|
Gorizontal yoki qiya joylashgan darzliklarning yopilishi
|
bet | 2/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #230350 |
Bog'liq DARZLIKNI YUZASINI UNING PLYUSINI, DARZLIK BO`YICHA SILJISH ELEMENTLARINI DUMALOQ DIAGRAMMADA IFODALASH1.Gorizontal yoki qiya joylashgan darzliklarning yopilishi
Qoya tosh tog` jinslaridagi bino va inshootlar cho`kishi ochiq holatdagi gorizontal yoki qiya joylashgan darzliklarning yopilishi, darzliklar bo`ylab ular bir- biriga yopishganda bo`rtiq va notekisliklarning tekislanishi, darzliklarni to`ldiruvchi nisbatan yumshoq tog` jinslarining zichlanishi, ezilib maydalanishi va siqib chiqarilishi hisobiga yuzaga keladi. Xuddi shu sabablarga ko`ra yarim qoyatosh tog` jinslarida bino va inshootlarning cho`kishi kuzatilishi mumkin, ammo ularda cho`kish miqdori nisbatan katta bo`ladi. Bunga qo`shimcha ravishda ular nisbatan yumshoq tog` jinslari qatlamchalarining zichlanishi, darzliklar va bo`shliqlarni to`ldiruvchi tog` jinslarining bo`shoq bo`lishi, nurash jarayoniga uchraganligi yoki kuchsiz sementlanganligi bilan ham bog`liq bo`lishi mumkin.
Qum va gilli tog` jinslarida kuzatiladigan cho`kish, ularning zichlanishi, ya‟ni zichligi va g`ovakligining o`zgarishi hisobiga yuz beradi.
Suvga to`yingan bo`shoq tog` jinslarida cho`kish – ularning qo`shimcha og`irlik ta‟sirida buzilishi va poydevor ostidan siqib chiqarilishi hisobiga yuz beradi. Va nihoyat, inshootlarning cho`kishi, tog` jinslarining suvlilik rejimi o`zgarishi hisobiga: yer osti suvlari ko`tarilishi oqibatida gidrostatik bosimning o`zgarishi, suffoziya jarayonining rivojlanishi, tog` jinslari ba‟zi komponentlarining erishi va ajralib chiqishi, organik moddalar va tarkibidagi boshqa moddalarning chirishi hisobiga yuzaga keladi.
Katta hajmlarda bino va inshootlarning cho`kishi lyossimon tog` jinslarining namlanishi natijasida tuzilishi (strukturasi) ning buzilishi va cho`kishi (zichlashishi), karst rivojlangan rayonlarda o`pirilishlar oqibatida o`pqonlar va karst g`orliklari hosil bo`lishi, mustahkamligi kam bo`lgan tog` jinslariga seysmik ta‟sirlar natijasida ularning fizik holati va mustahkamligining o`zgarishi, yer osti tog` kovlamalari yordamida hududlarning qayta ishlanishi (o`zgartirilishi) hisobiga yuz beradi.
Inshoot va binolar qurilishining geologik sharoitini o`rganishda cho`kishlar sodir bo`lish ehtimolini, ularning rivojlanishini yuzaga keltiruvchi sabablar va sharoitlarni bashoratlash talab etiladi.
Inshootlarning cho`kishini va cho`kish miqdorini, ularni qurishning injener - geologik sharoitlarini va tabiiy zamin sifatida qabul qilinadigan tog` jinslari sifatini baholashning mezoni deb hisoblash kerak.
Shuni ta‟kidlash o`rinliki, cho`kish tog` jinslarining zichlanishi bilan bog`liq bo`lgan holatdagina, bino va inshootlar cho`kishining ishonchli hisobiy miqdorini bashoratlash mumkin. Lyossimon tog` jinslarini namlash natijasida ularning qo`shimcha cho`kishini bashoratlash ishonchliligi nisbatan kamroq.
Boshqa turli - tuman holatlarda esa bino va inshootlar cho`kishi va deformatsiyasini faqat tavsifiy, ya‟ni miqdoriy bo`lmagan shakldagina bashoratlash mumkin. Bu holda cho`kish ehtimoli borligi, uning ancha kattaligi, notekis ekani haqida so`z yuritiladi. Ammo bunday bashoratlash ham juda muhim, chunki u bino va inshootlar deformatsiyalari va ularning talafotlari (vayronagarchiliklari) dan ogohlantirish imkonini beradi.
