|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
bet | 3/3 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 306,85 Kb. | | #240917 |
Bog'liq 5-sinf ona tili 04.Sifat so’z turkumini takrorlash 2Yangi mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu “Mosini top”o`yini orqali mustahkamlanadi.Bunda o`quvchilarga 340-mashqdagi gaplar asosida tayyorlangan kartochkalar beriladi.Ular kartochkalarda berilgan gaplardagi nuqtalar o`rniga mos qo`shimchalarni yozishi kerak bo`ladi.
1.Otinbibi qari,jiddiy,(bo-,ser-,no-)…savlat xotin.
2.O`ymakor…(-gar,-li,-kor)gullari bilinmaydigan darjada o`chgan,qo`sh tabaqa…(-siz,-li,-dor)eski eshikka kiramiz.
Mashq shu tariqa bajariladi.Mashqni to`g`ri va aniq bajargan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
So`ng 341-mashq “Kim chaqqon”usulidan foydalanib bajariladi.O`qituvchi har bir guruh uchun mashqni plakatlarga yozib kelgan bo`lishi kerak.Har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib gaplarni o`qib sifat so`z turkumini topib tagiga chizadi va keyingi guruh a`zosiga qo`l berishi kerak bo`ladi.Mashqni birinchi bo`lib bajargan guruh kiktobchalar bilan rag`batlantiriladi.Bu usul orqali o`quvchilarning bilimi va chaqqonligi sinovdan o`tkaziladi.
Namuna:Hindubek turkiy,forsiy tillarni mukamaml o`rgangan ilmli ,ma`rifatli,dilkash kishi bo`lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi.
Baholash va rag`batlantirish:o`quvchilar javoblariga ko`ra rag`batlantiriladi.
Uyga vazifa:342-mashq
|
| |