|
Fundamental ta’sirlashuvlar
|
bet | 8/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamentalYuqorida ko‘rilgan to‘rtta fundamental ta’sirlashuvlarni ham universallashtirishning, ya’ni birlashtirishning imkoni yo‘qmikan, degan savol tug‘iladi. Ko‘pdan beri bu yo‘lda izlanishlar olib borilmoqda. Masalan, Eynshteyn umrining oxirgi 35 yilini tortishish va elektromagnit ta’sirlashuvlarni birlashtirishga bag‘ishlagan. Shuningdek, boshqa urinishlar ham yo‘q emas. Buyuk birlashuv nazariyasi. Hozircha bularning eng muvaffaqiyatlisi amerikalik fiziklar Sh.Gleshou, S.Vaynberg va pokistonlik fizik A.Salamlar tomonidan elektr kuchisiz ta’sir nazariyasining yaratilishidir. Ushbu kashfiyotlari uchun ular 1979-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan fiziklar «Buyuk birlashuv nazariyasi» (BBN)ni taklif qilishdi. Bu nazariyada elektromagnit, kuchsiz va kuchli ta’sirlar birlashtirilgan. Uning naqadar to‘g‘riligini tajribalar ko‘rsatadi. BBNga muvofiq, materiya tuzilishining zamonaviy nazariyasi va bizni o‘rab turgan olamda ro‘y beradigan voqealar o‘rtasida uzluksiz bog‘lanish mavjud. Boshqacha aytganda, elementar zarralarning hozirgi holati olamning dastlabki paydo bo‘lish bosqichi, ya’ni moddaning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. Olamning zamonaviy modeliga ko‘ra, u kengaymoqda, ya’ni galaktikalar bir-birlaridan uzoqlashmoqda. Buning hammasi 1010 yil burun ro‘y bergan buyuk portlashning natijasidir. Hozirgi paytda har to‘rtala ta’sirlashuvni o‘z ichiga olgan superbirlashuv nazariyasi taklif qilingan.
|
| |