|
Yotiq holdagi darzliklarni to`ldiruvchi gilli zarralar ko`rinishi
|
bet | 3/5 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #230350 |
Bog'liq DARZLIKNI YUZASINI UNING PLYUSINI, DARZLIK BO`YICHA SILJISH ELEMENTLARINI DUMALOQ DIAGRAMMADA IFODALASH2.Yotiq holdagi darzliklarni to`ldiruvchi gilli zarralar ko`rinishi
Ulardagi ba`zan uchraydigan birturlilikning buzilishi quyidagi hollarda yuz berishi mumkin: ayrim darzliklar yoki turli darajada tarqalgan darzliklar sistemasi mavjud bo`lsa, har xil chuqurliklarda nurash darajasi har xil bo`lsa.
Sanoat va fuqaro binolari va inshootlari uchun yarim qoyatosh tog` jinslari ham ishonchli asos bo`lib xizmat qiladi. Umumiy deformatsiya moduli mustahkamligini yo`qotgan, bo`shang yarim qoyatosh tog` jinslari uchun 2000 MPa (20000 kgs/sm2), kam darajada mustahkamligini yo`qotgan yarim qoyatosh tog` jinslari uchun esa 2000 - 10000 MPa tashkil qiladi. Vaqtinchalik zichlanishga qarshiligi mustahkam yarim qoyatosh tog` jinslari uchun umumiy deformatsiya moduli 15 - 50 MPa tashkil qiladi, o`rtacha mustahkamlikdagilar uchun esa 2,5 - 15 MPa.
Betonning yarim qoyatosh tog` jinslari ustida sirg`alish koeffitsienti 0,3 dan 0,5 - 0,55 gacha, seysmik bikrligi 2,9 - 4,7 dan 10 - 12 gacha o`zgaradi.
Ammo bu guruh tog` jinslari tuzilishi, tarkibi, zichligi va mustahkamligi bo`yicha turlicha bo`ladi. Ulardan ba`zilari katta darzlikka, karstlanishga ega bo`lishiga qaramay, ulardan olingan namunalarda yuqori darajadagi mustahkamlikka ega bo`lishi mumkin. Qatlamlarining ustki qismidagi tog` jinslari ko`pincha nuragan bo`ladi. Ular ustida bino va inshootlar, ayniqsa ma`suliyatli bino va inshootlar loyihalash va qurishda ma`lum cheklashlarga rioya qilish va bino va inshootlarning mustahkamligini va ulardan normal foydalanish sharoitlarini ta`minlash uchun murakkab injenerlik chora - tadbirlarini qo`llash kerak.
Zarrachalari bog`lanmagan uvaloq tog` jinslari - zich yoki o`rtacha zichlikka ega bo`lgan o`rta, yirik, dag`al va turli zarrachali qumlar, shuningdek graviy, sheben va galechniklar inshoot va binolar uchun qoniqarli zamin bo`lib xizmat qilishi mumkin. Ularning umumiy deformatsiya moduli 20 dan 100 MPa gacha, ichki ishqalanish koeffitsienti 0,25 dan 0,60 gacha, seysmik bikrligi 0,5 - 2,7 dan
4,0 - 4,8 gacha o`zgaradi. Bu tog` jinslari qatlamlarida bo`shang tog` jinslari linzalari yoki qatlamchalari bo`lishi yoki ular bilan almashib kelishi, yirik o`lchamli xarsangtoshlar bo`laklari uchrashi mumkin. Bu aralashmalar ularning birturliligini buzadi va ularni tabiiy zamin sifatida baholashda salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Mayin va mayda zarrachali changsimon, suvga to`yingan, zichlanmagan qumlar bo`shang hisoblanadi, ular o`ziga xos tarkibli, holatli tog` jinslari guruhiga kiradi. Bunday tog` jinslarida qurilishni loyihalash uchun injener - geologik izlanishlar SHNQ 1.02.14.-10 talablari doirasida olib boriladi.
Gil zarrachali kam namlik, katta va o`rta zichlikdagi, turg`un konsistensiyali tog` jinslari ham sanoat va fuqaro binolari va inshootlari uchun qoniqarli zamin bo`lishi mumkin. Ularning umumiy deformatsiya moduli 10dan 80 - 100MPa gacha; ichki ishqalanish koeffitsienti 0,15 - 0,35 gacha etishi mumkin, seysmik bikrligi 0,8 - 2,3 dan 2,8 - 5,9 gacha bo`lishi mumkin. Solishtirma tirkashishi 30 –
50 dan 100 - 150 KPa gacha o`zgarishi mumkin. Ammo bu tog` jinslari namlanganda ko`pchishi, cho`kishi mumkin. Bundan tashqari gilli tog` jinslarining tarkibi bir turli bo`lmaydi, ularda boshqa tog` jinslari linzalari, yirik zarrachalari, hatto xarsanglari, va boshqa fraksiya vakillari uchrashi yoki ularning qatlamchalari almashib kelishi mumkin. Ularning mavjudligi tog` jinslari mustahkamligiga salbiy ta`sir etadi.
