchilar aytgan barcha narsalar tashlab yuborilmasdan doskaga yoziladi.
3-bosqich – Doskaga yozilganlar bir tizimga keltiriladi. O`qituvchi tomonidan tushuntirilgan o`quv materiali asosida yozilganlar tahlil qilinadi va bir tizimga keltirishga harakat qilinadi. Tarqoq jumlalar birlashtiriladi, xato yozilganlari esa o`chirib tashlanadi.
4-bosqich – yozilgan tushunchalar o`zaro bog`lliqligiga qarab o`zak so`z Algebraik kasrlar bilan tutashtiriladi. Ular birinchi darajali bog`liq yozuvlar bo`ladi. O`z navbatida bu yozuvlar bilan bog`liq ikkinchi darajali yozuvlar ham bo`lishi mumkin. Ular o`zak so`z bilan emas, yozilgan qaysi tushuncha bilan o`zaro aloqadorlikda bo`lsa, o`sha bilan tutashtiriladi va hokazo.
Natijada mavzuga oid tushuncha va faktlarning o`zaro bog`liqligini aniqlovchi irarxiyali sxema paydo bo`ladi. Bu sxema mavzu mazmunini sxematik tasvirlab, uni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
SONLI IFODALAR
Sonli ifoda sonlardan tuzilib, amallar belgilari bilan birlashtirilgan yozuv ekanligini eslatib o’tamiz. Masalan,
yozuvlar sonli ifodadir.
Sonli ifodaning qiymati deb, shu sonli ifodada ko’rsatilgan amallarni bajarish natijasida hosil bo’lgan sonni aytiladi.
Masalan, sonli ifodaning qiymati 13 soni, sonli ifodaning qiymati sonidir.
Sonli ifoda bitta sondan iborat bo’lishi ham mumkin. Uning qiymati shu sonning o’zi bo’ladi.
Ba’zan sonli ifodada sonlar va amallar belgilaridan tashqari amallarning ma’lum tartibda bajarilishini ko’rsatuvchi qavslardan foydalaniladi. Masalan,
sonli ifodaning qiymatini hisoblashda avval qavs ichidagi qo’shish amali keyin ko’paytirish amali bajariladi.
ifodaning qiymatini hisoblab 12,6 sonini hosil qilamiz. Shuning uchun
tenglikni yozish mumkin.
,,= belgisi bilan birlashtirilgan ikkita sonli ifodada sonli tenglikni tashkil qiladi.
Agar tenglikning chap va o’ng qismlarining qiymatlari bir xil son bo’lsa, u holda tenglik to’g’ri tenglik deyiladi.
Masalan, to’g’ri tenglik, chunki uning ikkala qismining ham qiymati 7 soniga teng.
Sonli ifodalar va sonli tengliklardan, hisoblashlar bilan bir qatorda, sonlarning xossalarini yozishda ham foydalaniladi.
Masalan, tenglik kasrlarning asosiy xossasini, tenglik esa qo’shishning o’rin almashtirish qonuni ifodalaydi.
Endi sonli ifodani qaraylik. dan iborat bo’lgan to’g’ri natija amallarni qabul qilingan bajarish tartibiga rioya qilingan holdagina hosil bo’ladi.
Agar qabul qilingan hisoblash tartibi buzilsa va avval 6 bilan 12 ni qo’shib, so’ngra 3 ga ko’paytirilsa, u holda 54 dan iborat noto’g’ri natija hosil qilinadi. Bu natija dastlabki ifoda
kabi yozilsa, to’g’ri bo’lar edi.
Demak, hisoblashning to’g’riligi sonli ifodaning amallarining bajarish tartibiga bog’liq ekan.
Sonlar ustida amallarning bajarish tartibi algebraik ifodalarning son qiymatlarini topishga oid masalalarni bajarishda ham saqlanib qoladi.
Qo’shish va ayirish birinchi bosqich amallar, ko’paytirish va bo’lish esa ikkinchi bosqich amallar deyilishini eslatib o’tamiz.Kvadrat va kubga ko’tarish uchunchi bosqich amallar deyiladi.
Sonli ifodaning son qiymatini topishda amallar bajarilishining quyidagi tartibi qabul qilingan:
Agar ifodada qavslar bo’lmasa, u holda avval uchinchi bosqich amallar, keyin ikkinchi bosqich amallar va nihoyat, birinchi bosqich amallar bajariladi, shu bilan birga, bir xil bosqich amallar ular qanday tartibda yozilgan bo’lsa, xuddi shu tartibda bajariladi.
Masalan,
Agar ifodada qavslar bo’lsa, u holda avval qavslar ichidagi sonlar ustida barcha amallar, so’ngra esa qolgan barcha amallar bajariladi, bunda qavs ichidagi va undan tashqaridagi barcha amallar 1-bandda ko’rsatilgan tartibda bajariladi.
Masalan,
Agar kasrning qiymati hisoblanadigan bo’lsa, u holda kasrning surati va maxrajidagi amallar bajariladi, so’ngra birinchi natija ikkinchisiga bo’linadi.
Masalan,
.
Agar ifodada qavslar ichida boshqa qavslar bo’lsa, u holda avval eng ichkaridagi qavslar ichidagi amallar bajariladi.
Masalan,
Sonli tenglik shaklda yozing (5-6)
5. 1) va sonlarning yig’indisi va sonlarning ayirmasiga teng;
2) 40 va 0,03 sonlarning ko’paytmasi 6 sonini 5 ga bo’linmasiga teng.
6. 1) 10 va -2 sonlari ayirmasining ikkilangani shu sonlar yig’indisidan uch marta katta;
2) 2 va 6 sonlari yig’indisining uchlangani shu sonlar ko’paytmasidan ikki marta ortiq.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o‘quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha savollariga javob berish, ulaming o‘zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa; 7-misolni ishlash
Sana: «___» _____________ 202__ y.
|
| |