Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)




Download 15,64 Kb.
bet4/4
Sana25.01.2024
Hajmi15,64 Kb.
#145815
1   2   3   4
Bog'liq
“Dasaturiy ta`minot turlari haqida” mavzusining dars ishlanmasi-fayllar.org

Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage) — bu anik bir prеdmеt soxasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini еchishga muljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanishimkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saydlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq bir vazifalarini ishlab chiqish va bajarish uchun mo‘ljallangan.Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operatsion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: - Turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari;
- foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paketlari (ADP) - foydalanuvchi hal etayotgan vazifalarni avtomatlashtirishning kuchli qurolidir, u axborotni ishlash bo‘yicha biror ishni qanday bajarayotganini bilish zaruriyatidan amalda to‘liq ozod etadi. Hozirgi paytda o‘z funktsional imkoniyatlari va amalga oshirish usullariga ko‘ra farqlanuvchi ADPning keng spektri mavjud. Amaliy dasturlar paketi (ADP) - bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir. ADPning quyidagi turlari farqlanadi :
- umumiy vazifadagi (universal)
- uslubiy yo’naltirilgan;
- global tarmoq;
- hisoblash jarayoni tashkilotlari. Umumiy vazifadagi amaliy dasturlar paketi (ADP) - foydalanuvchi va umuman axborot tizimi funktsional vazifalarni ishlab chiqarish va foydalanishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu ADP sinfiga quyidagilar oiddir:
- matnli va grafik muharrirlar;
- elektron jadvallar;

- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) Diskdagi fayl va kataloglar • Joriy disk bu siz tomoningizdan ayni paytda ishlatilayotgan diskdir. MS DOS foydalanuvchi so‘rayotgan fayllarni joriy diskdan qidiradi. MS DOSning maxsus komandalari joriy diskni o‘zgartiradi. Foydalanuvchi ishlayotgan laqzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MSDOS komandasida faylning nomi ko‘rsatilsa u holda bu fayl joriy katalogdan qidiriladi yoki tashkil qilinadi. Disketalar



Disketalar ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish va ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asosan 5.25 va 3.5 dyuymli disketalardan foydalaniladi. 5.25 dyuymli disketalar hajmiga ko‘ra turlicha bo‘ladi -180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt. Shuning uchun ularni 360 Kbaytli disklarni o‘qish qurilmasidan o‘qish mumkin emas. Ularni maxsus disk o‘qish qurilmasida o‘qiladi. 3.5 dyuymli disketalar hajmi 720, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt. Ular ishonchliroq, chunki qattiq plastmass qobiq ichida joylashgan. Hozirgi kunda 3.5 dyuymli disketalar ko`proq tarqalgan. Disketalarni maxsus himoya tirqishi bor, agar u berkitilsa, disketaga ma`lumot yozish mumkin bo`lmaydi. 3.5 dyuymli disketalarda bu vazifani disketa pastki chap qismida joylashgan maxsus tugmacha bajaradi. 360 Kbaytli disketa 2 intervalda bosilgan 200 betli ma`lumotni o`zida saqlashi mumkin.
http://fayllar.org
Download 15,64 Kb.
1   2   3   4




Download 15,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)

Download 15,64 Kb.