Gil zarrachali tog` jinslarining o`zgaruvchan konsistensiyali, nam yoki to`yingan namlikka ega bo`lgan turlari zichlanmagan bo`shang hisoblanadi, ular o`ziga xos tarkibli, holatli tog` jinslari guruhiga kiradi. Bunday tog` jinslarida ham qurilishni loyihalash uchun injener - geologik izlanishlar SHNQ 1.02.14.- 09 talablari doirasida olib boriladi.
O`ziga xos tarkibli, holatli tog` jinslari guruhiga yuqorida sanab o`tilgan qum - gilli tog` jinslaridan tashqari torflangan, balchiqli, oson eruvchi cho`kindi kimyoviy birikmalar (gips, angidrit, osh tuzi) sho`rlangan qum va gillar, sun`iy yo`l bilan barpo etilgan to`kma va yuvma tog` jinslari kiradi. Bunday tog` jinslarida ham qurilishni loyihalash uchun injener-geologik izlanishlar SHNQ 1.02.14.-09 talablari doirasida olib boriladi.
Tabiiy zaminlar turlari asosan mana shulardan iborat.
Sanoat va fuqaro binolari va inshootlarini loyihalash va qurish ishlarini bajarishda hamisha zamin sifatida zich va mustahkam, butun qurilish maydoni bo`yicha, hamda bino va inshootlar bosimi ta`sir etish chuqurligigacha bir turli tog` jinslarini tanlashga harakat qilish kerak.
Poydevor yotqizilish chuqurligi bino va inshootlar mustahkamligi, uzoq vaqt davomida turishi va undan foydalanishga ta`sir qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Poydevor yotqizilish chuqurligiga nafaqat tabiiy geologik, iqlim omillari, balki bino va inshootlar turlari va konstruksiyalari bilan bog`liq boshqa omillar ham ta`sir ko`rsatadi.
QMQ 2.02.01-98 talablariga ko`ra poydevor yotqizilish chuqurligini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1. Qurilish maydonining mavjud va loyihalashtirilayotgan relefini;
2. Loyihalanayotgan bino yoki inshootning konstruktiv xususiyatlarini, nima maqsadda qurilayotganini, uning poydevoriga tushadigan bosim va ta`sirlarni;
3. Qurilish maydonchasining injener - geologik sharoitlarini (ularda tarqalgan tog` jinslarining fizik holati va xususiyatlarini, qatlamlanish xarakteri, sirg`alishga moyil bo`lgan qatlamlarning mavjudligi, nurash cho`ntaklari va karst yoki suffozion o`pqonlarning mavjudligi;
4. Qurilish maydonchasining gidrogeologik sharoitlari, ya`ni yer osti suvlari sathining chuqurligini, ular sathining mavsumiy va yillik o`zgarishlarini, bino va inshootlar qurilishi va ulardan foydalanish davrlarida uning o`zgarish ehtimolini, yer osti suvlarining agressivlik xususiyatlarini;
5. Faol qatlam qalinligini, ya`ni tog` jinslarining mavsumiy muzlash, erish chuqurligi va u bilan bog`liq bo`lgan poydevorlar muzlashi oqibatida sodir bo`ladigan jarayon va hodisalarni;
6. Daryo o`zanlarida quriladigan inshootlarning tayanch ustunlari yonidagi tog` jinslarining yuvilib ketishini;
7. Loyihalashtirilayotgan inshootning yonidagi ilgari qurilgan bino va inshootlar poydevorlari yotqizilish chuqurligini, hamda injenerlik kommunikatsiyalari poydevorlarining yotqizilish chuqurligini.
Yuqorida keltirilganlardan ma`lum bo`ldiki, poydevor yotqizilish chuqurligiga tabiiy omillar bilan bir qatorda loyihalanayotgan inshoot xususiyatlari va uning joylashgan joyi katta ta`sir ko`rsatadi.
Poydevor yotqizilish chuqurligini kamaytirish bilan tuproq ishlari hajmi kamayadi, qurilish arzonlashadi. Ammo har qanday sharoitda ham inshoot turg`unligini ta`minlashga, deformatsiya miqdori bo`yicha ham, yuk ko`tarish qobiliyati bo`yicha ham inshootdan xavfsiz foydalanishni ta`minlaydigan darajada bo`lgan poydevor yotqizilish chuqurligini tanlashga erishish lozim.
Poydevor yotqizilish chuqurligini tanlashga ta`sir etuvchi omillar, birinchi navbatda ular to`g`risidagi ma`lumotlarni mukammal izlanishlar natijasida olinadigan tabiiy omillarni ko`rib chiqamiz.
