• I BOB. BOB. QURILISH KORXONALARI FAOLIYATINI AVTOMATLASHTIRISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLANILISHI VA ULARNI ISHLAB CHIQISH MASALALARI
  • Qurilish
  • Tadqiqotning metodоlogik asosi




    Download 3,1 Mb.
    bet7/21
    Sana22.06.2024
    Hajmi3,1 Mb.
    #265158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
    Bog'liq
    Xo\'jamqulov Ravshan Diplom ishi yakun

    Tadqiqotning metodоlogik asosi: Java dasturlash tilida PostgreSQL ma’lumotlar ombori orasida ma’lumotlar almashishni amalga oshirish usullari tadqiq qilindi va eng samarali natija bergan usuldan foydalanildi. Bunda taklif qilingan usullar yordamida murojaat vaqtlari hisobga olindi va eng kam vaqt sarflangan usul asos sifatida qa’bul qilindi.


    I BOB. BOB. QURILISH KORXONALARI FAOLIYATINI AVTOMATLASHTIRISHDA AXBOROT TIZIMLARINI QO‘LLANILISHI VA ULARNI ISHLAB CHIQISH MASALALARI


      1. Qurilish korxonalarida hisob–kitoblarni avtomatlashtirish masalalarini o‘rganish va tahlil qilish.

    Qurilish tarmog‘ida ko‘p ukladli iqtisodiyot barpo etilib, turli xil mulkchilikka asoslangan qurilish korxonalarining faoliyat yurita boshlashi, ishlab chiqarish jarayonida raqobatning vujudga kelishiga asos yaratadi va bu o‘z navbatida ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining yuksalishiga olib keladi.
    Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.
    Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obʼyektlar qurilish. mahsulotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli ob-havo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va razvedka parmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obʼyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kommunal, ijtimoiy-madaniy va boshqa qurilishlarga boʻlinadi.
    Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot (YaIM) tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 2-oʻrinda turadi(1.1.1-rasm). 2018 yilda yalpi ichki mahsulotning 9,9% (2017 yilda 5,6%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.

    1.1.1-rasm YaIM ning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari
    Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.
    Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi.
    Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi. 2018 yil yanvar-sentyabrda 2142,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 foizni tashkil qilgan. Qurilish ishlari umumiy hajmining 83,0 foizi binolar va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari, 11,0 foizi fuqarolik qurilishi ob’ektlarini qurish bo‘yicha qurilish ishlari va 6,0 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri keldi. Shu jumladan umumiy hajmdan 86,9 foizi yangi qurilish, rekonstruksiya va kengaytirish hamda texnik jihatdan qayta jihozlashga to‘g‘ri keladi. Nodavlat mulkchilik shaklidagi tashkilotlar tomonidan 2114,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 98,7 foizni (2017 yil yanvar-
    sentyabrga nisbatan o‘sish sur’ati 125,7 foizni) tashkil qilgan.
    Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sanoati tashkil etadi Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi:

    • Bino qurilishi (turar-joylar, jamoat binolari).

    • Sanoat qurilishi (korxona va fabrikalar).

    • Yoʻl-transport qurilishi (yoʻl, koʻprik, tunnellar).

    • Gidrotexnik qurilish (gidroelektrik stansiya, damba, kanallar).

    Korxona dasturini tuzishda quyidagi asosiy mulohazaga e’tibor beradi:
    − Maqsadga qanday erishish mumkin;
    − Korxonani kelajakda nimalar kutmoqda (ya’ni ishlarni rejalashtirish).
    Agar shu ikkita mo‘ljal bir-biriga mos keltira olinsa, korxona faoliyati dasturini tuza olish mumkin.
    Demak hozirgi paytda qurilish korxonani rivoj topishida hisob -kitob tizimini avtomatlashtirish muhim rol o‘ynaydi. Bu tizim orqali qurilish korxonasi qurilish materiallarini va korxonani hisob – kitob ishlarini doimiy nazorat qilib borishi mumkin.
    Hisob kitob ishlarini avtomatlashtirish – Qurilish materiallari bo‘ladimi - tovarlar o‘ziga xos xususiyatlarini umumiy o‘xshash algoritmlarga muvofiq amalga oshiriladi.
    Qurilish korxona xisob – kitob tizimini avtomatlashtirish – bu iqtisod sohasidagi muhim tizim hisoblanadi, chunki bu tizim ishchini vaqtini tejaydi va hisob kitob ishlarini osonlashtiradi. Tizimni imkoniyatlari juda yuqori bu tizim hamma qurilish materiallari va mablag‘larni bundan tashqari qolgan materiallarni ham nazorat qilib boradi. Qurilish korxona xisob – kitob tizimini avtomatlashtirish 3 ta asosiy vazifasi mavjud: vaqtni qisqartirish, qurilish materiallarini nazorat qilish va xisob-kitob ishlarini osonlashtirish kabi vazifalari mavjud.
    Masala qilib “Qurilish korxonalari uchun hisob kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqish” qo‘yilgan. Bu masalani yechish uchun quydagilarni bilish zarur:

