|
Fundamental ta’sirlashuvlar
|
bet | 2/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamentalKuchsiz ta’sirlashuv nafaqat kuchli, balki elektromagnit ta’sirlashuvdan ham ancha kuchsizdir. Lekin u gravitatsion ta’sirlashuvdan sezilarli darajada kuchli. Kuchsiz ta’sirlashuvning ta’sir doirasi juda kichik va taxminan 2·10-18 m ni tashkil qiladi. Ayni paytda kuchsiz ta’sirning tabiatdagi o‘rni beqiyos. Aynan shu ta’sirlashuvning sharofati bilan yadro ichida protonning neytron, pozitron va neytrinoga aylanish reaksiyasi ro‘y beradi. Bu reaksiya esa to‘rtta protondan geliy yadrosi hosil bo‘lish reaksiyasida, ya’ni termoyadro sintezida asosiy ahamiyatga egadir. Demak, kuchsiz ta’sirlashuv Quyosh va yulduzlarning energiya manbayi, termoyadro reaksiyalarining ro‘y berishida muhim ahamiyatga ega. Kuchsiz ta’sirlashuv jarayonlarining ro‘y berish vaqti 10-8-10-10 s. Ta’sirlashuv intensivligi 10-14 kattalik bilan aniqlanadi. Kuchsiz ta’sirlashuvda juftlik ya’ni to‘lqin funksiyasining juftligi saqlanmaydi. Kuchsiz ta’sirlashuvda juftlik ya’ni to‘lqin funksiyasining juftligi saqlanmaydi. Ta’sirlashuv maydonlari. Endi bu ta’sirlashuvlar qanday amalga oshadi, degan savolga javob izlaylik. Barcha ta’sirlashuvlarning o‘z nomlari bilan ataluvchi maydonlari bor va ta’sirlashuv shu maydonlar vositasida amalga oshiriladi. Misol uchun, eng yaxshi o‘rganilgan elektromagnit ta’sirlashuv elektromagnit maydon vositasida, maydon kvanti – foton orqali amalga oshiriladi. Elektromagnit maydon materiyami yoki biror mavhum tushunchami? Elektromagnit maydon materiyaning bir ko‘rinishi va u materiyaning modda ko‘rinishiga aylanishi mumkin. Bunga fotonning elektron-pozitron juftligiga aylanishi misol bo‘ladi. Shuningdek, teskari hol – elektron-pozitron juftligining annigilatsiyasi, ya’ni modda-materiyaning maydon-materiyaga aylanishi ham ro‘y beradi. Boshqa maydonlar to‘g‘risida ham xuddi shunday fikr yuritish mumkin. Shunday qilib, ta’sirlashuvlar o‘z maydonlari orqali amalga oshiriladi va bu maydonlar materiyaning bir ko‘rinishidir. Materiyaning modda va maydon ko‘rinishlari doimo bir-birlariga aylanib turadi. Shuni ta’kidlash lozimki, olamda maydon-materiya modda-materiyadan ko‘ra ko‘proqdir.
|
| |