Qurilish maydoni relefining poydevor yotqizilish chuqurligiga ta`siri uning tabiiy qiyaligi va notekisligida emas, balki tekislangan yuzadan aniqlanishidadir. Relefning turli qiyaligi va notekisligi, inshoot va binolar qurilishi, ulardan bexavotir foydalanish, yomg`ir, oqava suvlar ta`sirining oldini olish maqsadida maydonning bir xil yerlarida yer yuzasi kesib pasaytirilsa, boshqa yerlarda to`kma gruntlarni to`kib ko`tarishni talab etadi. Shu tarzda qurilish maydonining tekislangan sathi paydo bo`ladi.
Ko`p hollarda tekislash ishlari qurilish maydoni sathini kerakli balandlikka ko`tarish maqsadida, faqat tog` jinslarini yuvma yoki yotqizish yordamida ko`tarmalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi.
Ba`zi hollarda bino va inshootlar poydevorining bir tomonini zarur bo`lgan optimal chuqurlikka, boshqa tomonini maydon relefi qiyaligiga bog`liq ravishda, katta chuqurlikka yotqizishga to`g`ri keladi.
Poydevor yotqizilish chuqurligini tanlashda eng ko`p va doimiy ta`sir etuvchi omil bu maydonning geologik tuzilishidir. Yuqorida qayd etilgandek, poydevor ostida etarli darajada zichlikka, mustahkamlikka, yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan bir turli tog` jinslarining bo`lishi juda muhim, va bu bino va inshootlar mustahkamligini va ulardan normal foydalanish sharoitlarini ta`minlaydi.
Poydevor joylashtiriladigan, yoki u yotqiziladigan tog` jinslarining qatlami yoki zonasi ishchi qatlam, undan pastda tarqalgan qatlam yoki zonalar esa to`shama qatlam deb yuritiladi. Demak, bino va inshootlar maydonida tarqalgan tog` jinslari ishchi qatlam tarkibi, tuzilishi, xususiyatlari bo`yicha bir xil bo`lishi kerak, uning qalinligi shunday bo`lsinki, bino va inshootlarning ta`sir doirasi imkoni boricha, uning chegarasida joylashsin va bu tog` jinslarining zichligi, mustahkamligi, yuk ko`tarish qobiliyati etarli bo`lsin.
Agar ishchi qatlam yoki zona qalinligi katta bo`lmasa, yoki u bino va inshootlar ta`sir doirasidan kichik bo`lsa, u holda to`shama qatlam muhim rol o`ynaydi. Tog` jinslarining normal qatlamlanishi sxemasida, yoki ular ayrim zonalarining joylashishida, har bir pastda joylashgan to`shama qatlam yoki zona odatda ishchi qatlam yoki yuqorida joylashgan qatlamdagi tog` jinslaridan kam bo`lmagan zichlikka, mustahkamlikka ega bo`ladi.
Biroq, tabiatda bunday normal sxema tez - tez buzilishga moyil bo`ladi: zich va mustahkam tog` jinslari ostida bo`shang tog` jinslari qatlamlari yotadi, yoki ularning qatlamlari bilan almashib turadi, yoki zich va mustahkam tog` jinslari orasida bo`shang tog` jinslari qatlamchalari, linzalari yoki noto`g`ri shakllardagi yotqiziqlari uchraydi.
Bularning hammasi inshoot va binolar zaminining birturli emasligini va poydevor yotqizilish chuqurligini alohida geologik asoslashni va to`shama tog`
jinslarini yuk ko`tarish qobiliyati bo`yicha mustahkamligini tekshirishni taqozo qiladi.
Bunday sharoitlarda injenerlik izlanishlari shunday mukammallikka ega bo`lishi kerakki, unga ko`ra qurilish maydoni zaminining geologik tuzilishi etarli darajadagi ishonchlilik chegarasida va aniqlikda o`rganilishi ta`minlansin.
10 - rasmda turli inshoot va binolar qurilishida uchrash ehtimoli yuqori bo`lgan geologik sharoitlar sxemalari tasvirlangan. Unda keltirilgan sharoitlarning har biri poydevor yotqizilish chuqurligiga katta ta`sir ko`rsatishi mumkin. Ko`rilayotgan mavzuni yaxshi tushunish uchun geologik qirqim bir muncha sxemalashtirilgan: unda zich, mustahkam, yuqori yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lgan tog` jinslarining tarqalishi va yotish sharoitlari ko`rsatilgan, masalan qoyatosh va yarim qoyatosh tog` jinslarining (qisqa qilib ularni juda zich tog` jinslari deb ataymiz), zich, mustahkam, etarli darajada yuk ko`tarish xususiyatlariga ega, hamda bo`shang, yuk ko`tarish xususiyatlari past bo`lgan tog` jinslari.
|
| |