    • Hisob- kitob turlarini o‘rganish;

    • Zamonaviy qurilish materiallari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

    • Backend dasturlash tili va Frontend imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;

    • Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va uni boshqarish;

    Qurilish korxonalari hisob-kitobni avtomatlashtirishning maqsadi korxonaning moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish, vaqtni tejash va inson xatoliklarini kamaytirishdan iborat. Ushbu jarayonni avtomatlashtirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.


    Hisob-kitobni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
    Moliyaviy boshqaruv: Bu yo‘nalishda avtomatlashtirish moliyaviy operatsiyalarni boshqarish, xarajatlarni kuzatish, daromad va foydani hisoblash, soliq to‘lovlarini hisoblash va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
    Loyiha boshqaruvi: Qurilish loyihalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Bu loyihaning muddatlari, resurslar, byudjet va amalga oshirish jarayonini boshqarishni o‘z ichiga oladi.
    Materiallar va resurslarni boshqarish: Qurilish jarayonida zarur materiallar va resurslarning xarid qilinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishni avtomatlashtirish. Bu yo‘nalishda inventarizatsiya, etkazib berish va materiallarni boshqarish tizimlari joriy etiladi.
    Kadrlar boshqaruvi: Ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish, ularning ish vaqti, ish haqi, malaka oshirish va o‘qitish jarayonlarini avtomatlashtirish.
    Sifat nazorati va xavfsizlik: Qurilish jarayonida sifat nazorati va xavfsizlik choralarini boshqarish. Bu yo‘nalishda inspeksiyalar, auditlar va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish jarayonlari avtomatlashtiriladi.
    Masalaning qo‘yilishi:
    Ma'lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish: Qurilish korxonasining hozirgi hisob-kitob jarayonlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va yechimlarni taklif qilish. Bu jarayonda turli bo‘limlardan (moliya, kadrlar, logistika va boshqalar) zarur ma'lumotlar yig‘iladi.
    Talablarni aniqlash: Qurilish korxonasining hisob-kitob va boshqaruv jarayonlari uchun zarur bo‘lgan funksional va texnik talablarni aniqlash. Bu jarayonda har bir bo‘limning ehtiyojlari va talablarini inobatga olgan holda tizimning funksional imkoniyatlari belgilanadi.
    Texnik yechimlarni tanlash: Hisob-kitobni avtomatlashtirish uchun foydalaniladigan dasturiy ta'minot va texnologik yechimlarni tanlash. Bu jarayonda bozor tahlili o‘tkazilib, turli dasturiy mahsulotlar va ularning imkoniyatlari baholanadi.
    Loyihalash va integratsiya: Tanlangan texnologik yechimlarni korxonaning mavjud tizimlari bilan integratsiya qilish, yangi avtomatlashtirilgan tizimni loyihalash va amalga oshirish. Bu jarayonda dasturiy ta'minotni joriy etish, o‘rnatish va sozlash ishlari olib boriladi.
    Sinov va joriy etish: Yangi avtomatlashtirilgan tizimni sinovdan o‘tkazish, uni foydalanishga topshirish va xodimlarni o‘qitish. Bu jarayonda tizimning to‘g‘ri ishlashini tekshirish va kerakli tuzatishlarni kiritish amalga oshiriladi.
    Monitoring va qo‘llab-quvvatlash: Tizimning kundalik ishlashini monitoring qilish, texnik yordam ko‘rsatish va tizimni doimiy ravishda yangilab turish.
    Ushbu jarayonlarni samarali amalga oshirish orqali qurilish korxonalari hisob-kitob va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishi mumkin bo‘lib, bu esa ularning raqobatbardoshligini oshiradi va samaradorligini kuchaytiradi.
