• Katta sayyoralar Yupiter
  • 4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar: Guruh ishi , Krasword 5.Uyga vazifa
  • Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradiganyirik osmon jismi




    Download 261,34 Kb.
    bet2/2
    Sana12.01.2024
    Hajmi261,34 Kb.
    #135948
    1   2
    Bog'liq
    Darsning mavzusi Quyosh sistemasining tuzilishi va osmon jismla

    Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradiganyirik osmon jismi tabiiy yo‘ldosh deb ataladi.Sayyoralardan Merkuriy va Veneraning tabiiy yo‘ldoshlari yo‘q. Boshqa barcha sayyoralarning tabiiy yo‘ldoshi mavjud. Yerning bitta tabiiy yo‘ldoshi bor. Bu – Oydir.
    Mars
    Marsning diametri Yernikidan ikki marta kichik. Mars Quyosh atro fini 687 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Mars sayyorasi siyrak karbonat angidrid va boshqa gazlar bilan qoplangan. Bu gazlardan qaytgan Quyosh nurlari bizga qon rangiga yaqin bo‘lgan qizg‘ish tusda ko‘rinadi. Shuning uchun qadimda Mars sayyorasini «Urush xudosi» deb atashgan.Marsning sirti tosh va qumlar bilan qoplangan. Sayyorada harorat kunduzi +17°C gacha,kechasi −100°C gacha bo‘ladi. Mars sayyorasining 2 ta tabiiy yo‘ldoshi bor. Marsdan muzlagan suv parchalari topilgan. Lekin bu sayyorada ham hayot yo‘qligi aniqlangan.
    Katta sayyoralar Yupiter
    Yupiter eng katta sayyora hisoblanadi. Quyosh atrofini 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Uning diametri Yernikidan 11 marta katta. Bu sayyora ulkan
    bo‘lsa-da, uning sirtida tog‘lar va chuqurliklar yo‘q. Chunki uning sirti, asosan, suyuq holatda bo‘lib, deyarli vodorod va geliy gazlari bilan o‘ralgan. Yupiter sirti kunduz kuni ham sovuq bo‘lib, harorat −100°C gacha pasayadi. Yupiter sayyorasining 67 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
    Saturn
    Saturn ham ulkan sayyora hisoblanadi.U Yupiterdan biroz kichikroq.Quyosh atro fini bir marta aylanib chiqishi uchun 30 yilga yaqin vaqt ketadi. Saturn halqali sayyoradir. Uning halqalari turli qattiq jismlar va changlardan iborat. Sirti suyuq holatdagi moddalardan tashkil topgan. Uni vodorod, geliy,
    metan kabi gazlar o‘rab turadi. Sirtidagi o‘rtacha harorat −180°C atro fi da bo‘ladi. Saturn sayyorasining 60 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
    Uran
    Uran sayyorasining diametri Yernikidan 3 martakatta. Lekin Yerdan juda uzoqda bo‘lgani uchun bu sayyorani ko‘rib bo‘lmaydi. Bu va undan uzoqdagi Neptun sayyorasini faqat maxsus asboblar yordamida ko‘rish mumkin. Quyosh atro fi ni 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Sayyora sirti muzlagan moddalardan iborat.Sirti vodorod, geliy, metan kabi gazlar bilan qoplangan. Sayyora sirtidagi o‘rtacha harorat −210°C ni tashkil etadi. Uran sayyorasining 27 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
    Neptun
    Neptun sayyorasi Uran sayyorasidan biroz katta.Quyosh atro fini 168 yilda bir marta aylanib chiqadi.Sayyora sirti suyuq holatdagi moddalardan iborat.
    Sirtini vodorod, geliy, metan kabi gazlar o‘rab turadi.Neptun sirtidagi harorat −200°C atro fi da bo‘ladi. Neptun sayyorasining 13 ta tabiiy yo‘ldoshi bor.
    4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
    Guruh ishi , Krasword
    5.Uyga vazifa: keys savolni ishlash , Sayyoralarni ketmaketlikda yod olib kelish .
    O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________
    Download 261,34 Kb.
    1   2




    Download 261,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sayyora atrofida doimiy aylanib yuradiganyirik osmon jismi

    Download 261,34 Kb.