|
Fundamental ta’sirlashuvlar
|
bet | 1/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamental Fundamental ta’sirlashuvlar Yuqorida ta’kidlanganidek, zarralar, bu–olamning eng kichik g‘ishtchalari. Yadrolar, atomlar, molekulalar, kimyoviy birikmalar, biologik to‘qimalar, sayyoralar, ulkan yulduzlar, koinot jismlari, jumladan, bizning o‘zimiz ham shu zarralardan tashkil topganmiz. Lekin bu zarralarni qanday kuchlar bir-biriga bog‘lab turadi? Elementar zarralar o‘rtasida to‘rt xil fundamental ta’sirlashuv va, demak, to‘rt xil ta’sir kuchi mavjud. Bular: tortishish (gravitatsion); elektromagnit; kuchli (yadro) va kuchsiz ta’sirlashuvlardir. Gravitatsion ta’sirlashuv mavjud fundamental ta’sirlashuvlar orasida eng kuchsizi. U barcha zarralar orasida mavjud va faqat tortishish xarakteriga egadir. Bir-biridan 10-15 m masofada bo‘lgan ikkita protonning gravitatsion ta’sirlashuvi ularning elektrostatik ta’sirlashuvidan 1036 marta kichik. Shu qadar kichik bo‘lgani uchun ham elementar zarralar ishtirok etadigan jarayonlarda e’tiborga olinmaydi. Ammo uning makrojismlar harakatidagi ahamiyati buyuk. Aynan shu tortishish kuchi butun koinotni:sayyoralarni, yulduzlarni, galaktikani va boshqa osmon jismlarining mavjud joylashuvini saqlab turadi. Aynan uning sharofati bilan biz ham Yerga bog‘lanib turibmiz. Elektromagnit ta’sirlashuv elektr zaryadiga ega zarralar orasida vujudga keladi. U ta’sirlashuvchi zarralarning zaryadiga qarab ham tortishish, ham itarishish xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Elektromagnit ta’sirlashuv elektr zaryadiga ega zarralar orasida vujudga keladi. U ta’sirlashuvchi zarralarning zaryadiga qarab ham tortishish, ham itarishish xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Elektromagnit ta’sirlashuv elektronlarning yadro atrofidagi harakatini, ya’ni atomning barqarorligini ta’minlaydi. Elektromagnit ta’sirlashuv jarayonlarining ro‘y berish vaqti 10-18-10-20s. Ta’sirlashuvning intensivligi nozik tuzilish doimiysi bilan xarakterlanadi. Kuchli ta’sirlashuv kichik masofalarda (10-15 m) namoyon bo‘ladi. U nuklonlar orasida mavjud bo‘lib, protonlar va neytronlarni birgalikda yadroda tutib turadi. Uning sharofati bilan turli xil yadrolar, atomlar va kimyoviy elementlar mavjud. Kimyoviy elementlarning mavjudligi esa turli murakkab molekulalar, organik birikmalar va hayotning mavjudligini ta’minlovchi omildir. Kuchli ta’sirlashuv jarayonlarining ro‘y berish vaqti 10-22-10-23 s. Ta’sirlashuv intensivligi taxminan birga teng bo‘lgan Fermi doimiysi bilan aniqlanadi.
|
| |