    Yuqorida aytib o‘tilganlarni hisobga olgan holda biz ishlab chiqadigan dastur orqali qurilish korxonalarida olib boriladigan har bir ish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz . Ya’ni qurilish kompaniyasida hisobotlar endi qog‘ozlarda emas balki dastur orqali amalga oshadi bu esa ish boshqaruvchilarning hisobot tayyorlash uchun ketadigan ortiqcha vaqtini tejash bilan birga kompaniya egalarini ham aynan biror vaqtda hisobotlarni tekshirish orqali emas balki dastur korsatayotgan tahlil orqali barcha ma’lumotlarni istalgan vaqtda olib turishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni bu dastur orqali biz faqatgina pul masalasidagi hisob kitoblar emas balki qurilish materiallarini kirib chiqishi ombord qolgan mahsulotlar firmalarga berilgan buyurtmalar hisob raqamdagi mablag‘ning qancha vaqtga yetishi barcha tahlillarga ortiqcha vaqt sarlamasdan ega bo‘lishimiz mumkin. Misol qilib oladigan bo‘lsak eng og‘ir vazifalardan biri bu bugalter bajaradigan ish ya’ni pullarning hisob-kitobi hisoblanadi . Bu dastur orqali bugalter qayerdan pul qachon va qancha kelgani hamda qachon qayerga qancha sarflagani haqidagi ma’lumotlarni kiritishining o‘zi kifoya dastur o‘zi barcha ishni bajaradi. Ya’ni kerakli vaqtda kimga qanday hisobot kerak bo‘lsa bazadagi ma’lumotlarga tayangan holda istalgan hisobotni tez va oson tayyorlab bera oladi. Bunda korxona rahbari aynan bugalterni yoniga chaqirib qayerga qancha pul ketayotganligi haqidagi hisobotlarni olmasdan turib qancha pul qayerga sarflanayotgani hamda qayerdan qancha miqdorda tushumlar bulayotgani haqidagi ma’lumotlarni olib turish imkoniyatiga ega boladi. Bunaqa vaziyatda firmalar bilan bo‘ladigan oldi-berdi masalalar ham ancha yengillashadi sababi biz agarda dasturimizning aynan firmalar uchun ham mahsus oynasini ularga korsatib quyadigan bo‘lsak ular bizning hisob kitob buyicha bizga qancha yuk keltirib bergani va oradagi aylanma haqiqatda har ikkala tomonda bir xil ketayotganiga ishonch hosil qilib yukni yetkazib berishda ishonch bilan harakat qilishadi. Bugalter ham o‘ziga kerak bo‘lgan barcha hisobotni istalgan vaqta ko‘rib turish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Undan boshqa hisob kitoblarga keladigan bo‘lsak qurilish kompaniyalari hisob-kitob ishlarini qanday qilishi to‘g‘rirog‘i ishni ishchi bilan qanday kelishilishiga qarab hisob kitob ishlarini olib borilishi mumkin. Misol uchun oylikka ishlaydigan ishchi hodimlarning oyliklari alohida hamda ish miqdori buyicha ishlaydigan xodimlar uchun yana alohida hisob-kitob qilish imkoniyatini yaratish mumkin. Umimiy qilib olganda qurilish kompaniyasi orqali kim qancha pulni kompaniyaga kiritayotgani hamda qancha pulni chiqarib ketayotganini o‘zi ko‘rib turish imkoniyatiga ega. Dasturning ombordagi mahsulotlar hamda ularning kirib chiqishini saqlashini hisobga oladigan bo‘lsak bu kompaniya hisob-kitob ishlarini yuritishda juda katta ahamiyatga ega . Chunki ombordagi mahsulotlarni qancha kirib chiqqani omborda qancha zaxira borligi yana qachonga qancha buyurtma berish kereligi bu juda dolzarb muammo shu boisdan biz ombordagi mahsulotlar kirdi chiqdi hisobini dasturimiz orqali avtomatlashtiradigan bo‘lsak biz omborga qachon qancha mahsulot kirgani hamda qachon qancha mahsulot ombordan qayerga kim orqali chiqqani barchasini ko‘rib turish imkoniyatiga ega bo‘lamiz shu orqali biz kirgan mahsulotlardan chiqqan mahsulotlarni ayirgan holatda astatka haqidagi ma’lumotlarni ham ko‘rsatib quyishimiz mumkin. Shu hisob-kitob orqali biz omborda qancha mahsulot qolganiga qarab yangi mahsulotlar uchun buyurtma berish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bunda biz saqlaydigan