Ko`pchilik etarli darajada bikr (konstruksiyalari bir - biri bilan mahkam bog`langan) bo`lmagan bino va inshootlar uchun nafaqat belgilangan chegaradan ortiq cho`kish, balki cho`kishning notekisligi ham katta xavf tug`diradi. Bu notekis cho`kishning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo`ladi:
1) qurilish maydonida, bino yoki inshoot gabarit o`lchamlari maydonida geologik sharoitlarning bir xil bo`lmasligi, ya‟ni tog` jinslari qatlamlanishi va yotish sharoitlarining bir xil bo`lmasligi;
2) poydevor zaminini tashkil etuvchi tog` jinslari tarkibi va fizik holatining bir xil bo`lmasligi;
3) poydevor zamini bo`ylab bosimning bir tekis taqsimlanmaganligi;
4) inshootlar ayrim qismlaridagi konstruktiv farqlar, bu farqlar har xil turdagi, o`lchamdagi poydevorlardan foydalanishga, ularning chuqurligi har xil bo`lishiga, yer osti xonalarini qurishga olib keladi va b.;
5) bino va inshootlarni qurish qoidalarini buzgan holda mavjud bino va inshootlar yoniga yaqin yerda yangi inshootlar va imoratlar joylashtirilishi, ularga taqab bino va inshootlar qurilishi va boshqalar.
Hozirgi kunda tog` jinslarining yuk ko`tarish qobiliyati nazariyasining asosi bo`lib, tog` jinslarining chegaraviy zo`riqish holati nazariyasi hisoblanadi (Sitovich, 1963). Bu nazariyaga asosan zo`riqqan holatdagi tog` jinslari kichik miqdordagi bosim ta`sirida o`z muvozanat holatidan chiqsa va beqaror holatga kelsa, bu zo`riqish holati chegaraviy deb ataladi.
Injenerlik amaliyotida tog` jinslariga ta`sir etuvchi shunday sharoit va bosim qiymatini topish kerakki, u shu bosim ostida muvozanat holatida bo`lib inshoot mustahkamligini, turg`unligini va bino va inshootlardan foydalanishning normal sharoitlarini to`liq ta`minlasin.
Keyinchalik V.G. Berezansev (1952, 1958, 1961.) K. Tersagi tenglamasi asosida gil va qumlardan tashkil topgan tog` jinslari uchun turli shakldagi, yotqizilish chuqurligi va bosim turlari turlicha bo`lgan poydevorlar uchun ikkinchi kritik (chegaraviy) bosimni hisoblash ifodasini ishlab chiqdi.
Hozirgi kunlarda poydevorlar zaminidagi tog` jinslarining yuk ko`tarish qobiliyatini shu ifodalar yordamida hisoblanadi. Bu haqda quyida mukammal to`xtalib o`tiladi.
Bu yerda esa shuni ta`kidlab o`tamizki, inshoot va binolar ostidagi zamin ikki chegaraviy holat uchun hisoblanadi, ya`ni birinchi chegaraviy holat, ya`ni yuk ko`tarish qobiliyati bo`yicha (mustahkamligi bo`yicha) va ikkinchi chegaraviy holat, ya`ni deformatsiya bo`yicha (cho`kish, cho`kuvchanlik va b. bo`yicha).
Bino va inshootlar zaminini chegaraviy holatlar bo`yicha hisoblashda ularning cho`kish miqdorlari yo`l qo`yiladigan qiymatlardan katta bo`lmasligi, yuk ko`tarish qobiliyati esa ularning mustahkamligini, saqlanishini va ulardan foydalanish sharoitlarini ta`minlashi va kafolatlashi talab etiladi.
Qoyatosh tog` jinslari - magmatik, metamorfik, mustahkam sementlangan cho`kindi tog` jinslari, ular barcha turdagi sanoat va fuqaro bino va inshootlari uchun, hatto ko`p yillik muzlik va yuqori seysmiklik mintaqalarda va boshqalarda ham ishonchli asos bo`lib xizmat qiladi.
|
| |