|
Fundamental ta’sirlashuvlar
|
bet | 6/8 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 361,16 Kb. | | #106939 |
Bog'liq fundamentalHar bir kvark qalin glyuonlar qatlamiga o‘ralgan bo‘lib, kvarklar zarra markazidagina ulardan tozalanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bunday yalang‘och kvarklarning massalalari nuklonning massasidan yuz marta kichik bo‘ladi. Nuklon va boshqa elementar zarralar asosan glyuonlardan iborat bo‘ladi. Har bir kvark qalin glyuonlar qatlamiga o‘ralgan bo‘lib, kvarklar zarra markazidagina ulardan tozalanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, bunday yalang‘och kvarklarning massalalari nuklonning massasidan yuz marta kichik bo‘ladi. Nuklon va boshqa elementar zarralar asosan glyuonlardan iborat bo‘ladi. Elektronlarning nuklonlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvlarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tajribalarda glyuonlar ko‘rinuvchi izlarni qoldirishadi. Elektrondan anchagina impuls olgan glyuon zarracha chekkasida keskin tormozlanadi. va uning energiyasi kvark-antikvark juftligini hosil qilishga sarflanadi. Bu juftlik birdan yopishib, mezon hosil qiladi va u ingichka oqim sifatida uchib chiqadi. Bunday xanjarsimon izlar tajribalarda ko‘plab kuzatiladi. Kuchsiz ta’sirlashuv ham vektor bozonlar deyilguvchi o‘z eltuvchilariga ega. Ular uchta bo‘lib: W+ -musbat zaryad, W--manfiy zaryadga ega bo‘lsa, Z0 bozon elektroneytral. Vektor bozonlarning foton va gravitonlardan asosiy farqlaridan biri massalarning proton massasidan ham yuzlab marta kattaligidir. Buning asosiy sababi, kuchsiz ta’sirlashuvning juda qisqa masofa, atom yadrosidan ham ming marta kichik masofalarda o‘rinli bo‘lishligidadir. Eltuvchi zarraning massasi qancha katta bo‘lsa uning energiyasi ham shuncha katta bo‘ladi. Noaniqlik munosabatlaridan ma’lumki energiya qancha katta bo‘lsa bozonning chiqarilishi va yutilishi orasidagi vaqt intervali shuncha kichik bo‘lishi kerak. Protonlardan ham yuzlab marta og‘irroq vektor bozonlar holida esa ∆t vaqt intervali shunchalar ham kichik bo‘ladiki bu vaqtda, eltuvchi zarra kuchsiz yadro kuchlari ta’sir doirasining mingdan bir qisminigina o‘tishga ulguradi xolos. Kuchsiz ta’sirlashuvning energiyasi 10 eV tartibida. Fundamental ta’sirlashuvlarning energiyalari quyidagi munosabatda bo‘ladi:
|
| |