|
Dashboard
|
bet | 5/21 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,1 Mb. | | #265158 |
Bog'liq Xo\'jamqulov Ravshan Diplom ishi yakunADABIYOTLAR RO‘YXATI ………………………………............................77
ILOVA ............……………………………………………..................................80
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining ta’minlovchi asosiy omillaridan biridir. Chunki, korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun zarur ishlab chiqarish zahiralari va mehnat vositalari sotib olish, davlat budjetidan tashqari fondlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda naqd pulsiz hisob-kitoblar talab qilinadi. Shuning uchun ham korxonalar mavjud pul mablag‘larini yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli bo‘lgan hamda korxonaga o‘z mablag‘laridan ratsional foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olish zarur.
Yuqoridagi fikr va mulohazalar ushbu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi va bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning pul mablag‘lari va ularning xarajati to‘g‘risidagi boshqaruv apparati uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya shakllantirish masalalarini o‘rgatadi.
Bugungi kunda qurilish sohasi tez rivojlanib borayotgan iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Qurilish korxonalari turli loyiha va ob’ektlarni amalga oshirishda ko’plab moliyaviy va resurslarni boshqarishni talab qiladi. Shuning uchun, ushbu korxonalar samaradorligini oshirish va ularning moliyaviy hisob-kitoblarini aniq va tezkor olib borish juda muhimdir.
An’anaviy usulda yuritiladigan hisob-kitoblar ko’pincha qog’ozlarda yoki oddiy elektron jadvallarda saqlanadi. Bu usullar zamonaviy biznes talablariga javob bera olmaydi, chunki ular ko’p vaqt talab etadi, xatolarga moyil va ma’lumotlarning bir joyda to’planishini ta’minlay olmaydi. Shu sababli, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar yordamida avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlarini yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Qurilish korxonalari uchun maxsus ishlab chiqilgan web ilovalar ushbu sohadagi biznes jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. Bunday ilovalar yordamida qurilish loyihalarining moliyaviy holati, xarajatlar, daromadlar va boshqa muhim ma’lumotlarni bir joyda to’plash va boshqarish mumkin. Shuningdek, bunday ilovalar real vaqt rejimida ma’lumotlarni yangilash, hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash va tahlil qilish imkonini beradi.
Mazkur ishda qurilish korxonalari uchun hisob-kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqish jarayoni va uning afzalliklari, texnologik yechimlari hamda amaliy qo’llanilishining muhim jihatlari yoritiladi. Ushbu ilova qurilish korxonalari uchun moliyaviy boshqaruvni soddalashtirish va yanada samarali qilishga qaratilgan bo’lib, kelgusida ushbu sohada innovatsion yechimlarni tadbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi ham xuddi shu kabi dolzarb masalalarni yechishga qaratilgan bo‘lib, unda Qurilish korxonalari uchun hisob kitob yurituvchi web ilova ishlab chiqish masalasi qo‘yilgan. Ushbu web ilova korxonada hisob – kitob ishlarini osonlashtiradi deb o‘ylaymiz.
Bugun Yangi O‘zbekiston iborasini faxr bilan aytayotganimiz bejiz emas. Boisi, yaqin 4-5 yil oldin ana shu ikki jumla zamirida boshlangan ulkan islohotlar odamlarning o‘z imkoniyatlaridan keng foydalanish, istalgan sohada yangiliklar yaratishga qo‘rqmay qadam tashlash, eng muhimi, mustaqil tadbirkor sifatida o‘zini sinab ko‘rish imkoniyatini beryapti. Bu borada, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz”, deya ta'kidlagan so‘zlari xalqimizga yanada ishonch, kuch berdi.
O‘zbekistonda IT infratuzilmasi yaxshilanishi, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay muhit natijasida 2021-yilda faoliyat olib borayotgan 23 ta xorijiy IT kompaniyalar soni, 2022-yilda 157 taga yetdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha IT Park rezidentlari 1037 tani tashkil qildi.
Mamlakatda IT kompaniyalar uchun qator imtiyozlar berilgani ularning soni sezilarli ortib borishiga turtki bo‘lmoqda. Xususan, bunday kompaniyalar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi. Ular jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 7,5 foiz stavkada to‘laydi. Qolaversa, ulardan o‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan dasturiy taʼminot vositalarini olib kirishdagi bojxona to‘lovlari undirilmaydi.
2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi. Xususan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi. “GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi. BMT tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) 2022-yilgi natijasida o‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.
|
| |