|
kuchli: elektromagnit: kuchsiz: gravitatsion=102:1:10-12:10-36
|
bet | 7/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamental kuchli: elektromagnit: kuchsiz: gravitatsion=102:1:10-12:10-36 . Fundamental ta’sirlashuvlarning ba’zi xarakteristikalari Kuchsiz ta’sirlashuvga misol sifatida radioaktiv yadrolar va neytronning parchalanishi, neytronning modda bilan ta’sirlashuvini keltirish mumkin. Kuchsiz ta’sirlashuvga misol sifatida radioaktiv yadrolar va neytronning parchalanishi, neytronning modda bilan ta’sirlashuvini keltirish mumkin. O‘tgan asrning 60-yillarida C.Vaynberg, Sh.Gleshou va A.Salamlar elektromagnit va kuchsiz ta’sirlashuvlarni birlashtiruvchi yagona elektrokuchsiz ta’sirlashuv nazariyasini yaratdilar. Elektrokuchsiz ta’sirlashuv 1015K dan yuqori temperaturalarda kuzatilishi mumkin. Bu temperaturada vektor bozonlar massaga ega bo‘lmaydilar va ular bilan almashish xuddi fotonlar bilan almashish kabi intensiv bo‘ladi. Bunda kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlar orasida to‘la simmetriklar o‘rnatiladi. Temperatura ko‘tarilishi bilan bunday simmetriya buziladi va sahnaga yangi maydon va ularning kvanti – xiggsonlar chiqadi. Temperatura 1022K gacha ko‘tarilganda uchta kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlahsuvlar bir xil effektiv bo‘lib qolishadi. Bunday yuqori energiyada universal ta’sirlashuvning eltuvchilari, massalari vektor bozonlarning massalaridan 1012 marta katta bo‘lgan X va Y bozonlarning intensiv paydo bo‘lishi boshlanadi. Bunday ulkan temperaturada (energiyada) qolgan barcha zarralar tinchlikdagi massaga ega bo‘lishmaydilar. Bitta universal ta’sirlashuv mavjud bo‘ladi, ya’ni buyuk birlashuv nazariyasi namoyon bo‘ladi. Hisoblashlarning ko‘rsatishicha T>1027K da superbirlashuv ro‘y beradi. Bunda buyuk birlashuv nazariyasida birlashgan uchta ta’sirlashuv va gravitatsion ta’sirlashuv birlashadi. Superbirlashuvda fizik materiya zarralari (fermionlar) va o‘zaro ta’sirlashuvlarning eltuvchi zarralari (bozonlar)dan iborat zarralar sinfining birlashuvi va balki ularning bir-birlariga aylanishlari ro‘y beradi. Yuqorida ko‘rilgan to‘rtta fundamental ta’sirlashuvlarni ham universallashtirishning, ya’ni birlashtirishning imkoni yo‘qmikan, degan savol tug‘iladi. Ko‘pdan beri bu yo‘lda izlanishlar olib borilmoqda. Masalan, Eynshteyn umrining oxirgi 35 yilini tortishish va elektromagnit ta’sirlashuvlarni birlashtirishga bag‘ishlagan. Shuningdek, boshqa urinishlar ham yo‘q emas.
|
| |