ma’lumotlat omborga qaysi firma orqali qancha mahsulot kirib kelgani qolaversa qancha narxdan qancha dona barcha ma’lumotlar bazaga kiritladi sababi ombor uchun aynan qaysi mahsulot hamda qancha ekanligi muhim bolsa qaysi firma yetkazib olib kelgan narxi qanchadan hisoblangan bu ma’lumotlar bugalter uchun juda katta ahamiyatga ega. Bunda qaysi mahsulotlada qaysi sanada necha dona qanday razmerdagi va necha somdan kelayotgani barchasi salqanadi. Bu ma’lumotlarni aynan kompaniyaning o‘ziga emas balki kompaniya bilan ishlaydigan firmalarga ham taqdim etishimiz mumkin bunda barcha ma’lumotlar emas aynan firmalarga qurilish kompaniyasi bilan aynan shu firmanign ozi o‘rtasida ma’lumotlargina taqdim qilinadi . Shunda firma bu kompaniyaga qaysi sanada qancha mahsulot yetkazib bergani necha som bolgani qancha summani osha vaqtda olgani yoki zalok sifatida olgani kompaniya qancha qarzga chiqib qolgani barcha ma’lumotlarni ko‘rib turish imkoniyatiga ega bo‘ladi shunda bu ma’lumotlar orqali qurilish kompaniyasi rahbari dasturga kirish orqali sanoqli soatlar ichida barcha hisob kitob ishlarini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi agarda bu ma’lumotlar qog‘ozga chop etilganda edi bu ma’lumotlarni rahbar ko‘zdan kechirib tanishib chiqishi uchun bir necha kun sarflab quyishi yokida xodimlarining hisob-kitob ishlariga ishongan holatda ancha pulga aldanib qolishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli dastur hisob kitob ishlarining qanchalik to‘g‘ri olib borilayotganini ham ogohlantirib turishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni bu dasturga ma’lumot kiritish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar dasturga kiritayotgan ma’lumotlar qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelishini aynan rahbarning o‘zi emasbalki ishchi hodimlarning o‘zi nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi shu bois hisob kitob ishlarida xatoliklar oldi olinadi. Misol uchun bugalter ishchi xodimlarga qancha oylik yozilayotganini ishchilarning o‘zi ko‘rib turish imkoniyatiga ega bo‘lsa unda bugalter soxta raqamlarni dasturga kiritgan holatda ishchilarga kam pul berib qolganini o‘ziga olib qola olmaydi . Firmalardan keladigan mahsulotlarga haq tulashda ham huddi shunaqa ya’ni aynan dasturga kiritilgan hisob rahbarga hamda hamkorlikda ishlayotgan firmaga ko‘rinib turgani bois bu jarayonda ham soxtalashtirish ishlarini olib borish imkoniyati qiyin. Omborlarda ham huddi shunaqa holat ya’ni barcha astatka dasturda ko‘rinib turganligi bois ombordan ortiqcha dasturga kiritilmasdan chiqarib ketilgan mahsulotlar tezda bilinib qoladi hamda bu ishda aybdorlarni tezda topish imkonini yaratib beradi qolaversa bunaqa holatda dasturga kiritilmasdan mahsulotlar olib chiqib ketilishiga ombor uchun javobgar shaxslar yul quyishmaydi va o‘zlari ham bu ishga osonlikcha qo‘l urishmaydi chunki barcha omborga kiritilgan mahsulotlarning ruyxatga olinishida undan mahsulotni sotib olayotgan bugalter hamda mahsulotni sotayotgan firma aralashuvi mavjud boladi va birining foydasi boshqasinign ziyoni evaziga kelib chiqadi va bir biriga yon bosishmaydi . Qolaversa proraplarga beriladigan pullar bularning barchasi dasturga kiritiladi hamda ishchi xodimlar ham o‘z oyliklarini qachon berilganini va tepadan berilgan pullar o‘z vaqtida yetib kelayotganini ko‘rib kuzatib turish hamda ushbu holat buyicha tushunmovchilik bo‘lgan vaqtda rahbariyatga online ariza yullash imkoniyati bolishadi hamda barcha ishlar joy-joyida amalga oshiriladi.




      1. Download 3,1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




    Download 3,1 Mb.