• Uyga vazifa
  • Darsning mavzusi: Sifat so`z turkumi.(5-sinf)




    Download 306,85 Kb.
    bet1/3
    Sana18.05.2024
    Hajmi306,85 Kb.
    #240917
      1   2   3
    Bog'liq
    5-sinf ona tili 04.Sifat so’z turkumini takrorlash 2


    @dars_ishlanma_yangi

    Darsning mavzusi: Sifat so`z turkumi.(5-sinf)
    Dars maqsadi:
    a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarga sifat so`z turkumi haqida ma`lumotlar berish va uni hayotda qanday qo`llay olish haqida tushuncha berish;
    b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarda ezgu insoniy sifatlarni tarkib toptirish,ularga yaxshilikning yomanlik ustidan g`alaba qozonishini uqtirish;
    s) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning tafakkur olamini kengaytirish va dunyoqarashini o`stirish;
    Dars turi; yangi bilim beruvchi.
    Darsda foydalaniladigan usullar: savol-javob, “Aqliy hujum”,”Mosini top”, “Kim chaqqon”
    Darsda foydalaniladigan jihozlar: darslik,slaydlar,kompyuter,proyektor,tarqatma materiallar,rag`bat kartochkalari.
    Dars shiori:Hayotin o`tkazsa o`rganib saboq,ustoz ham,shogird ham hech bo`lmas no`noq (Balxiy)
    Darsni shakllantiruvchi kompetinsiyalar:
    TK2
    TK3
    FK1
    Darsning borishi:
    Tashkiliy qism:
    O`quvchilarning darsga tayyorligi nazorat qilinadi.Dars muspbaqa tarzida tashkil qilinadi.
    Sinfxonaga o`qituvchi kirib keldi.O`quvchilar bilan she`riy yo`lda salomlashdi.
    Assalom azizim o`quvchilarim,
    Ilmga chanqoq bilimdonlarim,
    Bugungi darsimiz ona tili
    Fanlar gultoji,fan yuragi
    Bugun oddiy dars emas,
    Balki sinov darsidir.
    O`tib olsak sinovdan,
    Barchamizga yaxshidir,
    Qani ayting bolalar
    Kim navbatchi bo`ladi .
    Bugungi kun hisobin
    Menga aytib beradi.
    Navbatchi o`quvchi javob beradi.
    Sinfda men navbatchi.
    Hamma ishda birinchi.
    Biz 6-A-sinfmiz.
    11o`g`il ,9 qiz.
    Bugun hamma darsga kelgan,
    Xona,doska artilgan.
    Xullas,sinfxona,
    Darsga hozirlangan.

    O`qituvchi:


    Barakalla aziz o`quvchim,
    Bilimdon-u dono a`lochim,
    Siznikidir buyuk kelajak,
    Buyuk kelajakni quruvchim.

    O`quvchilar guruhga bo`lib olinadi.Bunda o`qituvchi har bir guruh partasining ustiga 3 ta har xil gulning butun rasmlarini qo`yib chiqadi.O`qituvchining stoli ustida ana shu gullarning bo`laklari bo`lib, o`quvchilar bo`laklarni olib shu gul qismi joylashgan partaga borib guruh hosil qilishadi.


    l-guruh “A`lochilar”
    2-guruh “Zukkolar”
    3-guruh “Bilimdonlar”
    Uyga vazifa sifatida o`quvchi ertalab turishi ,tongni qarshi olishi va olgan taassurotlari asosida matn tuzishi kerak edi.Matnda sifat so`z turkumiga oid so`zlar ishtirok etgan bo`lsa,ularni tagiga chizish kerak edi.O`qituvchi o`quvchilar tomonidan bajarilgan uyga vazifani tekshirib rag`batlantiradi.



    Download 306,85 Kb.
      1   2   3




    Download 306,85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning mavzusi: Sifat so`z turkumi.(5-sinf)

    Download 306,85 Kb.