• IV. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va mashqlar.
  • Darsning borishi: I. Tashkiliy davr




    Download 89 Kb.
    bet3/3
    Sana08.05.2023
    Hajmi89 Kb.
    #57578
    1   2   3
    Bog'liq
    7 4-dars
    bce04f8b-03da-4dc2-97b4-c118a740bbef, O‘RQ-445 11.09.2017, yuklama, пособие (15 03. 2022), Знакомство с жанром басни И А Крылова5 лола, Alaydarova Dilnoza kurs ishi, Hujjatlarda shakllar va chizmalar slayd dars ishlanma, MATEMATIKA SIRTQI MAVZU, 2. Sh. Kuvanova. Dissertasiya, Doc1, AVAESTO, 04-03 Metodist bolaning rivojlanishni nazorat qilish daftari, 04-01 davlat talablari, Metodist hisoboti yillik
    Harf

    Morze usulida ifodalanishi

    Belgilar soni

    N

    — •

    2




    K

    — • —

    3

    T



    1




    E

    • • — • •

    5

    A

    • —

    2




    R

    • — •

    3

    L

    • — — • •

    4




    O

    — — —

    3

    Mazkur usul yordamida "elektron" so'zini yozsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
    • • — — • • • — — • • • • — • • — • — — • — • — • — — •
    Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo'llanilishiga to'siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi — nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo'llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga
    misol bo'ladi.
    Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli - bizga ma'lum bo'lgan alifbodagi harflarni ularning tartibini ko'rsatuvchi sonlar bilan alrnashtirishdan iborat:



    A

    B

    D

    E

    F

    G

    H

    I

    J

    K

    L

    M

    N

    O

    01

    02

    03

    04

    05

    06

    07

    08

    09

    10

    11

    12

    13

    14

    P

    Q

    R

    S

    T

    U

    V

    X

    Y

    Z

    Ch

    O`

    Sh

    G`

    15

    16

    17

    18

    19

    20

    21

    22

    23

    24

    25

    26

    27

    28

    Bu usuldan foydalansak, masalan, "Bugun havo issiq" degan axborot quyidagi ko'rinishni oladi:
    02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
    Bu holda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham maxsus sonlar bilan ifodalash va ularni matnga kiritish mumkin. Alifbodagi harflar ketma-ketligini tartiblashning anchagina usuli mavjud. Masalan, quyidagi tartibni olamiz:



    A

    B

    V

    G

    D

    J

    Z

    I

    Y

    K

    L

    M

    N

    12

    03

    16

    14

    04

    25

    20

    11

    31

    24

    19

    07

    27

    O

    P

    R

    S

    T

    U

    F

    X

    Ch

    Sh

    Q

    H

    G`

    17

    08

    22

    28

    10

    18

    23

    29

    02

    13

    21

    34

    01

    Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi to'g'risidagi yuqoridagi matn bu holda quyidagi ko'rinishni oladi:
    03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21
    Mazkur axborotni yuqorida keitirilgan jadvaldagi ma'lumotlarni bilmasdan qayta kodlash juda murakkab.
    IV. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va mashqlar.

    1. Kodlash deganda nima tushuniladi?

    2. Tarixda axborotlar nima uchun kodlangan?

    3. Axborotlarni kodlashning qanday usullarini bilasiz?

    4. Morze kodlash usulida nechta belgi ishlatiladi?

    5. Alilbo bilan bog`liq qanday kodlash usullari bor?

    6. O'zingizning kodlash usulingizni ishlab chiqing va "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" iborasini kodlang.

    7. O'zingizning kodlash usulingizdan foydalanib do'stingizga axborot uzating

    Mashqlar
    1. Alifbodagi harflarni ularning tartib raqami bilan almashtirish usulidan foydalanibuyidagi jumlalarni kodlang.
    a) NIMANI EKSANG SHUNI O'RASAN.
    B) KUCHLI DAVLATDAN KUCHLI JAMIYAT SARI.
    d) BUYUK MAQSAD YO'LIDA OG`ISHMAYLIK.
    e) OZ BO`LSA HAM BILMOQ UCHUN KO'P O'QIMOQ ZARUR.
    f) MUSHOHADA QILMASDAN O'QISH, OVQAT HAZM QILMASLIK BILAN BAROBAR.
    2. Aralashtirilgan alifbodan foydalanib berilgan jumlalarni kodlang.
    a) NAMUNASIZ HECH NARSANI O'RGANA OLMAYSAN.
    b) DEYDILARKI, KITOB - OFTOB.
    d) KITOB BIZNING DO'STIMIZ.
    e) KITOB JAVONI - ILM XIRMONI.
    f) ILM SIRLARIGA HAZINA KITOB.
    3. Uch kishi "ha" yoki "yo'q" deb ovoz berayotgan bo'lsin. Agar "ha" so'zi 1 raqami, "yo'q" so'zi 0 raqami bilan kodlansa, ovoz berishning barcha natijalarini yozing.
    4. "ONA VATAN, MAKTAB" jumlasi
    "101100000 111000110000100, 011000010110000001" kabi kodlangan bo'lsa, har bir harfni kodini toping.
    5. Avvalgi mashqdagi kabi belgilarga mos kodlarning o'rnini almashtirib qayta kodlang.
    V. Uyga vazifa
    1. 4-dars mavzusini o`rganish.
    2. 4-mashqni bajarish.
    Download 89 Kb.
    1   2   3




    Download 89 Kb.