|
Turli darajada tarqalgan darzliklar sistemasi
|
bet | 4/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #230350 |
Bog'liq DARZLIKNI YUZASINI UNING PLYUSINI, DARZLIK BO`YICHA SILJISH ELEMENTLARINI DUMALOQ DIAGRAMMADA IFODALASH3.Turli darajada tarqalgan darzliklar sistemasi
Har bir holat uchun geologik sharoitning poydevor yotqizilish chuqurligini aniqlashga qanday ta`sir qilishini batafsil ko`rib chiqamiz.
I – sxema. Yer yuzasidan bino va inshootlar ta`siri zonasidan katta chuqurlikkacha bir turli o`ta zich tog` jinslari yotadi, ya`ni ishchi qatlamdan katta qalinlikka ega bo`lgan mustahkam tog` jinslari tarqalgan holat. Bunday holatda poydevor yotqizilish chuqurligi iqlim va boshqa tabiiy sharoitlarga bog`liq bo`lmaydi, uning chuqurligi faqat nurash jarayonining tarqalish chuqurligi bilan aniqlanadi. Uning chuqurligi deyarlik katta bo`lmaydi.
II – sxema. Bu holatda ham qabul qilinadigan yechim I - sxemadagiga o`xshash bo`lishi mumkin, ammo ishchi qatlam gilli tog` jinslaridan iborat bo`lganda poydevor yotqizilish minimal chuqurligini iqlim ta`sirlarini hisobga olgan holda aniqlashga to`g`ri keladi. Ba`zi ma`suliyatli bino va inshootlar qurilishida poydevorni pastda yotgan mustahkam tog` jinslarigacha chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir. Biroq yakuniy – uzil - kesil yechim texnik jihatdan maqsadga muvofiq va iqtisodiy jihatdan foydali bo`lishiga qarab tanlanadi.
III – sxema. Bu holatda birinchi navbatda ishchi qatlam qalinligini bino va inshootlardan tushayotgan bosim ta`sir etish chuqurligi bilan solishtirish lozim. Ular solishtirishli darajada bo`lsa, u holda poydevorlar yotqizilish chuqurligini minimal darajada olishga intilish kerak. Bunda ularning mustahkamligiga iqlim ta`sirlari mumkinligini, hamda bino yoki inshootning ta`sir zonasi faqat ishchi qatlamga tarqalishi kerakligini hisobga olish kerak. Agar bu qatlam qalinligi faol qatlam qalinligidan kichik bo`lsa, poydevor yotqizilish chuqurligini iqlim sharoiti ta`siri qalinligini hisobga olgan holda aniqlanadi, poydevorlar osti bo`yicha bosimni esa pastdagi to`shama qatlam tog` jinslarining yuk ko`tarish qobiliyatiga ko`ra aniqlanadi, ba`zi zarur bo`lgan hollarda, bu tog` jinslari yuk ko`tarish qobiliyatini sun`iy yo`l bilan mustahkamligini oshirish choralarini ko`rish lozim. Birinchi holatda tog` jinslarining ishchi qatlami tog` jinslari bosimini pastda joylashgan qatlamlarga taqsimlovchi yostiq sifatida xizmat qiladi.
O`ziga xos xususiyatli bo`shang tog` jinslari tarqalgan hududlarda bu tog` jinslari qatlamlarini to`liq kesib o`tib, mustahkam tog` jinslariga poydevor yotqizish ham texnik, ham iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo`ladi.
IV – sxema. Agar yer yuzidan hisoblaganda pastda yotgan birinchi bo`shang tog` jinslari qatlamining qalinligi faol qatlam qalinligiga teng bo`lsa, u holda ularni to`liq kesib o`tib, poydevor zich va juda zich to`shama tog` jinslari ustiga joylashtiriladi.
Poydevor ostidagi bo`shang tog` jinslarini qum, graviy, sheben yoki shag`altoshlardan tashkil topgan “yostiqlar” bilan almashtirish ham mumkin. Bu variant agar bo`shang tog` jinslari qatlami qalinligi faol qatlam qalinligidan birmuncha katta bo`lgan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Agar ishchi qatlamning bo`shang xususiyatli tog` jinslari qatlami qalinligi bino va inshootlar ta`sir zonasi chuqurligiga yaqin bo`lsa, u holda qurilishni VI – sxema bo`yicha, ya`ni xuddi bo`shang tog` jinslaridagidek olib boriladi, poydevor yotqizilish chuqurligini esa iqlim sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Bunday holatlarda bino va inshootlarni katta chuqurlikdagi poydevorlarga (ustun poydevorlar), svaylar yoki svay qobiqlarga qurish maqsadga muvofiq bo`ladi.
