|
Tabiat qonunlarining universalligi
|
bet | 3/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamentalTabiat qonunlarining universalligi. «Eng murakkab tuyulgan narsalar, aslida sodda narsalardir», deb ta’kidlagan edi Eynshteyn. Buni yaxshi tushungan olimlar doimo tabiat qonunlarini soddalashtirishga, ya’ni universallashtirishga harakat qilganlar. Masalan, teleskop yordamida Oydagi tog‘larning soyasini kuzatgan Galiley «fizika qonunlari butun koinotda bir xil, ya’ni universal ko‘rinishga ega», degan fikrni bildirgan. Yerda tajribalar o‘tkazgan Nyuton «Butun olam tortishish qonuni»ni yaratgan. Faradey va Amper elektr zaryadi atrofida nafaqat elektr maydon, balki zaryad harakatlanganda magnit maydon ham hosil bo‘lishini aniqlagan. Natijada elektr va magnit maydonlarni yagona elektromagnit maydonga birlashtirish, ya’ni elekromagnit maydon nazariyasini yaratish imkoni tug‘ildi. So‘ngra, yorug‘likning elektromagnit to‘lqin ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi va radioto‘lqinlar, issiqlik nurlanishi, ko‘rinuvchi yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari va gamma-nurlar yagona elektromagnit to‘lqinlar shkalasida joylashtirildi. Tabiat qonunlarining universalligi. «Eng murakkab tuyulgan narsalar, aslida sodda narsalardir», deb ta’kidlagan edi Eynshteyn. Buni yaxshi tushungan olimlar doimo tabiat qonunlarini soddalashtirishga, ya’ni universallashtirishga harakat qilganlar. Masalan, teleskop yordamida Oydagi tog‘larning soyasini kuzatgan Galiley «fizika qonunlari butun koinotda bir xil, ya’ni universal ko‘rinishga ega», degan fikrni bildirgan. Yerda tajribalar o‘tkazgan Nyuton «Butun olam tortishish qonuni»ni yaratgan. Faradey va Amper elektr zaryadi atrofida nafaqat elektr maydon, balki zaryad harakatlanganda magnit maydon ham hosil bo‘lishini aniqlagan. Natijada elektr va magnit maydonlarni yagona elektromagnit maydonga birlashtirish, ya’ni elekromagnit maydon nazariyasini yaratish imkoni tug‘ildi. So‘ngra, yorug‘likning elektromagnit to‘lqin ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi va radioto‘lqinlar, issiqlik nurlanishi, ko‘rinuvchi yorug‘lik, ultrabinafsha nurlar, rentgen nurlari va gamma-nurlar yagona elektromagnit to‘lqinlar shkalasida joylashtirildi.
|
| |