O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi
Respublika bolalar kutubхonasi
Fan: Informatika
Internet tarixi
O’zgarib va rivojlanib turuvchi olam yoki jamiyat haqidagi turli xil ko’rinishdagi katta hajmdagi axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig’ilib bormoqda. Bu ma'lu-motlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag’ va vaqt talab etadi. Bunday muammolar Internet (Xalqaro informatsion tarmoq) ning tashkil etilishi bilan hal etildi.
Internet "sovuqurush" mahsuli hisoblanadi. Uning yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo’ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog’i asos bo’lgan. ARPANet — buzilgan aloqa bo’g’inlarni avtomatik ravishda aylanib o’tishga va tarmoqdagi kompyuterlarning ma'lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
ARPANet tarmog’i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo’g’i 2 minut davomida axborot almashinilgan. Awaliga bu tarmoq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog’i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so’ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan. Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog’iga aylangan.
Internettarmog’ibirortashkilotgabo’ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko’ngillilar tomonidan tashkil etilgan "Internet arxitekturasi bo’yicha kengash" tomonidan boshqariladi.
|