V – sxema. Agar yer yuzasida tarqalgan mustahkam tog` jinslari qalinligi kichik bo`lsa, u holda poydevor yotqizilish chuqurligi minimal bo`lishi lozim. Poydevor ostida mustahkam tog` jinslari qatlamini qoldirish zarur, chunki bu qatlam zo`riqishlarni pastda joylashgan bo`shang tog` jinslari qatlamlariga taqsimlaydi. Inshoot mustahkamligini esa pastda yotgan to`shama tog` jinslarining ko`tarish qobiliyati bo`yicha tekshirish lozim. Bunday holatlarda ba`zan, poydevorlarga iqlim o`zgarishlari ta`sirining oldini olish maqsadida, poydevor pyerimetri bo`ylab loyihalangan tekislash sathi balandligiga yetguncha tog` jinslari to`shaladi, hamda pastda joylashgan qatlamning bo`shang tog` jinslari sun`iy yo`l bilan zichlanadi va mustahkamlanadi.
Zich, mustahkam tog` jinslari qatlami qalinligi bino va inshootlar ta`sir zonasi chuqurligiga yaqin bo`lgan taqdirda, poydevor yotqizilish chuqurligi iqlim sharoitini hisobga olgan holda aniqlanadi, va u minimal qiymatga ega bo`lishi
kerak. Bu holda poydevor ta`siri chuqurligi mustahkam tog` jinslari ichida bo`lishini ta`minlash kerak.
VI – sxema. Poydevor yotqizilish chuqurligi iqlim sharoit ta`sirini hisobga olib aniqlanadi. Qurilish bo`shang, mustahkam bo`lmagan tog` jinslaridagidek, ehtiyotkorlik chora - tadbirlarini ko`rgan holda va cheklashlar bilan olib boriladi. Bunday geologik sharoitlarda hozirgi paytda osma svaylardan, yoki chuqurligi 20 - 25 m va undan ham chuqur devor svay poydevorlar qo`llanilib kelmoqda.
Mana shular birlamchi taxminda poydevor yotqizilish chuqurligini aniqlashga ta`sir etuvchi geologik sharoitlarning sxemalari hisoblanadi.
Poydevor yotqizilish chuqurligini aniqlash mumkin bo`lgan variantlarning texnik - iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish va qiyoslash asosida belgilanishi kerak. Bunda sxemada ajratilgan tog` jinslari bir necha, hatto juda ko`p turlardan (juda zich, zich, bo`shang) iborat bo`lishi mumkin. Shuning uchun taklif etilgan variantlarni tahlil qilish, solishtirish murakkab bo`lib, loyihalanayotgan bino va inshootlar zamini geologik sharoitini maksimal darajada to`liq, aniq va ishonchli xarakterlashni talab etadi.
Poydevor yotqizilish chuqurligini tanlashda yer osti suvlari ham katta ta`sir ko`rsatadi, ular quyidagilarga sabab bo`ladi, ya`ni:
1 – tog` jinslarining fizik holati va xususiyatlari (zichligi, konsistensiyasi, mustahkamligi, deformatsiyalanuvchanligi, yuk ko`tarish qobiliyati) o`zgarishiga;
2 – geologik jarayonlar (tog` jinslarining suyulishi, suffoziya, cho`kuvchanlik jarayonlari va boshqalar) ning sodir bo`lishi va rivojlanishiga;
3 – bino va inshootlar ta`sir zonasi qalinligining o`zgarishiga va ular cho`kish miqdorining, suvning tog` jinslarini muallaq tutib turish kuchi ta`sirida, ortishiga (11 - rasm);
4 – yer osti suvlarining agressiv ta`siri natijasida poydevor materiallari va bino va inshootlar boshqa yer osti qismlari mustahkamligining pasayishiga, buzilishiga;
5 – bino va inshootlar yer osti xonalarini suv bosishdan himoyalash zaruratiga;
6 – xandaq qazish bilan bog`liq qurilish ishlarini bajarishda, ular devorlari va tagidagi tog` jinslari mustahkamligining buzilishi bilan, ular devorlarini mustahkamlash bilan, yer osti suvlari sathini pasaytirish va ularni chiqarib tashlashni tashkil qilish bilan yoki shpuntli to`siqlar qurish bilan bog`liq qiyinchiliklarga va b.
a) poydevorlar doimo yoki suv sathi baland bo`lgan davrlarda yer osti suvlari sathidan pastda bo`lishi mumkin;
v) poydevorlar bosimli suvlarni chegaralab turuvchi, o`zidan suv o`tkazmaydigan kichik qalinlikdagi qatlam ustiga joylashgan. Bu qatlam gidrostatik bosim ostida deformatsiyalanishi – shishib yoki yorilib ketishi mumkin;
g) poydevor bosimli suvni chegaralab turuvchi qalinligi katta bo`lgan qatlam ustida joylashgan. Bu qatlamning mustahkam ekanligi shubha tug`dirmaydi.
Bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashda yer osti suvlari sathining nafaqat mavsumiy va ko`p yillik o`zgarib turishini, balki ularning yangi sathi, ilgarigiga nisbatan balandroq sathi shakllanishi ehtimolini ham hisobga olish zarur. Yer osti suvlari baland sathga ko`tarilishini va ular bilan bog`liq hududlarda,
bino va inshootlarda yer osti suvlari ko`tarilishini bashoratlashda, bu holatlarni quyidagilar yuzaga keltira olishi mumkinligini hisobga olish kerak:
a) bino va inshootlarni qurish va ulardan foydalanish davrida tekislangan hudud sathining yomg`ir va erigan qor suvlari oqishi oqibatida buzilishi;
b) ishlab chiqarish va xo`jalik oqava suvlarini, bu suvlarni olib ketuvchi ariq va kanalizatsiyadan sistemalaridan foydalanmasdan, to`g`ridan to`g`ri yer yuzasiga oqizish;
v) vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridan, va ayniqsa “ho`l texnologik jarayonli” bino va inshootlar mavjud yerlardan suvning doimiy sirqib chiqib ketishi;
g) qurilish maydoni atrofidagi hududlarda sug`orish ishlarini jadal olib borish;
d) drenajlar, beton lotoklar (ariqlar), suv tushirgichlar, suv yutuvchi quduqlar va b. inshootlar normal ishlash sharoitlarining buzilishi;
e) suv omborlari, kanallar, hovuzlar, shpunt devorlar va boshqa har xil yer osti barrajlari qurish bilan yer osti suvlari oqimlari harakatiga to`sqinlik ko`rsatish;
j) yer osti suvlari sathining turli sun`iy sabablar ta`sirida va tog` jinslarining kapillyar namlanish va suvga to`yinish, namlikning ularda kondensatsiyalanishi oqibatida yer osti suvlari sathining ko`tarilishi.
Demak, grunt suvlari sathi tabiiy rejimining buzilishi, maydonlarni suv bosishi doimiy (sistematik), yoki muvaqqat (davriy, epizodik), bir tekis yoki notekis, butkul maydonni egallovchi yoki maydonning ayrim qismlarini egallovchi (lokal) bo`lishi mumkin.
Sanoat korxonalari inshootlari qurilish maydonlarini suv bosishi sun`iy suv manbalari orqali yuz beradi. Shuning uchun korxonalarni iste`mol qiladigan suv miqdoriga ko`ra guruhlarga bo`lish tafsiya etiladi. Sababi, sirqib chiqib ketadigan suv miqdori korxonalar iste`mol qiladigan suv miqdoriga bog`liq bo`lar ekan.
Suv bosish jarayonining rivojlanishiga yer yuzasidan suvni o`zidan yaxshi o`tkazmaydigan tog` jinslarining – gilli qumlar, supes, suglinoklar, lyossimon tog` jinslari, hamda yer yuzasidan unchalik katta bo`lmagan chuqurlikdagi qumli qatlamlarda suv o`tkazmaydigan tog` jinslarining linzalari, qatlamchalari va yotqiziqlari tarqalganligi qulay sharoit yaratib beradi. Bunday mahalliy yoki lokal suvbardosh (suv o`tkazmaydigan) qatlamlar yuzaki suvlar ko`rinishidagi grunt suvlari gorizontlari shakllanishiga qulay sharoit yaratib beradi.
Hududlarni suv bosishi iqlimiy va gidrologik sharoitlarga ham yuqori darajada bog`liq, shunga muvofiq tabiiy sharoitlarning bir necha turlarini ajratish tavsiya etiladi.
Yer yuzasidan suvni o`zidan yaxshi o`tkazmaydigan tog` jinslaridan iborat, yuqori va o`zgaruvchan namlik zonasida, va texnologik jarayonlarida ko`p miqdorda suv iste`mol qiladigan korxonalarning maydonlarida grunt suvlari sathining ko`tarilish tezligi yiliga 0,5 - 1 metrga yetishi mumkin.
Suv ko`tarilish ehtimoli eng kam bo`lgan hududlarga, namlik yetishmaydigan, yer osti suvlari sathi katta chuqurlikda joylashgan va “quruq” texnologiyali jarayonlarga asoslangan korxonalar qurilgan zonalar kiradi.
O`zidan yaxshi suv o`tkazuvchi qum, graviy - galechnik, shag`al, shuningdek serdarz qoyatosh va yarim qoyatosh tog` jinslari tarqalgan maydonlarda yer osti suvlari ko`tarilishi, odatda yer osti suvlari oqimi yo`lida to`siqlar bo`lgan hollarda yuz beradi.
Qurilish maydonlari gidrogeologik sharoitlari o`zgarishini bashoratlash quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak:
a) grunt suvlari turg`un holatini va bosimli suvlar p`ezometrik sathi va ularning eng baland holatlarini xarakterli yillar davri uchun aniqlash;
b) gidrogeologik sharoitlarning o`zgarish sabablarini aniqlash.
Bino va inshootlar poydevorlar yoki ularning boshqa yer osti qismlarini grunt suvlari sathidan pastga, yoki bosimli suvlar ta`siri zonasiga o`rnatish zarurati bo`lgan hollarda bu suvlarning zararli ta`sirlari oldini olish chora tadbirlari ko`rilishi kerak.
Qurilish maydonida yer osti suvlari sathi holatini aniqlash va ularning sath rejimini boshqarish bo`yicha chora - tadbirlar uchun asos bo`lib suv balansi tenglamasi va grunt suv oqimlari to`silishini hisoblash tenglamasi xizmat qilladi.
Balans tenglamasi yordamida grunt suvlarining normal rejimli sathini hosil qilish uchun suvning to`yinish va sarflanish moddalaridan qaysisini o`zgartirish kerakligini aniqlash mumkin. Huddi shu tarzda, grunt suvlari sathi to`silishini hisoblash tenglamasidan foydalanib, yer osti suvlari turg`un sathlari holatini va ularning vaqt davomida shakllanishini o`rganish mumkin. Bu esa xavf solayotgan holatni bashoratlash va sathni pasaytirish bo`yicha zaruriy chora - tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Balans hisoblashlar va grunt suvlarining to`silishini hisoblash usullari maxsus gidrogeologik ma`lumotnomalarda, yo`riqnomalarda berilgan.
Qurilish handaqlari tubida joylashgan suvbardosh tog` jinslarining qatlamlarini bosimli suvlar yorib o`tishini oldini olish sharoitlarini aniqlash quyidagi tengsizlik orqali amalga oshiriladi.
b h < H ,
bu yerda
γb- suvning zichligi;
h- bosimli suvlar gorizonti doirasidagi amaldagi bosim, m;
γ- suvbardosh qatlam tog` jinslarining zichligi;
N- handaq ostidagi, uning tubini bosimli suvlar gorizontidan ajratib turuvchi suvbardosh tog` jinslari qatlami qalinligi, m;
Poydevor yotqizilish chuqurligini aniqlashda iqlim sharoitlarini hisobga olish, tog` jinslari qatlamining muzlashi oqibatida hajmi kengayishi (ko`pchish) ularning mustahkamligiga salbiy ta`sirning oldini olishga imkon tug`diradi. Ma`lumki muzlash natijasida ko`pchish asosan, gil zarrachali tog` jinslari - supes, suglinok, mayda va mayin zarrachali qumlar va boshqa gilli, changli va o`ta changli to`ldiruvchisi bo`lgan bo`lakli tog` jinslarida sodir bo`ladi.
XULOSA
Tog` jinslarining suv o`tkazuvchanligi, darzlanganligi yoki karstlanganligini o`rganish uchun, anomal darajada katta suv o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan zonalar va uchastkalarni ajratish uchun, to`g`on osti va uning elkalari tutashgan lokal suv o`tkazmaydigan qatlamlarning tarqalganligi, deyarli suv o`tkazmaydigan qatlamlarning yotish chuqurligini aniqlash uchun to`g`on o`qi bo`ylab joylashgan razvedka chiziqlaridagi barcha burg`quduqlarda suvni yoki havoni bosim ostida yuborish bo`yicha tajriba ishlari bajariladi. SHuningdek bunday ishlar filtratsiyaga qarshi pardalar qurilishi mo`ljallangan chiziqlar bo`yicha, ayrim hollarda va ba`zi burg`quduqlarda konturlovchi razvedka chiziqlari bo`ylab amalga oshiriladi.
Bu tajriba ishlarining materiallari to`g`on stvori va boshqa razvedka chiziqlari bo`yicha geologik qirqimlar tuzish va ularda tog` jinslarining suv o`tkazuvchanligini, karstlanganligini yoki darzlanganligini xarakterlovchi ma`lumotlarni ko`rsatish imkonini beradi.
Zarrachalari bog`langan suvli allyuvial tog` jinslarining suv o`tkazish qobiliyatini o`rganish uchun yakka burg`quduqlaridan yoki tajriba uchastkalarida tajriba suv tortib olish (otkachka) ishlari bajariladi.
|
| |